Mavzu: Uchinchi gurih kationlarining husisiy reaksiyalari Reja 1. Al3+ kationiga oid tajribalar.
2. Cr3+ kationiga oid tajribalar.
O`quv mashg`ulotining maqsadi: Kationlarning uchunchi
analitik guruhiga oid tajribalari bilan to’liq tanishish va bilimlarni kengaytirish
O`quv faoliyatining natijasi: Talabalarga kationlarning uchunchi
analitik guruhiga tajribalari bilan to’liq tanishadi va bilimlarni
kengaytiradilar
2-Ilova Baholash mezoni va ko`rsatkichlari
Tajribalarni alyuminiyning xlorid, sulfat, nitrat kabi biror suvda yaxshi eruvchan tuzlaridan foydalanib o’tkaziladi.
1.Oyuvchi ishqorlar NaOH va KOH alyuminiy tuzlariga ta'sir qilib, oq rangli Al(OH)3 ning amorf cho’kmasini xosil qiladi:
AlCl3+3NaOH = Al(OH)3¯+3NaCl
Al3++3OH- = Al(OH)3¯
Probirkaga 4-5 tomchi Al3+ kationi tuzidan solib, ustiga NaOH ning 2 N eritmasidan 1 tomchi qoshiladi va isitiladi. Oq amorf cho’kma Al(OH)3 ning xosil bo’lishi kuzatiladi. xosil bo’lgan cho’kmani ikki qismga bo’linib, bir qismiga biror kislota eritmasi, ikkinchi qismiga natriy gidroksid eritmasi qoshilsa, cho’kma ikkala xolda ham amfoterlik xossasiga ega bo’lgani uchun erib ketadi.
Reaktsiyani bajarishda quyidagi sharoitlar bo’lishi kerak:
- Reaktsiyani eritma muxitining rN ³ 4,1 bo’lganda o’tkaziladi. Erkin oyuvchi ishqorlar yoki kislotaning ortiqcha miqdori cho’kmani xosil bo’lishiga yol qoymaydi.
- Choktirishni eritmani qaynaguncha isitish bilan olib boriladi.
- Cho’kmaning toliq chokishi NH4Cl ning mol miqdori ishtirokida boradi.