Masalan: Fosfor(III)xlorid pcl


Ham kationlararo ham anionlararo gidrolizlanish



Yüklə 57,52 Kb.
səhifə6/11
tarix31.05.2022
ölçüsü57,52 Kb.
#60127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yuklash

Ham kationlararo ham anionlararo gidrolizlanish.Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bulgan tuzlar ham kation, ham anionlararo gidrolizlanadi. Bu tipdagi tuzlar gidrolizlanganda tuz tarkibidagi OH- ionlari bilan birikib, kam dissosilanadigan kislota va asos hosil qiladi. Hosil bo`ladigan kislota va asosning kuchiga qarab, eritmaning muhiti yo kuchsiz kislotali yoki kuchsiz ishqoriy bo`ladi, masalan:
NH4CN + H2O  NH4OH +HCN
NH+4 + CN- + HOH NH4+ +OH- +HCN
bunda KNHOH = 1,79 10 –5, KHCN = 7,9 10-10 bo`lgani uchun eritma kuchsiz ishqoriy muhitni namoyon qiladi.
Juda kuchsiz kislota va juda kuchsiz asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizi bir tomonlama bo`lib, oddiy sharoitdayoq oxirigacha boradi. Shuning uchun bunday gidrolizlanishga to`la gidrolizlanish deyiladi:
Cr2 S3+ 6H2O = Cr (OH)3 + 3H2S
Agar kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo`lgan tuz eritmasi kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo`lgan tuz eritmasiga qo`shilsa, ikkala tuzning gidrolizi ham oxirigacha boradi. Bu hodisaga birgalikda yoki hamkorlikda boradigan gidroliz deyiladi, masalan:
2FeCI3 + 3(NH)2S +6H2O = 2Fe(OH)3 + 6NH4CI +3H2S
2Fe 3++ 3S2- +6 H2O = 2Fe(OH)3 + 3H2S
Tuzlarning gidrolizlanishi miqdoriy jihatdan gidrolizlanish konstantasivagidrolizlanish darajasi bilan xarakterlanadi.
Na2CO3 +H2O  NaHCO3 + NaOH
CO32- +H2O  HCO-3 +OH-

Gidrolizlanish qaytar jarayon bo`lgani uchun unga massalar ta’siri qonunini tatbiq etish mumkin:



Muvozanat konstantasi K bunday hollarda gidrol izlanish konstantasi deyiladi va Kgidr- bilan ishoralanadi. (Gidroliz konstantasi ifodasiga suvning konsentrasiyasi yozilmaydi, chunki suvning miqdori o`zgarmas deb qabul qilinadi.)Gidrolizlanish konstantasining qiymati ortishi bilan gidrolizlanish ham ortadi.
Bir negizli kislota va bir negizli asosdan hosil bo`lgan tuzlarning gidrolizlanish konstantalari bilan suvning ion ko`paytmasi (10 –14mol/l) hamda kislota va asosning dissosilanish konstantalari orasida quyidagicha bog`lanish bor:
(1)



Yüklə 57,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin