Mashg`ulot maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim berishning asosiy shakli



Yüklə 31,5 Kb.
tarix03.04.2023
ölçüsü31,5 Kb.
#92844
MTMlarida har xil yoshdagi guruxlarida uquv-tarbiyaviy jarayoni tashkillashtirilgan xususiyatlari


MTMlarida har xil yoshdagi guruxlarida uquv-tarbiyaviy jarayoni tashkillashtirilgan xususiyatlari

Mashg'ulotlardan keyin tarbiyachi bolalarni o'yinga taklif etadi, boshqa mashg'ulot bo'lmasa, sayirga tayorlanishada.


Mashg'ulotda tarbiyachining bolalarga qo'yadigan talabi ularning yoshi va imkonyatlarga mos bo'lishi kerak. Birinchi kichik guruh bolalarini enaga qarab turadi. Tarbiyachi mashg'ulot paytida hamma bolalarning faol qatishishlariga haraka qiladi: savolga to'g'ri javob berishlarini ko'rsatilgan narsaning nomini aytishlarini, rasm chizishlarini, narsa yasashlari va hokazolarni kuzatadi.
Agar bolalar ikkinchi kichik guruhga yangi kelgan bo'lishsa, dastlabki 1-2 haftada tarbiyachi faqat xohlagan bolalar bilangina mashg'ulot o'tkazadi: bolalar yangi sharoitni yaxshi o'zlashtirib olganlaridan keyingina hamma bolalar bilan mashg'ulot o'tkaziladi.
Dastlabki mashg'ulotlarda tarbiyachi bolalarni guruh xonasi, qo'g'irchoq va o'yinchoqlar bilan tanishtiradi. Qo'g'irchoqar yardamida mashg'ulot o'tkazadi. Tarbiyachi avval bolalarda mashg'ulotka qiziqish uyg'otadi, keyin esa mashg'ulotning hamma uchun majburiy ekanligini sekin-asta bolalar ongiga singdirib boradi.
Sekin-asts mashg'ulot bolalar xulqiga moslab murakkablashtirib boriladi. Ular mashg'ulot paytida axloq qoidalarini egallab oladilar to'g'ri o'tirish, chalg'imaslik, tarbiyachi va o'rtoqlarini diqqat Bilan eshitish, tarbiyachi so'ragandagina jovob berganda o'rnidan turish,kerak bo'lsa stolning oldiga borish va qokazolarni o'rganadilar.
Katta bolalar o'zlarini tez tashkil eta bilishlari lozim: bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga osonlik bilan o'tishlari, mashg'ulot vaqtida ish joylarini ozoda saqlashlari, rasmga qarab so'zlaganda ko'rsatkichdan foydalanishlari, jovab berganda gavdalarini to'g'ri tutib turishlari, nutqlari tushunarli bo'lishi, etarli darajada baland ovozda gapirishlari, tola javob berishilari, mashg'ulotdan keyin o'z ish joylarini yig'ishtirib qo'yishlari kerak.
Mashg'ulot paytida talabani bajarish axloq normasiga aylanib qolishi kerek. Bu ikki narsa asosida shakllanadi, birinchisi tarbiyachining obro'siga asoslanilsa, ikkinchisi ma lum talabning rivojlanishi bilan (uqib olish va bajarish uchun eshitish kerek, qiziqarli bajarish zarur) amalga oshiriladi. Tashqaridan qaraganda bolalar xulqida hech qanday farq ko'rinmaydi - bu odatdagi intizomgi bo'ysunishning natijasi, ikkinchidan, bu o'quv faoliyati rivojlanganligining belgisi, ta'limning ta'siridir.
Mashg'ulotda axloq qoidalariga rioya qilish bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo'lib, maktab ta'limiga madaniy tayyorgarlikning hissiy- axloqiy qisim hisoblanadi.
Mashg'ulotning sifativa uning natijasi tarbiyachining unga qanday tayyorgarlik ko'rganiga bog'liq. Mashg'ulotga tayyorlanish mazmuniga quydagilar kiradi: mashg'ulotni rejalashtirish, kerakli jihozlarni tayyorlab qo'yish, bolalarni mashg'ulotga tayyorlash.
Tarbiyachi bir bo'limdan bitta emas, balki butun bir mashg'ulotlar sistemasini rejalashtirgandagina ma'lum natijaga erishishi mumkin. Masalan: «Kiyim qanday tikiladi?» mavzusini rejalashtirishda bir qancha mashg'ulotlarni belgilab chiqadi: kiyimni qanday tikish to'g'risida gapiradi va tikish uchun kerakli narsajlarni ko'rsatadi; yaqinroqdagi atel'ega ekuskursiyaga boriladi, gazlamalar to'g'risidasuhbat o'tkaziladi. Birinchi mashg'ulotda bolalarning tikish va kiyish to'g'risidagi bilimlari aniqlanadi; bolalar tikuv mashinasi va tikish uchun kerak bo'ladigan boshqa asboblar bilan tanishishadi; tarbiyachi bolalarga ularni ko'rsatib, gapirib beradi, qisman tikish jarayonini ko'rsatadi.
Ikkinchi mashg'ulotda bolalar atel'edagi asbob-anjomlarni, tikuvchilarning ish jarayonini kuzatishadi, texnik moslamalar (elektr tikuo' mashinalari, dazmollaydigan mexanik presslar, elektr qaychilar) bilan tanishishiadi va qanday kiyimlar tikilishini bilib olishadi. Uchinichi mashg'ulotda bolalar har xil matodan tikilgan kiyimlar bilan tanishib, ularni bir-biridan farqlashga o'rgatiladi.
Shunday qilib, tarbiyachi har bir mashg'ulot mazmunini konkretlashtiradi, bajarish usullarini tanlaydi, bunday albatta bolalarning yoshi vaimkoniyatlari e'tiborga olinadi.
Bazi bir mashg'ulotlarga oldindan tayyorgarlik ko'riladi va urejada ham aks ettiriladi. Masalan, «Bizning bayram» degan mavzudagi rasm mashg'ulotlardan oldin bolalar bilan bayramona bezatilgan ko'chalarga sayr uyushtirish, rasmlarni ko'rish, oynai jahon orqali ko'rsatilgan bayram eshittirishlari bo'yicha suhbat o'tkazish mumkin. Tayyorgarlik ishlari bolalarning mashg'ulotga hissiyot tayyorgarligini ta'minlaydi. Tarbiyachi mashg'ulotning borishini balafsil o'ylab ko'radi. Unga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanishga intiladi.
Masalan, yuqorida aytib o'tilgan «Kiyim qanday tikiladi?» mavzusiga oid birinchi mashg'uotnig borishi quyidagicha bo'lishi mumkin; pedagog bolalarga bir-birlarining kiyim-boshlarini ko'zdan kechirish va bu haqda gapirib berishni taklif etadi. Agar 3 - 4 boladan so'ralsa, bunga 3 - 4 daqiqa kerak bo'ladi. Keyin tarbiyachi: Kiyimlaringizni kim tikib bergan? Keyin tarbiyachi: «Kiyimlariningzni kim tikib bergan?», «Magazindan tayyor holda sotip olinadigan kiyimlar qaaerda tikilishini kim biladi?», «Tikish uchun qanday buyumlar kerak?» degan savollarni beradi. Bu savollarga javob berish ham 3 - 4 daqiqa vaqtni oladi. Shundan keyin bolalarga gazlama, andaza, qayshi, santimert, igna, angishvona, tikuv mashinasini ko'zdan kechirish va har bir buyumning vazifasini so'zlab berish taklif etiladi. Bunga 8 - 10 daqiqa vaqt ketadi. Shu mashg'ulotning o'zida tarbiyachi qoyirchog' kiyimt tikishning ayrim jarayonlarini, andaza bo'yicha fartukni bichib olish, tikuv mashinasida cho'ntakni tikish, qolda tugmalarni qada shva tikishdagi ketma-ketlik haqida gapirib berishi kerak. Bo'nday mashqulotga 20 - 25 daqiqa davom etadi.
Mashg'ulotga tayyorgarlik ko'rishda tarbiyachi tegishli metodik adabiyotlardan foydalanadi.
Murakkab mashg'ulotlarga tayyorgarlanish konspekt tuzishni taqozo etadi. Unda mashg'ulotlarga mazmuni (ta'lim va tarbiyaviy vazifalar), tayyorlanishi kerak bo'lgan jiqozlar, bolalar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar bilan olib boriladigan dastlabki ishlar (agar bunga zarurat bo'lsa), mashg'ulotning borishi va tarbiyachi foydalanadigan metodik usullar ko'rsatiladi. Mashg'ulot japayonini bayon etib yozishda mashg'ulotning boshi va oxirida (yakun chiqadirish va keyingi faoliya turiga o'tishadi) bolalarni uyushtirishni alohida ajra'tib ko'rsatish kerak.
Mashg'ulot muvaffaqiyatli o'tishi uchun jiqozlari o'z vaqtida tayyorlash zarur. Ularni tanlash mashg'ulotning mazmuniga va tarbiyachi belgilangan metodik usullarga bog'liq.
Odatda metodika kabineida «Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi» ning hamma bolimlari bo'yicha metodik qo'llanmalar bo'ladi. etishmaganini tarbiyachi ozi tayyorlaydi, ba'zan bu ishga katta va tayyorlov guruhlari bolalarni jalb etadi. Mashg'ulot uchun kerakli materiallarni bir kun ilgari tayyorlaydi, uning buzuq emasligini, didaktik materiallar hamma bolalar uchun etarli ekanligini tekshiradi.
Agar tarbiyachi ekskursiya o'tkazadigan bo'lsa, u oldindan ekskursiya o'tkaziladigan joyga borib kelishi, uchun ob'ekt tanlashi, bolalarni qanday joydloshtirishni o'ylab qo'yishga, eng yaqin va havfsiz marshrutni tanlash kerak. Mayda sanoq materiali, rasm mashg'uloti, applikatsiya, qurish-yasash uchun matnriallar, she'r, ertak matnlari oldindan tayyorlab qo'yiladi. Masalan, kichik guruh bolalarga ekish yoki ko chat o'tqazishga qiziqsh uyg'otish uchun ko'karib turgan o'simlikni ko'rsatish kerak. Buning uchun avval etishtirish zarur.
Navbatchilar mashg'ulotga kerakli jihozlarni tayyorlaydilar, stol, stullarni qulay g'ilib joylashtiradilar, qo'llania va materiallarni qo'yib chiqadilar. Jismoniy tarbiya va musiqa mashg'ulotlaridan oldin bolalar poyabzalni almashtiradilar, sport formasini kiyadilar.
Mashg'ulotlarda tarbiyachining etakchilik roli va uni o'tkazishga tayyorgarligi. Tarbiyachi bolalar bog'chasida asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g'oyaviy-tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g'oyaviy-siyosiy va ilim-pedagogik tayyorgariga, jayaobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo'lgan ijodiy munosabatiga bog'liq.
Bolaning o'qiv faoliyatiga bo'lgan munosabati ko'proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.
Tarbiyachining o'ziga xos xususiyatlarini - uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi-bolaning ruhiyatini, yoshva o'ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini bilishdir.
Bolalar bog'chasi dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzilgan bilan har bar boladagim alohida ruhiy xususiyatning qay vaqtda qanday na moyon bo'lishini oldindan ko'ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi.
Tarbiyachi o'z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi,uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, ahloqiy, mehnat, estetik tomonidan normal tarbiyalanishi uchin yaxshi shart-sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o'ziga xos xusuiyatlarni yaxshi bilgan holda undagi o'ziga xos xususiyatlarni (zararli bo'lsa) yo'qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo'yadi.
Tarbiyachi har bir bolaning kelajalda haqiqiy inson bo'lishiga erdam beradigan sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha tarbiya eshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta'siri juda katta bo'ladi. Chunki bu davrdagi har taassurot bolaning xotrasida bir umirga saqlanib qoladi.
Bolani tushuna bilish va uning ma'naviy dunesiga Kira olish tarbyachidan zo'r kasb tayerligini talab etadi. Bola bilan jonli munosabatda bo'lish - fikrlar manbai, pedagogik yangiliklar, quvonch va tashvishlardirki, busiz tarbiyachining ijodiy meg'natini tasavvur etib bo'lmaydi.
Mashg'ulotda tarbiyachi o'z ovozidan qural sifatida foydalanishi mumkin. Sekin, tinch ovoz bolaga yaxshiroq tas'ir etishini pedagog bilishi zarur. Bolaga qattiraqroq va qat'iy gapirish mumkin, ammo bunda so'z ohangi bolaga tinichlantiruvchi ta'sir etishi lozim.
Tarbiyachi asosan bolaning normal ruhiy taraqqieti asosi bo'lgan jismoniy rivojlanishiga aolhida e'tibor berishi lozim.
Bolaning ko'p vaqt harakatsiz o'tirishi uning sog'lig'i uchun juda zararli, u bolaning har tomonlama rivojlanishini sekinlashtiradi.
Bolaning ko'p harakatlarni o'tirib bajarishi ham gavda tuzilishining noto'g'ri o'sishiga olib keladi. Shuning uchun faoliyat turlarini almashtirb borish muvofiqdir.
Yana bolaning normal rivojlanishi uchun har doim tinch,qunoq muhitni tashkil elish lozim. Bolani: «Tezroq yuvininglar-nonushtaga kech qolyapmiz», «O'yinchoqni tezraq yig'ishtiringlar,sayrga yoki mashg'ulotga kech qolyapmiz» va hokazo deb shoshiltirish kerak emas.
Ta'lim berganda uni shuday tashkil etishi kerakki, har bir faol ishlasin va hai biri ijobiy natijaga erishsin.
Bolalarning mashg'ulotda olgan bilim va malakalari boshqa faoliyat turlarida qo'llanilishi mumkin. Bolalar olgan bilimlarini qo'llay olishlari ularning yaxish o'zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya'ni ular hesh qanday kiyinchiliksiz bu bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ta'limning amaliy ahamiyati ham ana shundan iboratdir.
Agar bolalar etarlicha bilim va malakalarga era bo'lsa, ular bilan xilma-xil mashg'ulotlar o'tkazish mumkin, bu mashg'ulotlarda bolalar mavjud bilimlardan ijodiy foydalanishlari: bemalol rasm chizishlari, biror narsani qurish yoki yasashlari, hikoya qilib berishlari mumkin. Bu mashg'ulotlar odatdagi mashg'uoltlardan boshqacharoq qilib tashkil etiladi: bolalar ixtiyoriga har xil materiallar beriladi va ularga rasm mavzusini o zi belgilash, qurilishni o zi o'ylab topish, hikoya tuzish imkoniyati yaratiladi. Bunday mashg'ulotlar dastuning ayrim bo'limlari bo'yicha tal'limning yakunlovchi bosqichlarida o'tkaziladi.
Ekskursiya bolalarga ta'lim berishning maxsus shaklidir. Mashg'ulotdagi kabi ekskusiyada ham dastur mazmuni bilan bog'liq ta'lim-tarbiya vazifalari qo'yiladi va hal etiladi. Mashg'ulotda bo'lgani kabi ekursiyada ham hamma bolalar qatnashadi. Ammo bolalar faoliyatining mazmuni, tashkil etilish shakli va ta'lim berish sistemasiga ko'ra, ekskursiya bolalar bog'chasida ta'limni tashkil etishning maxsus yalpi shaklidir. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda ekskusiyadan keng foydalaniladi. Bunday ekskursiyalar yilning har xil fasllarila dalaga, o'rmonga, shahar bog'lariga, o'tloqqa, suv manbalariga uyushtirilishi mumkin. Bolalarni kattalarning turli xil mehnati, mehnat naijalari,, har xil ijtimoiy voqea va hodisalar bilan tanishtirish uchin ham ekskursiyalar o'tkaziladi
Ekskursiyadan ko'zlangan asosiy maqsad-bolalarning tevarak-atrofdagi hayot to'g'risidagi tasavvur va taassurotlarini shakllantirishdir.
Shunga ko'ra ekskursiyada asosan kuzatish metodidan foydalaniladi. Ekskursiya jarayonida tarbiyachi kuzatilayotgan ob'ekt to'g'risida bolalarga so'zlab beradi, tushintiradi.
Ekskursiya vaqtida ba'zan rejalashtirilmagan voqea, g'odisalarni kuzatishga to'g'ri kelib qoladi. Shuning uchun tarbiyachi ekskursiyaga oldindan puxta tayyorgarlik ko'rishi lozim (bolalarning diqqatini kerakli ob'ektga qarata olishi, uyushqoqlik, intizomlilikni saqlashga o'rgatishi kerak). Ekskursiya uchun mashg'ulotga nisbatan kengroq mazmunni o'z ichiga oladigan ta'limiy vazifa belgilanadi. Ekskursiyaning joyi, tuzilishi, metodi, undan ko'zlangan ta'lim vazifasi mazmunga qarab belgilanadi. Ekskursiyaga tayyorlanishda uning yaqin-uzoqligi, ekskursiyada bolalar yig'adigan narsalar, uning uchun kerakli asboblar, ularni qanday joylashtirib olib borish oldindan puxta o'ylab rejalashtirib chiqiladi.
Bolalarda ekskursiyaga qiziqish uyg'otish uchun ularga qaerga ekskursiyaga borishlari, undan ko'zlangan maqsad to'g'risida tarbiyachi qisqacha so'zlab beradi.



Yüklə 31,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin