MAVZU: EKOLOGIYA, FITOTSENOLOGIYA VAO‘SIMLIKLARGEOGRAFIYASI.
Ma’ruzaning maqsadi:
O‘simliklar ekologiyasi, fitotsenologiya va geografiyasi haqida tushuncha berish.
Ma’ruzaning rejasi:
1. Ekologiya fani , predmeti.
2. Tabiatni muhofaza qilishning madaniy va estetik ahamiyati.
3. Ekologiyaning rivojlanish tarixi.
4. Tabiatni muhofaza qilishda jamoatchilik.
5. Ekologik ta’lim - tarbiya -biosferani saqlab qolishining muhim omillari.
6. Ekologiya va hadislar
7. Biotsenoz haqida tushuncha.
8. Ijtimoiy ekologiya.
9. Geobotanika asoslari.
10. Tabiatni muhofaza qilish.
EKOLOGIYA PREDMETI, VAZIFALARI, TARIXI VA FANLAR
BILAN BOFLIQLIGI
Inson tabiat og‘ushida yashaydi, ijod etadi, faoliyat ko‘rsatadi, uning ko‘rkam manzarasidan zavq oladi, sahovatli marhamatlaridan bahramand bo‘ladi. Tabiat, u qanday ko‘rinishida bo‘lishidan qat’i nazar o‘zgacha gashtli fusunkor bo‘lishi mumkin. Bizni o‘rab turgan tabiatning ko‘rkam manzarasi nafaqat qushlar, musavvirlar, shoirlar, bastakor-mashshoqlar, xonandalar uchun ilhombaxsh ko‘rinishi bo‘libgina qolmasdan, balki kishilarining ruhiyatini yengillashtiruvchi ma’naviy ozuqa beruvchi tabiiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
"Ekologiya" so‘zi yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, - "oykos" -uy, joy, "logos" - fan demakdir. Bu so‘z nemis olimi E.Gekkel tomonidan 1869 yilda "Organizmlarning umumiy morfologiya" deb nomlangan asarida berilgan. Botanika faniga esa 1895 yil Varming tomonidan kiritilgan. 1910 yilda butun ittifoq botaniklar kongressida ekologiya mustaqil fan sifatida vujudga keldi.
Ekologiyaning predmeti - organizmlar gruppasi va tashqi muxit orasidagi bog‘lanishlarning tuzilishi va unga bog‘liq bo‘lgan jonlanish, taraqqiy etish,tarqalish va konkurentlar xususiyatlarini o‘rganadi.
Hayotning hamma ko‘rinishlari-o‘simliklarning formasi, evolyutsiyasi tashqi muxitning ta’siriga bog‘liqdir. Masalan, o‘simlik namlik yetarli bo‘lgan joyda va quruq adir sharoitida ekilsa, bir xil urug‘i unib chiqqan o‘simliklar bir-biridan butunlay kuchli farq qiladi. Namlik yetarli joyda o‘simlik barglari katta-katta, o‘simlik baland bo‘lib o‘sadi. Qqurg‘oqchilik joydagi esa mayda bargli, past bo‘yli, barglari tukchalar bilan qoplangan.
Ekologiya antropogen va xar xil omillar ta’sirida tabiatdagi bog‘lanishlarning buzilishi to‘g‘risida ma’lumot beradi. U tabiiy resurslardan ratsional foydalanishda va tabiatni muxofaza qilishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, har yili o‘rmon xo‘jaliklari tabiatda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni yig‘ib olib dori tayorlash uchun topshiradi. Bunda agar yig‘ib olinayotgan o‘simliklar miqdori qayta o‘sib chiqayotgan o‘simliklar miqdoridan oshsa, unda o‘simliklar sekin-asta yo‘qola boshlaydi. Shuning uchun dorivor o‘simliklarni yig‘ish faqatgina ilmiy tomondan asoslangan normalar asosida terib topshirilishi kerak.
Bu normalar va yig‘ish muddatlari o‘simliklar jamoasi qayta tikla unish uchun asos bo‘lishi kerak.
Hozirgi vaqtda ekologiya fani bir necha fanlar kompleksidan iborat bo‘lib - ekonomika, texnika, madaniy fanlarning vazifalarini o‘z ichiga oladi, lekin biologik muammolar bu kompleksda asosiy bo‘lib qoladi, chunki odam, xayvonlar va o‘simliklar dunyosi bu biologik ob’yektlar bo‘lib bir-birlari bilan va tashqi muxit bilan o‘zaro bog‘liqdir.
Hozirgi zamon ekologiyasining mazmunini quyidagi biologik spektr tuzilishida yozsa bo‘ladi.
A’zo gen----xujayra----to‘qima-----organ-----organizm-------populyatsiya-------jamoa + abiotik muxit = ekosistema.
Ekologiya asosan bu spektorning o‘ng qismida joylashgan, ya’ni organizm darajasidan yuqori bo‘lgan sistemalarni o‘rganadi.
Ekologiya organizmlardan boshlab ekosistema va biosferagacha bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganadi.
Organizmlar birgalikda o‘sib abiotik muxit bilan aloqaga kirib ekologik sistemani tashkil qiladi. Sistema deganda bir-biriga tartibli ta’sir qiladigan va bir-biri bilan bog‘langan komponentlarning tarkibiy qismlar bir butunligini tushunamiz. Eng katta ekologik sistema bu biosferadir.
Populyatsiya - bu bir turga mansub individlarning ma’lum territoriyada tarqalganligidir. Biosfera yoki koinot-bu yerdagi tirik organizmlarning yerning fizik muxiti bilan birlik xosil qilishdir.
Hozirgi zamonda ekologiyaning ma’nosi-ekosistema shaklida kengaytirilgan. Ekosistema deganda biz butun biosferani tushunamiz. Bu shuni ko‘rsatadiki, biologiyaning hamma bo‘limlarida ekologik metod qo‘llanilishi kerak.
Ekologiya - bu organizmlar va tashqi muxit orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganuvchi fan bo‘lib, u xayvon va o‘simliklarning moslashuvini, xosildorligini, ko‘payish dinamikasini, populyatsiyalar va biotsenozlar biomassasini o‘rganadi.
Ekologiya quyidagi qismlarga bo‘linadi. autekologiya - organizmlar ekologiyasi, sinekologiya-jamoalar ekologiyasi, ekosistema ekologiyasi hozirgi vaqtda ekologiyaning juda ko‘p tarmoqlari mavjud. Evolyutsion ekologiya, qishloq xo‘jaligi ekologiyasi, radiatsion ekologiya, koinot ekologiya, biosfera ekologiyasi, fiziologik ekologiya, embriologik, anatomik ekologiya, marfalogik ekologiya, ijtimoiy ekologiya, landshaftlar ekologiyasi.
Ekologiyaning vazifalari
Atrof-muxitdagi antropogen o‘zgarishlarni o‘rganish va bu muhitni yaxshilash usullarini asoslash. Atrof muhitni sog‘lomlashtirish, uning musaffoligini asrash borasida so‘z borar ekan avvalo bizni o‘rab turgan tabiatga hurmat bilan qarash lozim bo‘ladi.
Atrof muhitni sog‘lomlashtirish ,uning musaffoligini asrash borasida so‘z borar ekan bizni o‘rab
Tabiiy resurslardan ratsional 1 unumli 1 foydalanish-ning ilmiy asoslarini ishlab chiqish. Inson xo‘jalik faoliyati ta’siri ostida tabiatda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni oldindan bilish. Inson yashaydigan muhitni saqlab qolish.
