Masal tili ustida ishlaganda, o’quvchilar nutqini boyitish uchun unda ishlatilgan obrazli iboralar, badiiy vositalar o’quvchilarga mustaqil toptiriladi: o’quvchilar o’qituvchi bergan gap yoki iborani masaldagi ibora bilan almashtiradilar. Masalan, SHukur Sa’dullaning “Laqma it” masalining tili ustida ishlash jarayonida o’qituvchi “Qish kelib sovuq boshlandi. Bo’ron turdi” gaplarini beradi, o’quvchilar gaplarini topib aytadilar. Masal tahlil qilinayotganda voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim epizodlarni so’z bilan tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida tavsif tuzish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Personajga xarakteristika berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, avtor tilini yaxshi tushunish, xar bir personajning individual xarakterini hisobga olish zarur. Masalan, “Laqma it” masalini o’qiganda, laqma itning yalinib-yolvorishi, mushukning to’g’riso’zligi muomalasi orqali ifodalandi. Dialogli masallarni rollarga bo’lib o’qish, inssenirovka qilib, aytdirish maqsadga muvofiqdir.