323-mashq. O’qing. Buyruq gaplarni ko’chirib, ma’no munosabati va tinish belgilarini izohlang. Gapning bosh bo’laklarini aniqlang.
1. Darveshali, ... har ishga bel bog’lar ekansiz, elning manfaat va zaruriyatini o’zingiz uchun bir mezon deb biling. (O.) 2. Navoiy, qilichni ko’tarmasdan, ...keskin turda so’zladi: “Qilichlarni qinga joylangiz, shu lahzada taslim bo’lingiz!” (O.) 3 Murodovani siz kutib oling, shunday kutib olingki, bu yog’i mahkam bo’lsin. (I. R.) 4. Priborlarni o’z joningdan ham avaylab saqla. (A. CHakovskiy.) 5. Kartani sizga qoldiraman. Belgilarni o’z kartangizga o’tkazib oling. Keyin sizdan olaman. Hozir esa, keling, soatlarimizni bir-biriga to’g’rilab olaylik. (A. CHakovskiy.) 6. O’zingni tut, Saodat, kishilarni shubhaga solma, sen ularning hammasiga bir ko’z bilan qaraydigan kishisan. (I. R.) 7. Bir qop somon suvga tashlansin, Qaerda charx ursa aylanib, Quvur shunda to’sa boshlansin. (S. Nazar.)
324-mashq. O’qing. Undov gaplarni topib, ularni turlarga ajrating: darak-undov, so’roq-undov, buyruq-undov gaplar. Gapning bosh bo’laklarini aniqlang.
1. Doimo olg’a qarab intilish, hamma vaqt yangilik qidirish, yutuqlardan mag’rurlanmaslik, muvaffaqiyatsizliklar ko’ndalang bo’lganida ham tushkunlikka berilmaslik, shuhrat ketidan quvmaslik mening oliy maslagim bo’lsin! (J. Abd.) 2. Inson qalbiga yo’l topish — juda mushkul, ayni mahalda katta san’at! Orzu-havaslarga to’la, nozik hissiyotlar bilan yashovchi, qaynoq ehtirosli qalbni asray bilish, ehtiyot qilish — fazilat! Inson atrofidagi hamma narsani ana shu qalb ko’zi bilan ko’radi! Ana shu qalb shishaday chil-chil sinsa, nohaq toptalsa, iztirob o’tida qovurilsa, uni o’nglash qiyin bo’ladi! (S. Abd.) 3. O’z qo’lim bilan achchiqqina palov qilaman. Qani, yemasdan ketib ko’r-chi! (O.) 4. Hoy, o’roq-ketmonning asl egalari! Yer-suvning sohibkorlari! Ko’zlaringizni ochinglar! Yer-suv, hukumat, jamiki boylik sizlarniki! Boy va eshonlarga noningizni tuya qildirib kelganingiz yetar! O’g’il-qizlaringizni o’qiting! (N. S.) 5. Tabiat oshiqlari va turistlar! Qo’nib o’tgan joyingizni aslo iflos qila ko’rmang. O’zingizdan keyin keladigan kishilar haqida ham qayg’uring! Kishining madaniyati uning tabiatga bo’lgan munosabati bilan belgilanishini unutmang! (A. Kolbintsev.)
Savol-javob: Talabalarning mavzu yuzasidan egallagan nazariy bilimlarini aniqlash va baholash maqsadida quyidagi savollar asosida savol-javob amalga oshiriladi: (Bunda o’qituvchi asosiy e’tiborni talaba nutqining ravonligiga, shevalardan xoli bo’lishishiga, javoblarning ilmiyligi va mantiqan to’g’riligiga hamda har bir ifodalanayotgan fikrning aniq misollar yordamida izohlanishiga qaratiladi)
- Gap va uning turlari haqida gapiring.
- Bosh bo’laklar va uning turlarini ayting.
-Ega va uning ifodalaninshini ta’riflang
- Kesim va uning ifodalaninshini ta’riflang
-Kesimning tuzilishiga ko’ra turlarini ayting.
Mashg’ulotni yakunlash.O’qituvchi mashg’ulotning qanday darajada amalga oshirilganligini talabalarga ma’lum qiladi, ularni rag’batlantiradi va to’plagan ballarini izohlab eshittiradi. Keyingi mashg’ulotda qilinadigan ishlar (vazifalar)xususida o’z mulohazalarini bayon qiladi.
Dostları ilə paylaş: |