Ekologik xavfning oldindan aniqlash va uning oldini olish. Tabiatda kam uchraydigan va yo‘qolib borayotgan o‘simliklar va xayvonlarning muxofazasi, ko‘paytirish yo‘llarini ishlab chiqish.
Muxitning sifatini yaxshilash. Xayvonning tozaligini, suvning tozaligini asrash, ifloslanishga yo‘l qo‘ymaslik. Atrof muhitning ifloslanishiga sanoat korxonalari, bo‘rdoqichilik majmualari chiqarib tashlaydigan chiqindilarni yetarlicha zararsizlantirmaslik ham sabab bo‘ladi.
Fan - texnika nihoyatda taraqqiy etgan hozirgi paytda, qishloq xo‘jalik maqsulotlari yetishtirishda o‘ta ta’sirchan kimyoviy moddalarni ko‘plab ishlatish atrof - muhit va yetishtirilgan ne’matlar ifloslanishiga, shuningdek odamlar orasida bir qancha xastaliklar avj olishiga olib kelmoqda.
So‘z tabiatning ozor topishi, ekologik muvozanatning buzilishi ustida borar ekan, hozir orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik vaziyat naqadar noxush asoratlar berayotganligini eslatib o‘tmasdan bo‘lmaydi.
Yuqori xosildorlikning asosi - o‘simliklarning optimal zichligini aniqlash. Biz o‘zimiz yashayotgan sayyoraga nazar tashlasak, ko‘p narsalarning guvohi bo‘lamiz: inson so‘nggi 100-50 yil davomida tabiatning yer qobig‘i bo‘lishi biosferani shunchalik o‘zgartirib yubordiki, natijada uning million yillar davomida tarkib topgan go‘zalligi va musafoligiga raxna solindi, noyob nabetot va jonivorlar namunalari kamayib ketdi.
Populyatsiyalarning miqdorini tartibga solish.
Biologik rekultivatsiya ishlari. Buzilgan tabiiy sistemalarni tiklash, shu jumladan, foydalanishdan chiqarib tashlangan qishloq xo‘jalik ekin maydonlarini yana ishga solish 1 rekultivatsiya1. Yaylovlarni suv xavzalari va boshqa ekosistemalar maxsuldorligini tiklash. Biotsenozlar hosil ilish: 1 sun’iy yaylovlar xosil qilish,qumlarning ko‘chishini to‘xtatish, tuproq eroziyasiniga qarshi kurashish, shaxarlarni obodonlashtirish.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekologik rayonlashtirish.
Ekologik ongni tarbiyalash,ekologik madaniyatni yaratish, ommaviy axborot vositalari ishini faollashtirish. Ekologik ta’lim va tarbiya quyidagi asosli bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Talaba va o‘qituvchilarni tabiat go‘zalliklarini sevish, ulardan estetik zavq olish ruhida tarbiyalash.
2. Jonli va jonsiz tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiatning rivojlanish qonuniyatlari, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi murakkab o‘zaro munosabatlar, shuningdek, inson xo‘jalik faoliyatining tabiatiga ta’siri oqibatlari haqida bilim berish.
3. Talaba va o‘quvchilarda ekologik madaniyatni tarbiyalash. Tabiatni sevish, undan to‘g‘ri va ongli ravishda foydalana bilishni tarbiyalash ekologik tarbiya va madaniyatning asosi bo‘lib, kishilarda tabiat oldida mas’uliyatni anglash malakasini hosil qiladi. Vatanni sevish, vatanparvarlik tabiatni sevishdan boshlanadi. Binobarin, o‘quvchilarda tabiatga nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg‘usini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin emas. Insonning tabiat quchog‘ida bo‘lishi uni ruhan tetiklashtirib, uning mehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini oshiradi. Ekologik tarbiya quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
a) kishilarga maxsus ekologik bilim va tarbiya berib, ularda bu sohada muayyan malaka hosil qilish;
b) ekologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilishni tarbiya-lash;
v) ekologik madaniyatni singdirish va tarbiyalash;
g) kishilarni tabiat «in’omlari» dan to‘g‘ri foydalanish ruhida tarbiyalash.
Ekologik tarbiya axloqiy tarbiyaning ajralmas qismidir. Kishilarda ekologik ong, tafakkurni, ekologik dunyo qarashni hosil qilish tabiatni dialektik tushunishga yordam beradi Hamma bosqichlarda ekologik ta’lim va tarbiyani talab holda etilgan darajada amalga oshirish uchun bu vazifaning muhimligini va mas’uliyatini yaxshi bilgan tayyorlash zarur.
Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi.
Fandagi boshqa yo‘nalishlar kabi, ekologiya ham doimo rivojlanib kelgan. Gippokrat, Aristotel va boshqa qadimgi yunon mutafakkirlarining mehnatlarida biz ekologik yo‘nalishlarni aniq ko‘ramiz. Lekin ular "ekolo-giya" terminlarini ishlatishmagan.
Bu termin nemis biologi, evolyutsionist Ernest Gekkel tomonidan 1869 yil taklif qilingan. Ungacha 18-19 asrlarda buyuk olimlar o‘zlarining bu soxaga hissalarini qo‘shib kelishgan, ular ham "ekologiya" terminini ishlatishmagan 20 asr boshlarida Anton va Levenchuk, 1 u bizga 1-mikroskoppik sifatida ma’lum oziq zanjiri va organizmlar sonining boshqarilishini o‘rganishda pisir xisoblanadi.
Ingliz botanigi Richard Bredlinning ishlarini ko‘rib chiqilsa u biologik xosildorlik aniq bir tushunchaga ega bo‘lgan mana bu masalalarni o‘rganish xozirgi zamon ekologiyasi muxim yo‘nalishlarini tashkil qiladi.
Ekologiyaning rivojlanishi tabiatni o‘rganish va uni kuzatib yozish bilan boshlangan bu fratsuz Jan Anri Faber o‘zining entomologiya estaliklari yozgan davr edi 1870-1871 1.
Ekologiyaning rivojlanishi muxitni o‘rganish bilan unda yashaydigan yarim turlar va ularning o‘zaro munosabati simbioz boshqa turlar bilan munosabatlarini o‘rganish bilan boshlangan edi. Bu ekologiyaning rivojlanishida birinchi vazifadir. Ikkinchi vazifasida ekologiya o‘z rivojlanishida ko‘proq ekosistemalar funksional birlik sifatida qaray boshladi. Ekosistemada - tirik organizmlardan tashqari fizik sharoit bir iqlim va tuproq 1. Hamma turli organizmlar orasidagi o‘zaro ta’sirlar kiradi. Rivojlanishning 3 chi vazifasida ekologiya butun e’tiborini ekosistemlarning o‘zaro ta’sirida qaratdi.Bu izlanishlar-yopiq zonani o‘rganishga qaratilgandir. Ya’ni biosferani o‘rganish - ekologiya rivojlanishining 4-vazifasidir. Biosfera-tirik organizmlar va insoniyat yashash muxitidir. U yerda hamma ekosistemalarning birligini tashkil qiladi. 1 Ploneta yerimizni ham ekosistema deb qarashimiz mumkin. Rivojlanishning 5 vazifasida insoniyatning biosferada tutgan o‘rnini o‘rganadi.
Biz ekologiyaning tarixida 4 ta davrni ajratishimiz mumkin 1-davr qadimgi davrdan to 18 asr oxirigacha o‘rganuvchilarning zoologiya va botanika soxasidagi ishlarida ekologik bilish elementlarning paydo bo‘lishi bilan tariflanadi.
"Zoologiyaning otasi" hisoblanmish Aristotel 1 384-322 y eramizdan avval va "botanikaning otasi" Fefrast 1 272-28 1 ishlarida va qadimgi xitoy olimlarining ishlarida hayvon va o‘simliklar-yashash sharoitiga bog‘liq holda ko‘rib chiqilgan ya’ni ekologik jixatdan.
Aristotel 500 ta tur xayvonni o‘rganib ularning xulq atvori, ko‘chib yurishi, xaqida ma’lumotlar qoldirgan.
Toyefrast o‘simliklarning shakli va o‘sishi-iqlim, tuproq sharoitiga bog‘liqligini aniqladi. U o‘simliklarning xayot formalarini ekologik klassifikatsiyasini berdi.
Muxim ekologik kuzatishlarni 18 asr tabiatshunoslari K. Linney, J.Byuffen,Pollos va xokazo asarlarida uchratamiz.
K.Linney 1707-1779 1 tur doimiyligi gipotezasini yaratdi, va o‘simlik, xayvon ilmiy sistemasini asoslab berdi,binar nomenklaturani kiritdi.
1 kurs agranom olimi A.T.Bologov 1 1738-1833 y 1 muxitning o‘simliklarga ta’sirini o‘rgatdi.
Rus akademigi P.S.Pollos 1 1741-1811 1 organizmlarning tashqi muxit ta’sirida tarqalishi, yashashi va o‘zgaruvchanligini atrofiga ta’riflab berdi.
Yuqorida nomlari aytilgan olimlar, zoologlar, botaniklar va boshqa tabiatshunoslar faoliyati natijasida 18 asrning oxiriga kelib zoologiyada va botanikada juda katta ekologik material to‘plandi, tabiiy sharoitda turli organizmlarning yashashiga oid bo‘lgan.
2-davrda ekologiyaning rivojlanishi botanik va zoologik geografiyaning rivojlanishi bilan bog‘liqdir.
Botanik va geografiyaning asoschilaridan biri nemis tabiatshunosi A.Gumbold 1769-1859 u fanga o‘simlik formalari assotsiatsiya haqida, assotsiatsiya tushunchasini va shunga o‘xshash muxim ekologiya uchun tushunchalarni kiritadi. Bu tushunchalar keyinchalik keng ishlatila boshlandi.
Moskva universitetining professor zoologi K.F.Rulye xayvonlar ekologiyasi soxasida katta ishlar olib bordi va bir qator asarlar qoldirdi. 1814-58 y xayvonlar va tashqi muxit o‘rtasidagi murakkab munosabati o‘rtasida. Rulyening o‘quvchisi Seversev Rossiyada xavonlar ekologiyasi to‘g‘risida chuqur ma’lumotlar qoldirdi. Bu klassik ish 1950 yil boshqatdan nashr etadi. Bu dunyo miqyosidagi zoologik odami edi.
I.I.Lepexin o‘simliklarning har xil iqlimlarda tarqalishini o‘rganib o‘simlik va xayvonot dunyosi to‘liq o‘zgarishlariga qarab o‘zgarish haqida aytgan.
Shvetsiyalik botanik olim Ogyust Pirma dekandol o‘simliklar va tashqi muxit orasidagi bog‘lanishni o‘rganuvchi fan - epireologiya yoki autekoligiya fanini ajratdi.
O‘simliklar ekologiyasini asoslagan olimlardan biri O.P. Dekandolning o‘g‘li - Alfonis Dekandol xisoblanadi. U o‘zining "O‘simliklar geografiyasi " kitobida issiqlik, yorug‘lik, namlik, tuproqqa asoslanib, o‘simliklar yashaydigan muxit klasifikatsiyasini beradi. U o‘simlik turlarining turli tuproqlar bilan bog‘liqligini birinchi marta ko‘rsatib berdi.
Ekologiya rivojlanishining 3-davri davrimizning g‘alabasi bilan bog‘liqdir. Bu davrda biologiyaning e’tibori moslanish 1 adabtatsiya ni o‘rganishga qaratildi.
CH. Darvinning tarixiy xizmati shundan iborat ediki, u o‘zining tabiat tanlash va turlarining kelib chiqishi " kitobida 1959 organizmning rivojlanishi evolyutsion ilmiy nazariyasini berdi, bu esa ekologiya tarixida yangi davr bo‘ldi. Tabiatdagi yashash uchun kurash, ya’ni tur va muxit o‘rtasidagi har qanday qarama-qarshiliklarning ko‘rinishi tabiiy tashashga olib keladi.
Bu haqida K.A.Temiryazov o‘z asarlarida shunday deb yezadi. "Moslanish tushunchasining kelib chiqishi, aniqlanishi bilan - Gekkel tomonidan o‘ylab chiqilgan va ekologiya nomini olgan yangi oblast paydo bo‘ldi".
Xaqiqatdan xam, davrinizm 2 ta biologik dissiplina -genetika va ekologiyaning paydo bo‘lshida asosiy rol o‘ynadi.
Ekologiyaning keyingi taraqqiyotida 1877 y. nemis olimi K.Mebius tomonidan biotsenoz ta’limotining ishlab chiqilishi katta axamiyatga ega bo‘ladi. Shu munosabat bilan ekologiyada yangi yo‘nalish-jamoa ekologiyasi rivojlana boshladi .
1898 yilda Shimperning " Geografiya rasteniy na fiziologicheskoy osnove" degan kitob bosmadan chiqdi. Bu kitob ekologiyaning o‘simliklar fiziologiyasi bilan yaqinlashadi.
Ekologiyaning rivojlanish 4 davri ekologiyaning umumiy biologik fan sifatida rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Bu vaqtga kelib V.Shelfordning 1933 y " Muxit va jamoa" bu asar keyinchalik F.Klemints "Xayvonlar ekologiyasi asoslari" nomi bilan 1- yozilgan darslik bo‘lib qoldi va V.Shelfordning 1933 "Bioekologiya", YE.Odushning "Ekologiya" 1963, Riklefsning "ekologiya" 1979 yil kitoblari paydo bo‘ldi.
20 asrda ekologik metodlarning takomillashishi bilan yangi ekologik omillar: kun uzunligi, tuproq eritmasining reaksiyasi, mikroelementlar ta’siri o‘rganila boshlandi.
Antropogen omillarning tabiatga ta’siri kuchayishi natijasida ekologiya o‘rganadigan masalalar kengaydi Masalan, havoning gazlar bilan zaxarlanishi, radiatsiyalash va Sanoat ekologiyasi vujudga keldi.
Amerikada bu yillarda indikatsion botanika rivojlandi ya’ni tuproqning har xil xususiyatlarini ko‘rsatuvchi o‘simliklar xaqida.
B.CH.Bernadskiyning ilmiy ishlarida Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotlar berilib, tirik organizimlarning roli to‘g‘risida aytilgan.
B.V.Dokuchayevning ilmiy ishlari Morozov tomonidan "O‘rmon to‘g‘risidagi ma’lumotlar" kitobida davom ettirildi. Bunda o‘rmon o‘simliklari ekologiyasi asosi berilgan. Bu soxada Vыsotskiyning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega.
O‘rta asrlarida O‘rta Osiyoda yashagan olimlardan Muxammad muso al Xorazmiy ,Abu Nosir Farobiy ,A.R. Beruniy va boshqalar tabiat fanlarining rivojlanishida katta hissa qo‘shdilar.
O‘rta asrda Abu Ali Ibn Sino dorivor o‘simliklarning morfologiyasi nomlarining kelib chiqish,tarkibi va geografiyasini o‘rganib, shu to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. U o‘z fikrini bayon etishda doimo muhit bilan odamning o‘zaro munosabatlarini eslatib o‘tadi.Uning aytganlari xaqida ham o‘z ahamiyatini yo‘qolgan emas.
Maxmud Qoshg‘ariyning ishlarida uchratamiz.Ular yozgan kitobida 200 ta o‘simlik to‘g‘risida ekologik,morfologik va geografik ma’lumotlar bor.
Xali ekologiya fani yo‘q bo‘lgan davrda tabiat va undagi muvozanat, tabiatni e’zozlash xaqida qimmatli fikrlar aytilgan. M.Al-Xorazmiy o‘zining bir risolasida shunday dedi:"Bilinki,daryoning ko‘z yoshlari uning boshida ham-kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar!".Bu bilan buyuk olim nimalarni ko‘zda tutdi ekan. Extimol u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda tutgandir !.
O‘rta Osiyo o‘simliklari va xayvonlari to‘g‘risida botanik va geografik ma’lumotlarni Bobur asarlarida uchratamiz.
Bobur nomi aytilganda bazilar uni shoir deb biladi.Bir chekkasi bu tushuncha to‘g‘ri ham. Bobur g‘azallari juda jozibador,har kimga manzur. Ammo Bobur faqat shoirgina bo‘lmay, balki podshoh, sarkarda, tarixchi va bog‘bon, sayyox va tabiatshunos bo‘lgan.
Bobur asarlari misoli tagi yo‘q bir xazina."Boburnoma" yoki Boburiya - Z.M.Boburning eng yirik asaridir. Bu Boburning Farg‘onadagi yoshlik kunlaridan, to Xindistonda podshox bo‘lgungacha yuz bergan jami voqealarning mufassal tasiridir. Asarda Boburning yurgan,ko‘rgan-kechirganlari, yurgan joylarning tabiati, boyligi, odamlari, urf-odati, xayvonoti va ekinlari va boshqalar tasvirlangan. Har bir kasb egasi bu kitobda o‘ziga xos keragicha ma’lumot topadi. Asarni muxim terminologik va toponilik manba. Unda yer, suv, xavo turli tabiiy xodisalarga tegishli xalq so‘zlari ko‘plab topiladi.
"Boburnoma"ni o‘qigan va o‘rgangan har bir kishi, uni tabiat va geografiyani yaxshi bilgan o‘lkashunos va olim yozgan degan xulosaga keladi.
Bobur o‘lkani bilgan kishilarni xurmat qilgan,ularning qadriga yetgan va ular bilan xamisha maslaxatlashgan.
"Biron safarga chiqishdan oldin yer suv bilur kishilarni chorlab, atrof va tomonlarni surishtirar edi".
Bobur har bir xududni ma’lum bir tartibda tasvirlaydi. Avvalo joyning geografik o‘rni,so‘ngra qaysi iqlimga mansubligi, har xil shifobaxsh joylari, o‘simliklari, qazilmalari, xayvonot va axolisi beriladi.
Bobur tabiatdagi ba’zi xodisalarni tasvirlaganda, ularni mutlaqo mo‘jizalarga bog‘lamaydi.Bobur iqlim va meterologik xodisalar bilan qiziqqan. U o‘zi bergan har bir mamlakatning qaysi iqlimiga mansubligini yozadi.
Misol:Farg‘ona vodiysining "Girdo tog‘ voqi’ bulubtur. Farbi tarafidikal Samarqand va Xo‘jand bo‘lg‘ay,toq yo‘qdur ushbu jonibtin o‘zga xech jonibtin o‘qish yozi kela olmas".
Bu xaqiqatdan ham ajoyib fikrlardir,bunda Farg‘ona iqlimining qisqa xolati nimaga bog‘liq ekanligi to‘ppa-to‘g‘ri aytilgan.
Demak, havo oqimlari g‘arbdan sharqqa qarab esish ham unga ma’lum bo‘lgan.
Bobur ajoyib geobotanik bo‘lgan. U o‘simliklarni sevgan va yaxshi bilgan. U O‘zbekistondagi juda ko‘p dorilarni,ularning xosiyatlari va ahamiyatini tariflagani,bog‘bon bo‘lgan kishi, mirishkor kishi, asl tabiatshunosgina buning uddasidan chiqa oladi.
Bobur o‘simliklar to‘g‘risida juda ko‘p qimmatli fikrlarni aytganki, ularni maxsus o‘rganmoq kerak. Uning ilmiy gegrafik merosini o‘rganish uchun kerakki uning asarlaridan har bir tabiatshunos ilxom topadi.
Boburning "tabiat viloyatlari shaydosi bo‘lishi uning avlodlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatganki, o‘g‘illari Xumoyun, Kamron, qizi Gulbadanbegim xayotida ham ko‘ramiz.
Biz yuqorida nomlari tilga olingan va ko‘plab bobolarimiz merosini chuquroq o‘rganishimiz va kelajak avlodni tarbiyalashda foydalanishimiz lozimdir.
HADISLAR VA EKOLOGIYA
Xalqimiz qadimdan badanning quvvati-ovqat, aqlning quvvati - hikmat so‘zdir, deb uqtirib kelgan. Hadislar ana shunday hikmatli so‘zlar, donishmandlik durdonalari hisoblanadi.
Hadis bandlari ekologik ta’lim va tarbiyani singdirishiga katta yordam beradi. Ularda ayrim o‘simlik va hayvonlarning xosiyatlari, ozuqa zanjirlarida tutgan o‘rni, shuningdek, inson xo‘jalik faoliyatidagi ahamiyati kabi tmoyillari bayon etilgandir. Hadislarning ayrim bandlari insonni tabiat boyliklarini tejab - tergash va uni muhofaza qilishga o‘rgatadi. Chunonchi, hadislarda qo‘y boq, zero oyni baroxodur deyiladi. Bu yerda foydali hayvonlarning populyatsiyasini ko‘paytirish va undan turli maqsadlarda foydalanish mumkinligi e’tiborga olingan.
"Barcha narsa uning xuzurida o‘lchovlidir" qur’oni karimdan.
Barcha muqqaddas kitoblar-intil, tavrot, qur’onda ham bir tirik jonni avaylab-asrash, e’zozlash uqtirilgan. Borliqdagi mavjud hamma narsa-yer, suv, daraxtu - giyohlar, qurt - qumursqa-yu, parranda - darrandalar, odamzod hamda xayvonot ham o‘zaro bog‘liq xolda, munozanatda yashaydilar. Agar ulardan birortasi inqirozga yuz tutsa, bu boshqalariga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi.
Biz qo‘riqxona deb ataganlarimiz ming yil ilgari ham bo‘lgan. Qur’oni karimning "A’nom"sur’asida "Yer yuzidagi barcha xayvonlar va qushlar ham sizlarga o‘xshagan ummatlaridir" deyiladi. Muqqadas kitoblar xadislarni, o‘qish natijasida tabiatga hurmat bilan qarash, har bir jonzotga mehr shafqatda bo‘lish hissi qaror topgan,o‘ziga xos ekologik ta’lim vujudga keldi.
Mas.Islomda ba’zi bir maxsus joylarda xayvonlarni o‘ldirish, daraxtlarni kesish,o‘simliklarni nobud qilish man etilgan.
Muxammad payg‘ambarimiz xadislarida shunday moddalarni uchratamiz:
176. Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda, behosdan qiyomat qoin bo‘lishi aniq bo‘lganda ham ulgursangiz uni ekib ko‘yavering.
