Ishning bajarilishi: 6 ta probirkaga 12-15 tomchidan quyidagi tuzlarning eritmalaridan soling: birinchisiga - rux sulfat, ikkinchisiga - temir (II) sulfat, uchinchisiga - qalay (II) xlorid, to‘rtinchisiga - qo‘rg‘oshin nitrat yoki atsetat, beshinchisiga mis (II) sulfat va oltinchisiga - kumush nitrat. Xamma eritmalarga (rux sulfat eritmasidan boshqa) 2-3 daqiqaga rux plastinkasini tushuring. Xamma probirkalardagi rux plastinkasining sirtida nima kuzatiladi? Rux plastinkasini olingan tuzlar eritmalari bilan ta’sirlashish reaksiya tenglamalarini yozing. Har bir elektron o‘tishni ko‘rsating. Bu reaksiyalarda ruxning roli qanday? Temir, qalay, qo‘rg‘oshin, mis va kumushga nisbatan ruxning qaytaruvchianlik faolligi qanday?
Probirkalardan rux plastinkalarini oling va uni o‘rniga temir plastinkalaridan tushiring (temir (II) sulfat eritmasidan tashqari). Temir qaysi metallarni ularning tuzlari eritmalaridan siqib chiqaradi? Reaksiya tenglamalarini ionli shaklda yozing.
Yuqoridagi tajribalarni qalay, qo‘rg‘oshin va mis plastinkalari bilan qaytaring.
Qaysi xolatlarda metallar o‘z tuzlaridan ajralib chiqishini kuzating. Reaksiya tenglamalarini ion xolida yozing va har bir eritmadagi elektron o‘tish yo‘nalishini ko‘rsating.
Tajriba natijalarini yozish. Tajriba davomidagi savollarga javob bering va reaksiya tenglamalarini yozing. Kuzatilgan xodisalarni quyidagi jadval shaklida tuzing.
Yeritmaga u yoki boshqa metal plastinkasi tushirilganda shu tuz eritmasidan metal ajralib chiqqan xolida (Q) ishorasini, metal ajralib chiqmaganda (-) ishorasini qo‘ying.
Tekshirilgan metallarni ularning qaytaruvchilik faolligini kamayishi tartibida bir qatorga joylashtiring. Ularning normal elektrod potensiallarini ilovadan topib yozing. Tajriba asosida tuzilgan metallar qatori ularning kuchlanish (aktivlik) qatoridagi joylanishiga mos keladimi? Vodorodning normal elektrod potensialini nolga teng deb qabul qiling va uni topilgan metallar qatoriga joylashtiring. Tekshirilgan metallardan qaysi biri suyultirilgan kislota eritmasidan vodorodni siqib chiqaradi?