Mavzu: Ikkinchi gurih kationlarining hususiy reaksiyalari. Reja 1. Ca2+, Sr2+ ,Ba2+ kationiga oid tajribalar
2. 1-va 2- guruh kationlari aralashma analiziga oid tajribalar
O`quv mashg`ulotining maqsadi: bariy, kal’siy va stronsiy kationlari
husisiy reaksiyalari haqida to`liq tasavvurni shakllantirish va kengaytirish
mavzu bo`yicha umumiy tushuncha berish.
O`quv faoliyatining natijasi: Talabalar bariy va stronsiy kationlari
husisiy reaksiyalari haqida to`liq tasavvurni shakllantirish va kengaytirish
mavzu bo`yicha umumiy tushuncha berishni o`rganadilar
2-Ilova Baholash mezoni va ko`rsatkichlari
Guruhlar
Savolning to`liq va aniq yoritilishi
0 -0,33 ball
Tajriba bajarish bilan muammoga yechim topishi
0-0,33ball
Kaltsiy Ca2+ kationining xususiy reaktsiyalari Kaltsiy kationini topish reaktsiyalariga doir tajribalarni kaltsiy xlorid yoki nitrat eritmalari bilan bajariladi.
Ammoniy oksalat (NH4)2C2O4 Ca2+ kationi bilan oq kristallik cho’kma xosil qiladi: CaCl2+(NH4)2C2O4 = CaC2O4¯+NH4Cl
Ca2++C2O42- = CaC2O4¯
Probirkaga 3 tomchi CaCl2 eritmasi solinadi, 1 tomchi sirka kislota eritmasi qoshiladi, so’ngra 3 tomchi ammoniy oksalat va 1-2 tomchi ammiak eritmasi qoshiladi. Kaltsiy oksalatning oq kristall cho’kmasi xosil bo’ladi.
Bu reaktsiyani olib borish sharoiti: Cho’ktirishni avval pH =5-6 da olib borib, so’ngra oxirida pH =7-8 da olib borilsa yaxshi natija beradi.Isitish cho’kma tushishga yordam beradi, shu sababli eritmani qaynash haroratigacha isitiladi. Ba2+ va Sr2+ kationlari reaktsiyaning bajarilishiga xalaqit beradi, chunki ular ham oz eruvchan oksalat cho’kmalari xosil qiladi. Shuni ta'kidlab otish lozimki, Ca2+, Sr2+, Ba2+ kationlari oksalatlarining sirka kislotada eruvchanligi turlichadir. Kaltsiy oksalat sirka kislotada erimaydi, bariy oksalat sirka kislotada strontsiy oksalatga nisbatan birmuncha kop darajada eriydi.
Kaliy geksatsianoferrat (II) K4[Fe(CN)6] Ca2+ tuzlari eritmalariga ammiakli bufer aralashma ishtirokida ta'sir qilib oq kristall cho’kma xosil qiladi:
SaCl2+2NH4Cl+K4[Fe(CN)6] = Ca(NH4)2 [Fe(CN)6]¯+4KCl
Sa2++2NH4++[Fe(CN)6]4- = Ca(NH4)2 [Fe(CN)6]¯
Probirkadagi 1-2 tomchi kaltsiy tuzi eritmasiga 1 tomchidan ammoniy gidroksid va ammoniy xlorid eritmalaridan qoshiladi, eritma isitiladi va 3-4 tomchi K4[Fe(CN)6] ning toyingan eritmasi qoshiladi, oq cho’kma xosil bo’lishi kuzatiladi.
Tajribani bajarish sharoiti quyidagicha:
-Reaktsiya ishqoriy muxitda (rN»9) ammiakli bufer aralashma ishtirokida olib borilsa, uning sezgirligi yetarli oshadi.
-Choktirishni qaynashgacha isitib olib boriladi.
-Eritmaga 1 tomchi spirt qo’shilsa, tez va to’liq chokishga yordam beradi.
Reagent K4[Fe(CN)6] eritmasi kontsentrlangan bo’lishi kerak.