22. Bu tilsiz xayvonlar to‘g‘risida alloxdan qo‘rqinglar. Ularni yaroqli mininglar va yaroqli qilib yenglar.
478. Kimki xayotda tejamkor bo‘lsa, zinxor qashoqlikka tutmaydi.
497. Qaysi bir mo‘min biror ekin eksa,mevali daraxt o‘tkazsa, ularni qushlar, odamlar yoki xayvonlar yesa, bu sadaqa xukmidan bo‘ladi.
545. Qush olloxning o‘lchovi bilan uchadi.
575. Qush barak adir, tuya aqliga izzatdir. Otning peshonasiga qiyomatgacha yaxshilik yozilgandir.
634. Yenglar, ichinglar, kiyinglar, sadaqa qilinglar, ammo isrof qilmanglar mag‘rurlanmanglar.
946. Joni bor narsani o‘q otishda nishon qilmanglar.
Darxaqiqat bu xadisalarni, muqqadas kitoblarni o‘qib, tabiatga hurmat bilan qarash, har bir jonzotga mehr-shafqatda bo‘lish xissi qaror topadi. O‘ziga xos ekologik ta’lim vujudga keladi. Tabiat va uning mahsullari inson uchun ekan, ulardan oqilona va odilona foydalanish kerak. Yerga, suvga hayvonlar va nabototga bo‘lgan munosabatimizni tiklashimiz orqaligina ona tabiatnimizni asrab qolishimiz mumkin.
Global ekologiyaning taraqqiyotida V.N.Sukachevning biotsnoz to‘g‘risidagi ta’limoti kuchli burilish vudujga keladi.Umumiy ekologiyaning rivojlanishida katta xissa qo‘shgan olimlar bularga: - D.N.Kashkarov. S.A.Seversov. Ekologik parazitologiyada: V.N.Beklemishev, V.A.Dogel, YE.N.Pavlovskiy: ekolgik entomologiyasida - V.Vasetsov, N.A.Gerbilskiy, K.M.Deryugin, L.A.Zenkevich, S.A.Zernov: o‘simlklar ekologiyasida: I.G.Serebryakov, YE.P.Korovin, K.Z.Zokirov va b.
Ekologik fiziologiyaning rivojlanishida olimlarimizning qilgan ishlari kattadir.
O‘simliklarning qurg‘oqchilikga chidamligini Maksimov, YU.S.Grigoryevlar o‘rgandilar, yorug‘lik ta’sirini Ivanov, fotosintez ekologiyasini Lyubimenko, Nichiprovich, Zalenskiy, Voznesenskiylar: o‘simliklarning sho‘rga chidamligini G.A.Genkellar o‘rgandilar,sovuqqa chidamligini Tumanov o‘rgandi.
Shuningdek ekologiyaning rivojlanishida Ramenskiy, Shennikovlarning xizmati katta bo‘ldi.
Populyatsiya ekologiyasi 1930 yilda ekologiyaning yangi tarmog‘i ingliz olimi Elton tomonidan rivojlantirildi. U ayrim organizmlarni o‘rganishdan populyatsiyalarni o‘rganishda o‘tish kerakligini aytdi, chunki moslanish protsesslari populyatsiyada bo‘ladi.Populyatsion ekologiyaning rivojlanishida Seversov, Shvars, Naumov, Viktorov, Rabotnov va Uranovlar katta rol o‘ynaydilar 40 yillarda tabiiy sistemalarni o‘rganish asosida yangi yo‘nalishlar kelib chiqdi.
1935 yilda fanga "ekosistema" terminini ingliz Tensli kirgizdi.
1942 yilda esa V.N.Sukachev "biotsenoz"terminini berdi. Biotsenoz xaqida ta’limotni ilgari surdilar. Bu tushunchalarda organizmlar va abiotik muxit orasida bog‘lanishlarni ifodalaydi va modda aylanishi to‘g‘risida aytilgan.
O‘ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING QISQACHA RIVOJLANISH TARIXI.
Yuqorida aytib o‘tganimiz kabi, bizning buyuk allomalarimiz tabiat, tirik organizimlar va ularning tashqi muxit bilan o‘zaro aloqasiga doir masalalarga to‘xtalganlar.
O‘z FA qoshidagi Botanika, Zoologiya va Parazitologiya instituti olimlari o‘simlik va xayvonlar ekologiyasiga bog‘langan ishlar olib borishgan, xozirda ham bu ishlar olib borilmoqda.
O‘rta Osiyo o‘simliklar olamini o‘rganishda-M.S.Popov akademiklar: K.P.Korovin, K.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, I.I.Granitov, S.Saxobidinov, A.I.Vvedinskiy kabi olimlarning nomi bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda ekologik yo‘nalishdagi ishlarning asoschilari-D.N.Kashkarov, YE.P.Korovinlar edi. 30 yillarda Kashkarovning ekologiya masalalari xal qiladigan qaror: Muhim va jamoa, Turkiston xayvonlari",Xayvonlar
ekologiyasi asoslari"kabi yirik ilmiy asarlar chop etiladi.Ular ekologik ilmiy tadqiqot ishlari rejalashtirish,ekolog mutaxasislar tayyorlash masalasini o‘rtaga tashlaydilar,ularning nixoyatda zarurligini aytishgan.
Shu yillarda Korovin-o‘simliklar jamoasi va muxitni birgalikda o‘rganish kerakligini aytadi.Bunday ilmiy ishlar o‘sha vaqtda. UODU biol.f-i qoshida olib borilgan.CHo‘l zonasining o‘simliklarini o‘rganish maqsadida kompleks ekspeditsiyalar tashkil qiladi.Korovin, Grinov kabi olimlar rahbarligida cho‘l mintaqasidagi yaylovlarni yaxshilash borasida u yerdagi kserofit guruxiga oid o‘simliklarni o‘rganishga kirishiladi.
1950 yilda ekologiya ishlarining dolzarbligi munosabati xisobga olib UFA Botanika institutida Burgin raxbarligida xodimlari tomonidan cho‘l va chalacho‘l sharoitida o‘simliklarning qurg‘oqchilikga moslanish yo‘llari o‘rganildi.
O‘rta Osiyoda ekologiya soxasida katta ilmiy ishlar D.N.Kashkarov, YE.P.Korovin, M.G.Popov,K.Z.Zokirov, I.I.Granitovlar tomonidan olib borildi.
Danil Nikolayevich Kashkarov tomonidan bizning sobiq davlatimizda birinchi marta kompleks zooekologik kuzatishlar metodikasi ishlab chiqildi. U bir qator ekologiya masalalarini xal qilishda rol o‘ynagan kitoblar qoldirdi. Bu "Sreda i soobshestvo","Jivotnыye Turkestana,"Osnovы ekologii jivotnыx va b.
O‘zbekistonda ekologik izlanishlarning yana bir asoschisi va tashkilotchisi YE.P.Korovin edi.U 30-yillarda o‘simliklar jamoasi va muhitini birgalikda o‘rganish kerakligini aytdi.Bunday ilmiy kuzatish keyinchalik 1967-1987 yillarda Farg‘ona vodiysi sharoitida kompleks ekologik ishlar b.f.d.O.X.Xasanov va R.S.Bernik va boshqalar tomonidan davom ettirildi. Natijada adir o‘simliklarning ekologik klassifikatsiyasi berildi.
Xozirda bunday ishlar Jizzax cho‘llarida,Orol sharoitida davom ettirilmoqda.
D.N.Kashkarovning dastlabki ishlari UO kemiruvchilarni o‘rganishga bag‘ishlangan edi.Ularning biologiyasi, sistemasi va zarariga e’tibor berish bilan birga xayvonlar ekologiyasi bo‘yicha ham ish olib borildi.1928y u AQSH ga boradi va 7 oy davomida yirik ekologlarning ishlari bilan tanishadi. UFA ning akademiklari T.Z.Zohidov. A.M.Muhammadiyev, muxbir a’zolaridan M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov, V.V.Yaxantovlar O‘zbekistonda zoologiya tadqiqotlarining rivojlanishida o‘z xissalarini qo‘shgan olimlardir. Zoologiya tadqiqotlari UFA ning Zoologiya va parazitologiya ishlari faoliyati bilan bog‘liqdir. Sultonovning "O‘zbekiston qushlarining gelmentlari" 1963 y Yaxantovning "Hashoratlar ekologiyasi "1963, Vohidovning "qizilqum cho‘lining biotsenozlari 1971, kabi asarlari paydo bo‘ldi. 1981-85 yillarda O‘zbekistonda ovlanadigan kamyob hayvonlar. ekosistemasi o‘rganishga kirishildi. Sut emizuvchi noyob hayvonlarning sonini kamayib ketish sabablari ,ularning arealini tanlash, kamyoblarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari ishlab chiqildi.
1979 yillarda ixtiologiya va gidrologiya laboratoriya xodimlari O‘zbekiston suv atroflari ,suv ifloslanishi ,suv hayvonlari ekologiyasi
va suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordilar.
Hozirgi paytda Botanika institutida ekologik fiziologiya, ekologik anatomiya, ekologik emriologiya sohasida ishlar olib borilmoqda.
20-asrning 2-yarmida odamlarning koinotga ta’sirining kuchayishi natijasida atrof-muxitdagi antropogen o‘zgarishlarini o‘rganish va bu muxitni yaxshilash katta ahamiyatga ega. Atrof-muxitning zaxarlanish odamlar sog‘lig‘iga, o‘simlik va xayvonlarning hayotiga yomon ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: Tojikistondagi aluminiy zavodi, ftor birikmalari chiqarib turadi, natijada mevalar, o‘simliklar va hayvonlar zaharlanmoqda. Shuning uchun zavod va fabrikalar qurish uchun oldin ekologik ekspertizadan ruxsat olinadi.
BIOTSENOZ XAQIDA TUSHUNCHA.
Barcha moddalar oziq moddalar qabul qilishi xaqida ulardan foydalanish usuliga ko‘ra avtotrof va geterotoroflarga bo‘linadi.
Tabiatda xayot uchun zarur bo‘lgan biogen moddalar to‘xtovsiz ravishda aylanib turadi. Avtotrof organizmlar atrof-muxitdan ximiyaviy moddalarni o‘zlashtiradi,bu moddalar geterotroflar orqali qaytadan atrof-muxitga qaytadi.Bu jarayon juda murakkab formalarda boradi. Har
qaysi tur organik moddasi energiyaning faqat bir kesimidan foydalaniladi va uni mavsum bosqichga parchalaydi.
Shunday qilib evolyutsiya jarayonida ekologik sistemalarda qoziq zan jiri tarkib topgan. 1-2 ga ozuq bo‘ladigan organizmlarning ketma -ket kelishi ozuqa iste’molchi ko‘rinishidagi bog‘lanish.
Tirik mavjudotlar guruxini va ularning yashash muxitini o‘z ichiga olgan funksional sistema - ekologik sistema deb ataladi.
Bizga yaxshi ma’lumki, tabiatda o‘simlik va xayvonlar jamoa xolida yashaydilar. Jamoa deganda-rivojlanishning turli bosqichlarida bo‘lgan bir gurux organizmlarning muayyan sharoitda birgalikda yashashi tushuniladi.Bunda ular o‘zaro munosabatda bo‘ladilar. Bundan kelib chiqib:muayyan sharoitda o‘simlik, xayvon, zamburug‘ va mikroorganizimlarning birgalikda yashashi- biotsenoz deyiladi.
Agarda bir qancha o‘simlik birgalikda qavm bo‘lib yashasa fitotsenoz, .(o‘sish jamoasi) bir qancha tur xayvonlar birgalikda qavm bo‘lib yashasa-zootsenoz(xayvonlar jamoasi) deyiladi. Yoki oddiyroq qilib aytganimizda muayyan maydonda tarqalgan, birgalikda yashovchi va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan organizmlar gruppasi-biotsenoz deyiladi.
Biotsenoz-lotin tilidan olingan so‘z bo‘lib,"bios"-xayot,"senoz"umumiy deb tarjima qiladi.
"Biotsenoz" terminini nemis biologi Mebius tomonidan 1877 y. berilgan. Bu o‘simliklar, xayvonlar va mikroorganizmlarning birga yashashi bo‘lib ular ma’lum yerda yeki suv xavzasida bo‘lishi mumkin. Biotsenozdagi organizmlar bir-birovi bilan va abiotik muxit bilan bog‘liqdir.
Moddalarning aylanma xarakatida qatnashishiga qarab biotsenozga kiruvchi organizmlar 3 guruxga bo‘linadilar:
1. Produtsentlar. (xosil qiluvchilar)avtotrof organizmlar bo‘lib, yaratuvchi organik moddalardan organik moddalar xosil qiladilar, bu yashil o‘simliklar.
2. Konusmentlar (qabul qiluvchilar),geterotorf organizimlar bo‘lib, avtotrof organizmlar xisobiga yashaydilar.Tayyor organik moddalar xisobiga xayot kechiradilar.
1-darajali konusmentlar-o‘simlikxo‘r xayvonlar,parazit bakteriya va zamburug‘lar.
2-darajali konusmentlar-o‘simlikxo‘r xayvonlarni iste’mol qiladigan yirtqichlar.
3-darajali konusmentlar-superparazitlar.
3. Redutsentlar( .tiklovchilar).Organizmlar qoldiqlari bilan ovqatlanib uni qayta tiklovchi organizmlar, yoki organik qoldiqlarni parchalovchilar.
O‘SIMLIKLAR XAYVONLAR VA MIKROORGANIZMLAR JAMOASI BIOTSENOZI.
Biotsenozni tashkil qiluvchi o‘simlik, xayvon va mikrorganizmlar jamoasining birga yashashga moslashuvi ularning abiotik faktorlarga o‘xshash talablarida ifodalaniladi.
"Biotsenoz" so‘zi xozirgi ekologik adabiyotlar ma’lum territorial uchastkalarni belgilashda ishlatiladi:bug‘doy dalasi biotsenozi,o‘tloq biotsenozi, o‘rmon biotsenozi va x.Bunda birga yashashga moslashgan o‘simlik, xayvon va mikroorganizmlar kompleksi xisobga olinadi.
1. Produtsentlar (xosil qiluvchi ) avtotrof organizmlar bo‘lib, yaratuvchi anorganik moddalardan organik moddalar xosil qiladilar, bu yashil o‘simliklar.
2. Konsumentlar (qabul qiluvchilar), geterotrof organizmlar bo‘lib, avtotrof organizmlar xisobiga yashaydilar. Tayyor organik moddalar xisobiga xayet kechiradilar.
1- darajali konsumentlar - o‘simlikxo‘r xayvonlar, parazit bakteriya va zamburug‘lar.
2- darajali konsumentlar - o‘simlikxo‘r xayvonlarni is’temol qiladigan yirtqichlar.
3- darajali konsumentlar - superparazitlar.
3. Reduksentlar( tiklovchilar). Organizmlar qoldiqlari bilan ovqatlanib uni qayta tiklovchi organizmlar, yoki organik qoldiqlarni parchalovchi.
Ijtimoiy ekologiya
Jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ilmiy anglash, insonni ijtimoiy fenomen sifatida ko‘rish - uning taraqqiyotini to‘g‘ri belgilash imkoniyatini beradi. Insonning jamiyat a’zolari bilan birgalikda, o‘zaro munosabatlarda yaratgan ijtimoiy va ruhiy muhitlar ta’sirini sotsekologiya, ya’ni ijtimoiy ekologiya o‘rganadi.
Har qanday muammoni yechishni uni nazariy tomonidan o‘rganishdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muammoni nazariy tomondan o‘rganish deganda, birinchi navbatda mazkur muammoni yechadigan ilm sohasining tadqiqot ob’yekti, predmet va oldiga qo‘ygan maqsadini aniq ko‘z oldiga keltirib, ob’yektiv qonuniyatlarni chuqur bilib olishlikka aytiladi.
Demak, mazkur ilm tarmog‘i qaysi ob’yektiv borliq va uning jabhasini o‘rganishni, uni bu o‘rganishdan maqsadi nimada ekanligini hamda shu sohada doimo hukm suruvchi qonuniyatlar jamiyat manfaatlariga qanday xizmat qilishini yaxshi bilgan kishigina bunday muammoni yecha oladi.
Odamzot bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli uning biologik mohiyati bilan bir qatorda ijtimoiy va ruhiy mohiyatlarini saqlab qolish zarur bo‘lib qoldi.
Ko‘rib turganimizdek, bu muammolar tabiiy, ijtimoiy va ruhiy muhitlarning yomonlashganligi natijasida yuzaga keldi. Bunday hol insonning ijtimoiy, ruhiy va jismoniy salomatligi orqali uning biologik, ijtimoiy va ruhiy tadrijiy rivojlariga ta’sir etib, salomatligini yomonlashishiga, ma’naviyatini pasayishiga va iymonini susayib ketishiga olib keldi.
Biosferaning tarkibiy qismi bo‘lgan inson, tirik mavjudotlarning oliy shakli hisoblanib, tabiiy muhit bilan bir paytning o‘zida ijtimoiy va ruhiy muhitlarda yashaydi. Shu boisdan u biologik, ijtimoiy ruhshunoslik qonuniyatlari bo‘yicha rivojlanib boradi hamda ularning doimiy o‘zaro ta’siri ostida bo‘ladi.
Biroq bironta ham sanekologik, ijtimoiy ekologik va psixologik tadqiqotlar «umuminsoniga» tayana olmaydi. Faqat aniq biologik, ruhiy va ijtimoiy belgilarga ega bo‘lgan odamlar guruhigina sanekologiya ijtimoiy ekologiya va psixoekologiya fanlarining tadqiqot predmeti bo‘lishi mumkin.
Oilada, xalq ta’limi tizimida, mehnat jamoalarida, jamoat joylarida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar, shuningdek, davlatning ichki va tashqi siyosati faoliyatidan qaror topgan ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy munosabatlar majmuasi inson hayoti faoliyatining ijtimoiy va ruhiy muhitini yuzaga keltiradi. Ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning ekologik jihati deganda shu munosabatlarning insonni ijtimoiy va ruhiy rivojlanishiga ta’siri tushunmoq zarur.
Davlatning ichki va tashqi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy faoliyat natijasida yuzaga keladigan insonlar hayot - mamotining ijtimoiy muhiti «makroijtimoiy muhit» deb atalib, uning ichki rivojlanish qonunlarini siyosatshunoslik va makroiqtisod fani o‘rganadi. Kishilarni oiladagi, o‘quv muassasalaridagi, mehnat jamoalari natijasi «mikroijtimoiy muhit» qaror topdi. Uning ichki qonuniyatlarini jamiyatshunoslik, ijtimoiy ekologiya pedagogika, madaniyatshunoslik va mikroiqtisodiyot ilmlari o‘rganadilar.
Tabiatni muhofaza qilish
SNGda o‘simlik olami ya’ni florasi( flora bu o‘simlik olami so‘zidan iborat) 19 ming turdan iborat. O‘zbekistonda esa 4148 turga yetadi. Ularning orasida sanoat, qishloq xo‘jaligi va meditsinada katta axamiyatga ega bo‘lgan o‘simliklar tashkil etadi.
O‘simliksiz xayot yer yuzida bo‘lmagan bo‘lar edi.Odamlarning va xayvonlarning xayoti o‘simliklarga bog‘liq. masalan, nafas olishimiz va ovqatlanishimiz xam o‘simliklarga bog‘liq. O‘simliklar xavoni O 42 0 bilan boyitib turadi, SO 42 0 gazini kamaytirib turadi. Oziq ovqat o‘simliklariga bug‘doy, arpa, makkajo‘xori , tariq, suli, sholi, mosh, loviya, no‘xat, kungaboqar, yeryong‘oq, zig‘ir, kunjut, g‘o‘za. Zig‘ir bilan g‘o‘zani oziq-ovqat hamda texnika o‘simliklariga kiritiladi. Dorivor o‘simliklarga kanakunjut, shaftoli, makkajo‘xori, yalpiz, mavrak, qora zira, archa (kubba preparatlari siydik xaydovchi, siydik yo‘llarini dizinfeksiya qiluvchi, balg‘am ko‘chiruvchi xamda ovqat xazm qilish protsessini yaxshilaydi). Valerina, qarag‘ay kurtagi (archa qubbasiga o‘xshash, bargi singa kasalligini davolashda ishlatiladi), Kamfora daraxti, arpabodiyon bu o‘simliklarning mevasi va moyi ishlatiladi. Mevasi va moyi meditsinada bronxit kassaligida balg‘am ko‘chiruvchi, ichak faoliyatini yaxshilovchi, yel xaydovchi dori sifatida ishlatiladi. Moychechak (ichak yopishib qolganda va ich ketganda va genekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi,og‘iz tamoq chayqashda shifobaxsht vanna tayyorlashda ishlatiladi), qora andiz balg‘am ko‘chiruvchi dori sifatida hamda meda va ichak kasalliklarida ishlatiladi, ermon ishtaxa ochadigan va ovqat xazm qilishni yaxshilaydigan xamda jigar, o‘t pufagi va gastirit kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bo‘ymadaron me’da - ichak kasalliklarini va qon to‘xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Gulxayri, zupturum, gorchisa(xantal), achchiq bodom, achchiq bodom suvi bemorni tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi dori, chuchuk bodom urug‘i ich yumshatuvchi emulsiya tayyorlashda ishlatiladi. Qoqio‘t ishtaxa ochuvchi, o‘t xaydovchi dori sifatida ishlatiladi, sanbit gul xonalarda o‘stiriladi, yurak-kasalligida, nashasimon kendir, adoniz, marvaridgul, erizimum, angishvona gul-jenshen aqliy va jismoniy jixatdan charchaganda,mexnat qobiliyati susayganda, qon bosimi pasayganda organizmning umumiy tonusini ko‘taruvchi dori sifatida ishlatiladi. Araliya, eluterokokk, xitoy limonnigi levzeya. Exinopanaks bular jenshenga o‘xshash ishlatiladi.
Serquyosh o‘lkamiz shifobaxsht o‘simliklarga boy. Muqaddas tuprog‘imizdagi xar bir giyex mo‘jiza, inson dardiga davo, umriga umr qo‘shadi. Biz ana shu giyohlarni yanada ko‘paytirish uchun qayg‘urishimiz kerak, zeroki bu giyohlar dardimizga davo, o‘lkamiz xusni.
Siz meditsina xodimlari shifobaxsh o‘simliklarni kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymang, ularni ko‘paytirish uchun yordam bering, qaysi vaqtda o‘simlikni yig‘ishni o‘zingiz bilib oling va boshqalarga o‘rgating.
Xayvonlardan olinadigan dorivor maxsulotlar ustida tuxtalib o‘tmoqchiman.
Ilon zaxari.
O‘rta Osiyoda zaxarli ilonlardan kqobra, ko‘lvor ilon (gyurza),charx ilon (efa), cho‘l qora iloni (gadyuka) uchraydi.
Kobraning tashqi ko‘rinishi yirik chipor ilonga o‘xshab ketadi. Kobra Xindistonda keng tarqalgan o‘tkir zaxarli ko‘zoynakli ilonning kenja turidan biridir. Lekin u bo‘ynida ko‘zoynak rasmi bo‘lmasligidan va boshqa belgilaridan ko‘zoynakli ilondan farq qiladi. Kobra zaxarli ilonlar ichida yiriklaridan biri xisoblanadi. Bo‘yining uzunligi 1,8 metrga yetadi.
Ko‘lvor ilon zaxarli ilonlar orasida eng yirigi. Bo‘yining uzunligi 2 metrga yetadi.Tanasining usti jigar rang yoki to‘q kulrang tusda, qorin tomon oq bo‘lib juda ko‘p qora halqachalari bor.
CHo‘l qora iloni. Bo‘yining uzunligi 60 sm ga yetadi. Boshi uchburchak - yumaloq shaklda. Tanasining usti to‘q kulrang, xar xil shakldagi qoramtir dog‘lar bilan qoplangan. Dumi kalta, uchli bo‘ladi.
Charx ilon. O‘zining serxarakatligi bilan boshqa zaxarli ilonlardan farq qiladi. Buyining uzunligi 70 sm gacha bo‘ladi. yuqoridan uchib ketayotgan qush shaklini eslatuvchi och rangli belgi bor.
Toshkent, Bishkek va boshqa shaxarlarda zaxarli ilonlardan zaxar olish maqsadida maxsus ilonxonalar tashkil etilgan. Bunday ilonxonalarda ayniqsa, ko‘lvorilon ko‘p boqiladi.Chunki bu ilon boshqa zaxarli ilonlarga qaraganda ancha chidamli, tutqunlikda uzoqroq yashay oladi. va boshqalardan ko‘proq zaxar beradi.
Kobra zaxari birinchi navbatda nafas markazini,so‘ngra markaziy nerv sistemasini ishdan chiqarsa, ko‘lvorilon va charxilon zaxari esa qonni ivitadi, qondagi qizil qon tanachalarini parchalaydi.
Ilonlarga tegilmasa ular ham tegmaydi. Ular yashirinishga harakat qiladi. Agar ko‘lvor ilonni bosib olinsa u qo‘qisdan xujum boshlab, yuqoriga uzun tishlari bilan yashin tezligida xuddi nayza urganday zarba beradi. Kulvor ilonning chaqishidan qush yoki hayvon 5-6 sekunga yetmay xalok bo‘ladi. Agar tezda zaruriy tibbiy chora ko‘rilmasa, ko‘lvor ilon zaxariga qarshi ishlatiladigan zardob qabul qildirilmasa, odam ham 4-5 soat o‘tgach xalok bo‘ladi.
Ilon zaxarini shisha idishlarga tishlatib yig‘ib olinadi.
Ilon zaxaridan ilon chaqqanda zaxarini kesadigan zardob ishlab chiqariladi. Meditsinada ilon zaxaridan tayyorlangan preparatlar, artrit va turli og‘riqlar (belda paydo bo‘ladigan og‘riq, kuo‘ymich nervni yallig‘lanishi tufayli paydo bo‘ladigan og‘riq), nevralgiya, poliartrit, nafas qisishi, tromboz (qonning ivib qolishi) va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Ilondan zaxar olish maqsadida 3000 ga yaqin zaxarli ilon tutiladi. Lekin xalqimiz orasida surilib kelayotgan noto‘g‘ri tushunchalar meditsinada katta foyda keltirayotganidan xabarsizligi natijasida zaxarli ilonlar bexudaga o‘ldirilmoqda. Siz meditsina xodimlari xalq orasida ilonlardan dorivor moddalarni shifobaxsh xususiyatlarini tushuntirishingiz lozim.
Zaxarli ilonlarni yo‘q bo‘lib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. O‘rta Osiyoda tog‘ o‘rmonlari va butazorlar kesilib ketdi. Yong‘oqzor va archazor maydonlari kamayib ketdi. Qimmatli pista ko‘mir olinadigan pistazorlar deyarli yo‘q qilib yuborildi.Tog‘lardagi daraxtzor va butazorlarning yo‘q qilinishi tog‘larning yemirilishiga sabab bo‘ldi. Qumlardagi tabiiy o‘simlik qoplamini yo‘q qilinishi qumlarning tarqalishi xamda qishloqlar va ekin dalalari, ariq va yo‘llarni bosadigan ko‘chma qum barxanlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Zo‘r berib ishlatilishi tufayli xom ashyo, dorivor yoki ovqat sifatida axamiyatga ega bo‘lgan ba’zi turlari yoki ularning zonasi kamayib ketgan(chuchuk miya, yersovun, anzur piyozi, qirqqovuq, itoron, chuxra va boshqalar).
Keyingi vaqtlarda tabiatni muxofaza qilish Davlat Komiteti tashkil qilindi.
Chiqarilgan qonunlarga asosan ayrim qimmatli daraxtlardan iborat o‘rmonlar himoya qilinadi. Yo‘qolib borayotgan nodir daraxtlar o‘sadigan maydonlar ham muxofaza qilinadi. O‘rmonlarni qayta tiklash yangi o‘rmonlar yaratish, yirik shaxarlar atrofida o‘rmon-bog‘ zonalari barpo qilish ishlari amalga oshirilmoqda. Yo‘q bo‘lib ketayotgan o‘simlik turlari qizil kitobga yoziladi.
QIZIL KITOB TO‘FRISIDA
Tabiatni muxofaza qilish,o‘simlik dunyosini xayvonot dunyosi bilan birga saqlashda qo‘riqxonalar muxim rol o‘ynaydi.
Qo‘riqxonalardanbarchatabiiykompleksshundayligichasaqlanadi.Ularning territoriyasidagidaraxtvabutalarnikesish,pichantayyorlash, molboqish, baliqvaboshqahayvonvaqushlarniovlash, mevava boshqanarsalarniyig‘ishtaqiqlanadi. Davlatqo‘riqxonalariningasosiyvazifasimazkurtabiatzonasiuchuntipikbo‘lganzonanitabiyligicha saqlashva undagi o‘simlik, xayvon vaqushlarnio‘rganishidir. Buyerdaqimmatlixayvonvao‘simliklarsoninitiklashbo‘yichaulkanilmiytadqiqotishlariolibboriladi.
Mashxur bo‘lgan qo‘riqxonalardan O‘rta Osiyeda qoraqum cho‘lida Repetek qo‘riqxonasidir. Orol dengizining cho‘l orolida Borsakelmas qo‘riqxonasi maydoni 18,5 ming Amudaryo orolidagi Payg‘ambar orol qo‘riqxonasi Tyan-Shan Chotqol tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi, Sari-Chelak qo‘riqxonasi. Jizzax oblastida Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi.
A D A B I YO T L A R
1. Xrjanovskiy V.G."Kurs obщyey botaniki" II tom M."Vыsshaya shkola" 1982g.
2. S.A.Shostakovskiy "Sistematika vыsshiy rasteniy" Moskva 1971g.
Dostları ilə paylaş: |