Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


Hamma ishlarni tezlik bilan, temir (II) birikmalari oksidlanishga ulgurmasdan bajarilishi kerak



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə64/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

Hamma ishlarni tezlik bilan, temir (II) birikmalari oksidlanishga ulgurmasdan bajarilishi kerak.
b) Temir (II) sulfidini olinishi. Temir (II) sulfat eritmasiga ammoniy sulfid eritmasidan soling. Nima sodir bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Probirkadagi aralashmaga suyultirilgan HCI qo‘shing. Nima kuzatiladi? Vodorod sulfid temir (II) sulfat eritmasiga qanday ta’sir qiladi? Ilovadagi jadvallardan foydalanib temir (II) sulfat eritmasiga ammoniy sulfid va vodorod sulfidni tasirlanish farqini tushuntiring.


8. Fe2+ ioniga sifat reaksiyasi
Temir (II) sulfat eritmasiga qizil qon tuzi-kaliy geksotsianoferrat (II) eritmasidan soling. Nima kuzatiladi? Xosil bo‘lgan moddani trumbul zangorisi deyiladi. Reaksiya tenglamasini yozing.


9. Temir (III) gidroksidini olinishi va xossalari
a) Temir (III) gidroksidini oling. Uni rangiga va shakliga e’tibor bering. Fe(OH)3 ni suyultirilgan kislotalarga munosabatini sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamalarini yozing.
Yangi cho‘ktirilgan Fe(OH)3 issiq konsentrlangan ishqorlar eritmasida qisman eriydi. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Yana Fe(OH)3 cho‘kmasini oling, filtrlang va filtrda suv bilan yuving. Keyin cho‘kmani chinni tigelga solib qattiq qizdiring. Nima sodir bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Temir (II) gidroksidi qanday xossalarga ega?


10. Temir (III) tuzlarining gidrolizi.
a) Suvda ozgina temir (III) xloridni eriting. Yeritmani lakmus qog‘ozi bilan sinab ko‘ring. Gidroliz reaksiya tenglamasini yozing.
b) Ikkita probirkaga 2-3 ml dan temir (III) xlorid eritmasidan soling. Birinchi probirkaga bir necha tomchi konsentrlangan HCI soling. Yeritmaning rangi o‘zgarishiga e’tibor bering. Ikkinchi probirkadagi temir (III) xlorid eritmasini suv bilan suyultiring va qaynaguncha qizdiring. Yeritmaning rangi qanday o‘zgaradi? Tajribalar natijalarini tushuntiring.
v) Temir (III) xlorid eritmasiga soda eritmasidan qo‘shing. Nima sodir bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Hosil bo‘lgan cho‘kma korbonat kislotasining tuzi ekanligini qanday isbotlash mumkin? Fe (II) yoki Fe (III) ni qanday tuzlari kuchli gidrolizlanishini ko‘rsating va nima uchunligini tushuntiring.



Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin