368-mashq. Berilgan gaplardagi kesimlarning mustaqil yoki nomustaqilligiga ko‘ra turini ayting.
1. Yerda ham xosiyat ko‘p.. Yerga cho‘pni tiqib qoʻysang, ko‘karib, qulochga sig‘mas daraxt paydo bo‘ladi. (Oybek) 2. Boylik botqoqqa o‘xshagan narsa. Domiga bir tortsa, bir umrga g‘arq bo‘lib ketishing turgan gap. (F. Musajonov) 3. Do‘stim, hayotga chuqurroq qarasangiz, to‘g‘ri bilan egrini ayira bilasiz.. (Oybek) 4. Bir tup tok eksang, bir tup tol ek. (Maqol) 5. To‘g‘ri bo‘lsang, o‘sib borib, gul bo‘lasan, egri bo‘lsang, o‘sib borib, kul bo‘lasan. (Maqol) 6. Dadamga mening arzimni aytsangiz, albatta, qaytarmas. (A. Qodiriy) 7. Siz shu yo‘sinda yura bersangiz, erta-indin o‘g‘ildan ajralasiz. (A. Qodiriy) 8. Sen xafa bo‘lsang, men ham xafa bo‘laman-da, qo‘zichog‘im. (H. Nazir)