O’qituvchi: Sanoqda 9 sonidan keyin keladigan sonni qanday hosil qilish mumkin?
O’quvchi: 9 ga 1 ni qo‟shish kerak.
O’qituvchi: 9 ta cho‟pga 1 ta cho‟pni qo‟shib qo‟ying, cho‟plar nechta bo‟ldi?
O’quvchi: 10 ta cho‟p yoki bitta o‟ntalik hosil bo‟ldi.
O’qituvchi:Sanoqda 10 sonidan keyin keladigan sonni qanday hosil qilish mumkin?
O’quvchi: 10 ga 1 ni qo‟shish kerak.
O’qituvchi: bitta o‟ntalikni bog‟lab, yana bitta cho‟pni qo‟ying. CHo‟plar hammasi bo‟lib nechta bo‟ldi?
O’quvchi: 11 ta cho‟p.
O’qituvchi: Sizda hammasi bo‟lib nechta o‟ntalik va nechta alohida cho‟p bo‟ldi?
O’quvchi: 1 ta o‟ntalik va yana 1 ta cho‟p.
O’qituvchi: Demak, 11 sonida nechta o‟ntalik va nechta bir bor ekan?
O’quvchi: 11 sonida 1 ta o‟nlik va 1 ta bir.
9 +1=10 10+1=11 11=1 o‟n 1 bir bor.
10=1 o‟n 1 o‟n +1=11 1 o‟n 1 bir =11.
Navbatdagi sonlar ustida ishlash ham shuncha o‟xshash olib boriladi, ya‟ni ikkinchi o‟nlikdagi boshqa sonlarning hosil bo‟lishi va shu bilan birga sanoqda ularning kelish tartibi qaraladi. Ko‟rsatmali qo‟llanma sifatida cho‟plardan tashqari har birida 10 tadan doirachalar bo‟lgan poloskalardan foydalaniladi. SHu ko‟rsatma qo‟llanmalarga tayanilgan holda va ularga tayanmagan holda sonlarning o‟nli tarkibi aqida olingan bilimni mustahkamlashga oid mashqlar kiritiladi:
1. 15 ta cho‟p sanab qo‟ying, bu nechta o‟ntalik va nechta alohida cho‟p bo‟lishini aniqlang.
2. 1 ta o‟ntalik cho‟p va 4 ta cho‟pni ajrating, hammasi bo‟lib nechta cho‟p olindi?
3. 18 sonida nechta o‟nlik va birlik bor?
4. Qanday son 1 ta o‟nlik va 9 birlikdan iborat.
5. 12 ta cho‟p qo‟ying, uning yoniga bittalab (20-25) cho‟p qo‟yib boring va nechta cho‟p hosil bo‟lishini ayting.
6. 17 ta cho‟p qo‟ying, ulardan bitta-bitta ajratib boring. (7-8 gacha) va nechta cho‟p qolganini ayting?
7. 20 dan boshlab 10 hosil bo‟lguncha bittalab ayirib sanang.
Yozma nomerlash 10 dan katta sonlarni yozma nomerlash sanoqda birliklarni o‟nli gruppalashga va
raqamlarning o‟rin qiymatlari prinsipini qo‟llashga asoslangan: o‟ngdan chapga qarab
sanalganda birliklar birinchi o‟ringa, o‟nliklar ikkinchi o‟ringa yoziladi. Ikki xonali
sonlarni yozishning o‟rinli prinsipini ochib berish uchun abakdan foydalaniladi, u bir
qatori cho‟plar uchun, ikkinchi qatori qirqma raqamlar uchun ajratilgan ikki qator
cho‟ntaklari bo‟lgan jadvaldir.
O’qituvchi: YUqoridagi cho‟ntaklarga 5, 6, 8, 11, 10, 15 bo‟lganda qanday
solishini ko‟rsatadi, so‟ngra o‟quvchilarga 17 ta cho‟pni cho‟ntaklarga qo‟yib
chiqishni aytadi.