MAVZU: Magniyning ekvivalent massasini siqib chiqarish usuli bilan aniqlash REJA: 1.Ekvivalentni aniqlash usullari
2. Magniyning ekvivalent massasini siqib
chiqarish usuli bilan aniqlash
2-Ilоvа
Bаhоlаsh mеzоni vа kơrsаtkichlаri
Guruhlаr
Sаvоlning tơliq vа аniq yoritilishi 0-o,33 bаll
Misоllаr bilаn muаmmоgа еchim tоpishi 0-0,33bаll
Guruh а’zоlаrining fаоlligi
0-0,34 bаll
Jаmi bаll
1
0,86 – bаll – «а’lо».0,71 – 0,85 bаll – «yahshi».0,55 – 0,70 bаll – «qоniqаrli».
3-ilоvа
Magniyning ekvivalent massasini siqib chiqarish usuli bilan aniqlash
Rasmda ko‘rsatilgandek asbob yig‘ing. Byuretka 1 (hajmi 50 ml) rezina naylari yordamida voronka 2 va probirka 3 bilan ulangan Byuretka va probirkalarni oralaridan shisha naychalar o‘tgan probkalar bilan zich berkiting.
Tajriba boshlanishidan oldin asbobni germetikligini tekshiring.
Rasm 54. Metallning ekvivalent massasini aniqlash uchun asbob: 1-byuretka; 2-voronka; 3-probirka.
Qurilmaning germetikligini tekshirish uchun byuretkaga suv quying. Suv byuretka bilan voronkani birlashtirgan rezina nayni ham to‘ldiring. So‘ngra byuretkani tiqin bilan berkiting va probirka bilan ulang va byuretkadagi suv sathini belgilang. Shtativning dumaloq mahkamlagichini tushirib voronkani pastroq tushiring. Agar asbob germetik bo‘lsa, voronka tushirilganda oldiniga byuretkadagi suv sathi biroz pastga tushadi va so‘ngra o‘zgarmay qoladi. Agar suv sathi to‘xtovsiz tushaversa asbob havo o‘tkazmoqda va uskunani yig‘ayotgandagi hatoni tuzatish kerak.
Tajribaning borishi.
Taxminan 0,03 g magniy lentasidan tortib oling. Probirkadan tiqinni chiqarib oling va voronkani harakatga keltirib byuretkadagi suv sathini nolga yoki undan pastroqqa keltiring.
5 ml suyultirilgan sulfat kislota o‘lchab oling va probirkaga voronka orqali quying (nima uchun?). Magniy lentasini probirkaning quruq qismiga shunday o‘rnatingki, magniy sulfat kislotasiga tegmasin. Probirkani probka bilan mahkam berkitib qurilmaga ulang. So‘ngra voronkani pastga yoki yuqoriga ko‘tarib suvning sathini byuretka va voronkada bir xil sathga keltiring (nima uchun?). Byuretkadagi suv sathini 0,1 ml aniqlik bilan belgilab oling.
Magniyni sulfat kislota bilan chayqatib turib reaksiyaga kirishtiring. Nimani kuzatdingiz?
Reaksiya tugagandan so‘ng probirkani xona temperaturasigacha sovuting va yana byuretka bilan voronkada suv sathini bir xil holatga keltiring. Byuretkadagi suv sathini yozib oling.
Tajriba vaqtidagi xona temperaturasini termometr, bosimini barometr yordamida aniqlang. (1 mm sim.ust.q133,3 Pa)
Kuzatishlarni yozish tartibi:
1.Magniy massasi-me (g)
2.Temperatura-t0 (s)
3.Atmosfera bosimi-p(kPa)
To‘yingan bug‘ bosimi -h(kPa)
Reaksiya boshlanishiga qadar byuretkadagi suvning sathi-a1 (ml)