Masal va she`r o`qitish usuliyoti Badiiy adabiyot janrlari haqida ma’lumot



Yüklə 12,5 Kb.
səhifə4/4
tarix24.12.2023
ölçüsü12,5 Kb.
#193152
1   2   3   4
usuliyoti (1)

She`r

  • She’rni o’qiganda kichik yoshdagi o’quvchilar tabiat va jamiyat voqea-hodisalarini poetik tasviridan hayajonlanishlari muhim ahamiyatga ega. Boshlang’ich sinflarda she’r tarzida yozilgan hikoyalar, ya’ni she’riy hikoyalar va lirik she’rlar o’qitiladi. SHe’riy hikoyada syujet, ya’ni voqealar sistemasi va uning rivoji xarakterlidir. Lirik she’r “biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida insonda tug’ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg’ular orqali turmushni aks ettiradi”. Lirik she’rning xususiyati “kishining his-tuyg’uga to’la hayajonli nutqini ta’sirliroq ifodalashga to’g’ri keladi”. Bunda “ohangdorlik va musiqiylikni vujudga keltiradi”.

She`r

  • SHe’rni o’qish darslarida asosiy ish turi ifodali o’qish hisoblanadi. O’quvchi she’rning asosiy (g’oyaviy) mazmunini tushunsagina, uni ifodali o’qiy oladi. SHuning uchun she’rni tahlil qilib, uning mazmunini o’quvchilarga tushuntirish lozim. SHe’riy hikoyani tahlil qilishda, asosan, hikoya, ertak, masalni tahlil qilinganidagi ish turlaridan foydalanish mumkin. Tursunboy Adashboevning “Navoiy bobomlar” she’riy hikoyasi mazmuni savollar yordamida gapirtirilishi mumkin. Ammo lirik she’rni o’qish va tahlil qilish o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Lirik she’rni o’qish darsida eng asosiy ish turi uni his-hayajon bilan ifodali o’qishdir. SHe’r ifodali o’qilgach, undagi tushuntirilishi zarur bo’lgan so’z va iboralar ikki-uch so’z bilan qisqacha izohlanadi.

She’rni o’qish

  • She’rni o’qishdan oldin ba’zan unda tasvirlangan yil fasllari haqida suhbat o’tkaziladi yoki she’r mazmunini tushunish uchun o’quvchilar bilishi lozim bo’lgan voqealarni o’qituvchi qisqa aytib beradi. Ba’zi she’rlarni o’qishga o’quvchilarni uzoqroq tayyorlash, masalan, Qudrat Hikmatning “Qish”, “Bahor” she’rlarini o’qishdan oldinroq tabiatni kuzatish, boqqa, qir-adirlarga ekskursiya o’tkazish maqsadga muvofiq.

Boshlang’ich sinflarda ko’rgazmali ta’limning asosiy formasi lirik she’rni ifodali o’qish hisoblanadi.

  • Lirik she’rni ham, she’riy hikoyani ham o’quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga erishish muhimdir,uning uchun she’r birinchi marta o’qilganda, hech qanday tushuntirish berilmaydi. SHe’r o’quvchilarga qanday ta’sir qilganini hisobga olish, bilish zarur. O’qituvchi she’rni shunday ifodali o’qishi kerakki, bolalar uning asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so’z kuchliroq ta’sir etsin. O’qish oddiy bo’lishi kerak.

Bolalar she’rni o’qiganda

  • O’qiyotganda tabiiy zavq-shavq, shodlik, xursandlik, qahr-g’azab hissini qichqiriq ovoz bilan soxta ifodalashga yo’l qo’ymaslik zarur. Bolalar she’rni o’qiganda, she’riy satrga rioya qilishlari, she’r ritmini buzmasliklariga erishish lozim.
  • SHe’r mazmuni ham, boshqa janrdagi badiiy asarlar kabi, savollar asosida tahlil qilinadi. Ammo she’r mazmuni haqida o’quvchilarga ko’p savol berish tavsiya etilmaydi. O’quvchilarga she’rning asosiy mazmunini tushunganliklariga ishonch hosil qilishning o’zi kifoya.

Yüklə 12,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin