Masalalar. (masalalarni yechishda ilovadagijadvallardagi ma’lumotlardan foydalaning).
80 g suvda 10 g KNO3 eritilgan. Yeritmaning W (%) toping.
250 g H2O da 2%li eritma hosil bo‘lishi uchun AgNO3ning qancha massasini eritishi kerak?
Suvsiz tuzga nisbatan hisoblanganda 200 g 5%li CuSO4 eritmasini tayyorlash uchun necha gram mis kuporos CuSO45H2O va suv kerak bo‘ladi?
Laboratoriyada vodorod olish uchun rux va H2SO4 eritmasini qo‘lllaniladi. Buning uchun zichligi g1,84gsm3 bo‘lgan kislota eritmasining 1 xajmi 5 xajm suv bilan aralashtiriladi. Bu kislota eritmasining massa ulushi (W%) qanday?
500 ml eritmada 30 g AlCl3 erigan. Shu eritmani normal konsentratsiyasini aniqlang.
100 ml 0,02n eritma tayyorlash uchun H3PO4 dan necha gram kerak?
250 ml 0,1M eritma tayyorlash uchun natriy tiosulfat Na2S2O35H2O dan necha gramm kerak?
0,1n 2 litr eritmada qancha gram HNO3 bor?
Bariy xlorid kristolgidratining BaCl22H2O 24,44 g dan qancha xajm 0,5n eritma tayyorlash mumkin?
20%li H2SO4 eritmasining zichligi g1,14 gsm3bo‘lsa,uning normal konsentratsiyasini aniqlang?
60%li HNO3 eritmasini molyalligini va molyar konsentratsiyasini toping.
Normal sharoitda 2 l xlor 5 l suvda erigan. Yeritmani xajmi suv xajmiga teng bo‘lsa, hosil bo‘lgan eritmani massa ulushi (W%) va molyar konsentratsiyasini aniqlang.