3-ilоvа
Oltingugurtning metallar bilan reaksiyasi (tajriba mo‘rili shkafda o‘tkazilsin)
a) Oltingugurni temir bilan reaksiyasi.
Yekvivalent miqdorda oltingugurt va temir moddalaridan iborat bo‘lgan 3,5 g aralashma tayyorlang. Tajriba uchun qaytarilgan temir va oltingugurt olinadi.
Aralashmani shisha tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiring. Hosil qilingan aralashmani probirkaga soling va shtativga tik holda o‘rnating. Barcha aralashmani asta-sekin qizdiring va so‘ngra tagidan bir joyini qattiq qizdiring. Aralashma cho‘g‘ holiga kelganda gorelkani oling.
Reaksiyaning sodir bo‘lishini kuzating. Reaksiya natijasida qanday modda hosil bo‘ldi. Uning rangini aniqlang. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Oltingugirtni alyuminiy bilan reaksiyasi.
Tarozida 2,4 g oltingugurt va ekvivalent miqdorda alyuminiy oling. Undan oltingugurt va alyuminiyning birxil aralashmasini tayyorlang va metall plastinkaga yoki asbest kartonga to‘plam qilib soling va mo‘rili shkaf ostiga joylashtiring. So‘ngra uzun shisha tayoqchani uchini gaz alangasida qizdirib, aralashmaning bir chetiga tekkazing.
Tajriba o‘tkazilayotganda reaksion aralashmaning ustiga egilmang.
Kuzatilgan hodisani izohlang. Qanday reaksiyaning alomatini kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing. Metallar bilan reaksiyaga kirishganida oltingugurt qanday kimyoviy xossani namoyon qiladi?
v) Rux sulfidi
Yekvivalent miqdorda rux (kukuni) va oltingugurtning 5 g aralashmasini tayyorlang, metall plastinkasiga qo‘ying va qizdiring (ehtiyotlik bilan, mo‘rili shkafda). Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing. Rux sulfidini suv ta’siriga va xlorid kislotaga munosabatini o‘rganing.