Hisoblang:a) bahoning o’zgaruvchan, o’zgarmas va tuzilmaviy siljishlar indekslarini; b) tegishli xulosa qiling.
9.14-masala.Kichik korxonalar bo’yicha ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori va tannarxi to’g’risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Kichik korxona
Mahsulot hajmidagi ulushi, %
Mahsulot birligining tannarxi, so’m
I chorak
II chorak
I chorak
II chorak
1
45
30
280
290
2
25
45
375
370
3
30
25
490
490
Kichik korxonalar bo’yicha quyidagilarni hisoblang:
Alohida indekslarni;
Tannarxning umumiy indekslarini: a) o’zgaruvchan tarkibli; b) o’zgarmas tarkibli; v) tarkibiy siljishlar.
Tegishli xulosalar qiling.
9.15-masala. Konditer fabrikasi bo’yicha quyidagi ma’lumotlar ma’lum:
Mahsulot turi
Oylar bo’yicha ishlab chiqarilgan, kg
1 kg uchun o’zgarmas baholar, ming so’m
Yanvar
Fevral
Mart
Aprel
Parvarda Konfetlar Shokolod
4800 6450 1400
4950 7110 1600
5000 8100 1750
6410 9000 1500
2,20 4,50 9,60
Yanvar-Aprel oylari uchun konditer fabrikasi bo’yicha mahsulot fizik hajmining bazisli va zanjirsimon indekslarni hisoblang. Indekslarni hisoblashda qaysi vaznlardan (o’zgaruvchan va o’zgarmas) foydalandingiz?
9.16-masala. Fermer xo’jaligining etishtirgan va sotgan mahsulotlari quyidagi ma’lumotlar bilan xarakterlanadi:
Mahsulot turi
Bir birligining bahosi , ming so’m
Sotilgan hajm
May
Iyun
Iyul
May
Iyun
Iyul
Gilos, kg Shaftoli, kg Sut, l
2,5 3,0 0,9
2,0 15 1,1
1,8 1,0 1,2
4800 1400 1600
2000 6000 1800
500 1000 1700
Yuqoridagi mahsulotlar bo’yicha o’zgarmas va o’zgaruvchan vaznlardagi bazisli va zanjirsimon indekslar aniqlansin. Hisoblangan indekslarni to’g’riligini (noto’g’riligini) bazisli va zanjirsimon indekslarni o’zaro bog’liqligidan foydalanib tekshirib ko’rilsin.
9.17-masala. Joriy yilda tuman savdo korxonalarining tovar oboroti hajmi solishtirma baholarda 140 mlrd.so’mni tashkil qildi. Baholar pasayishi natijasida aholi 7 mlrd. so’mni tejab qoldi.
O’tgan davr tovar oboroti 100 mlrd.so’m ekanligi ma’lum bo’lsa, tovar oborotining fizik hajmi va baho indekslari hisoblansin?
9.18-masala. Tumandagi xo’jalik buyumlari bilan savdo qiluvchi do’konlarning tovar oboroti joriy yilda 19 mlrd.so’mni tashkil etadi va uning fizik hajmi o’tgan davrga qaraganda 5 mlrd.so’mga ortdi. Joriy davrda sotilgan tovarlarni bahosi o’tgan davrga nisbatan 5% past bo’lgan.
Aniqlang: a) tovar oboroti va tovar oborotining fizik hajmi indekslarini; b) baholar pasayishi hisobidan aholi tejab qolgan summani.
9.19-masala. Malika supermarketining joriy davr tovar oboroti o’tgan davrga qaraganda 30 mln.so’mga yoki 20% ga oshgan. Baholar o’sishi natijasida aholi 5 mln.so’m ortiqcha xarajat qilgan.
Aniqlang: a)joriy va bazis davri tovar oboroti hajmini; b) baholar, tovar oboroti va tovar oborotining fizik hajmi indekslarini.
9.20-masala. Joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baholar 3% ga o’sgan holda tovar oborotining fizik hajmi 20% ga ortgan. Tovar oboroti qanday o’zgargan?
9.21-masala. Har bir savdo xodimiga to’g’ri keladigan tovar oboroti joriy davrda o’tgan davrga nisbatan 10% ga oshgan. Savdo xodimlari soni o’zgarmay qolsa tovar oborotida qanday o’zgarish bo’ladi?
9.22-masala.Mahsulot tannarxi 2% pasaygani holda, ishlab chiqarish hajmi 20% ga ortsa qilingan umumiy xarajatlar summasi qanday o’zgaradi?
9.23-masala. G’isht zavodida ishlab chiqarilgan mahsulot soni 2 baravarga, ishlovchilari soni esa 40% oshsa bitta ishchiga to’g’ri keladigan mahsulot hajmi qanday o’zgaradi?
9.24-masala. Bank xodimlari soni 20 % ga, ish haqi fondi esa 20% oshsa o’rtacha ish haqi qanchaga o’zgaradi?
9.25-masala. Tikuv tsexida ishlab chiqarilgan bitta ko’ylakning tannarxi joriy davrda o’tgan davrga nisbatan 10% pasaygan, ishlab chiqarilgan ko’ylaklar soni 42% oshgan. Ko’ylaklar ishlab chiqarish umumiy xarajatlari qanchaga o’zgarganligini aniqlang.
9.26-masala. Korxonada mahsulot bir birligini ishlab chiqarish xarajatlari 5% ga pasaygan, umumiy xarajatlar-18%ga. Ishlab chiqarish hajmi qanday o’zgarganligini aniqlang.
9.27-masala. Sotiladigan mahsulotlar hajmi 1,5 marta oshgan, mahsulot bir birligining bahosi esa 8% ga pasaygan. Sotishdan keladigan yalpi tushum summasi qanday o’zgarganligini aniqlang.
9.28-masala. Dehqon bozorida sotilgan xo’l mevalarning narxi 7% ga o’sgan, tovar oboroti hajmi 12% ga pasaygan. Tovar oborotining fizik hajmi qanday o’zgarganligini aniqlang.
9.29-masala. “Fayz-baraka” fermer xo’jaligining ekin maydoni 3% kamaygan, o’rtacha hosildorlik esa 12% ga o’sgan. Yalpi hosil indeksini aniqlang.
9.30-masala. Dehqon bozorida sotilgan go’sht mahsulotlarini narxi 5% pasaysa, miqdori esa 5% oshsa tovar oboroti hajmi o’zgaradimi?
9.31-masala. Talabalarni o’quv yili davomida to’plagan ballari miqdori o’tgan o’quv yiliga nisbatan 12% ga oshgan, talabalar soni esa o’zgarmagan. To’plangan ballar miqdori nima hisobidan oshgan?