Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


Nima uchun namuna sirti ranggining o‘zgarganini tushuntiring



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə63/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

Nima uchun namuna sirti ranggining o‘zgarganini tushuntiring.
Tekshirilayotgan va solishtirishga saqlab qo‘yilgan namunada sirtiga mis sulfat eritmasidan bir necha tomchi tomizing. Qancha vaqtdan keyin namunalar sirtida mis ajralib chiqishini kuzating. Tushuntirish bering.


5.Temir (II) gidroksidini olinishi va xossalari.


a) Temir qirindilaridan (ortiqcha xolda) va suyultirilgan H2SO4 yordamida temir(II) sulfat eritmasini tayyorlang. Probirkaga 3-4 ml tayyorlangan eritmadan soling va unga NaOH eritmasidan soling. Oq rangli temir (II) gidroksidi cho‘kmasini xosil bo‘lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Nima uchun cho‘kmani ranggi xavoda o‘zgarishini tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
b) Fe(OH)2 cho‘kmasini suyultirilgan HCI va ortiqcha o‘yuvchi ishqor eritmalariga munosabatini sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamalarini yozing. Temir(II) gidroksid qanday xossalarga ega?


6. Temir (II) tuzlarning gidrolizi
Temir (II) tuzi eritmasini lakmus qog‘oziga sinab ko‘ring. Nima kuzatiladi? Gidroliz reaksiyasi tenglamasini yozing.


7. Temir (II) tuzlarini olinishi
a) Temir (II) karbonati va gidrokarbonatini xosil bo‘lishi. Bir tomchi suyultirilgan H2SO4 qo‘shilgan ozgina distillangan suvni 1-2 daqiqa probirkada qaynating. Keyin unga temir (II) tuzining bir necha kristallarini soling (aralashtirmang) va yana qaynating. Olingan eritmani sovuting va unga 1 ml soda eritmasidan qo‘shing. Oq cho‘kma hosil bo‘ladi. Nima uchun xavoda asta-sekin uni ranggi o‘zgarishini tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Kipp apparatidan cho‘kmali eritmaga SO2 gazini o‘tkazing. Nima kuzatiladi? So‘ngra probirkadagi aralashmani qaynaguncha qizdiring. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamalarni yozing.

Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin