b. Berilgan molyallik eritma tayyorlash
Berilgan molyallik eritma tayyorlash uchun erituvchi va eritilayotgan moddaning og‘irligini hisoblanadi. Torozida tortilgan modda namunasini o‘lchangan suv bilan batamom eriguncha aralashtiriladi.
Misol. Rux kuporosini 0,2 M 300 g eritmasini tayyorlash.
Yechish. Rux kuporosini ZnSO47H2O molyar massasi 287,6 gmol 1000 g suvda 0,2 Ml eritma tayyorlash uchun (287,60,2)57,52g rux kuporosi kerak. Bunda eritmani massasi (100057,52)1057,52g. Proporsiya asosida 300g 0,2 Ml eritma tayyorlash uchun ZnSO47H2O massasini topamiz:
m g
Shu miqdordagi kuporosni eritish uchun kerak bo‘lgan suvni miqdori (300-16,31)283,69284 ml
1l eritmadagi erigan moddaning mollar sonini molyar konsentratsiyasi (Sm) bilan ifodalanadi.
1 litr eritmada 1 mol modda erigan bo‘lsa bir molli yoki molyar eritma deyiladi va 1M deb belgilanadi. Agar 1 litr eritmada 0,1 mol modda erigan bo‘lsa,-detsilmolyar eritma deyiladi va 0,1M deb belgilanadi va x.k.
Sm , bunda n-erigan moddaning mol miqdori yoki Sm , bunda m-modda massasi,(g); M-uning molekulyar massasi; V-eritma xajmi(litr)
Misol. 2,5 g natriy gidroksidi bo‘lgan 250 ml eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang.
Yechish. M(NaOH)40gmol
Sm Cm 0,25 moll
v. Berilgan molyar konsentratsiyali eritmani tayyorlash.
Ma’lum xajmdagi berilgan konsentratsiyali eritmani tayyorlash uchun eritiladigan moddaning massasi hisoblanadi va torozida tortib olinadi. Olingan moddani mos xajmli o‘lchov kolbasiga solib, unga kamroq xajm suv solinadi va batamom eriguncha aralashtiriladi. So‘ng kolbaga ko‘rsatilgan belgiga qadar suv quyiladi, probirka bilan berkitib aralashtiriladi.
Misol. 500 ml 0,1M kaliy bixromat K2Cr2O7 eritmasini tayyorlang.
Yechish. K2Cr2O7 ni molyar massasi 294 gmol.
Berilgan xajmda va konsentratsiyali eritma tayyorlash uchun zarur bo‘lgan K2Cr2O7 ni massasini hisoblaymiz:
Sm , bunda m Sm M V
m0,12940,514,7; m14,7g.
Tortib olingan modda namunasini 500 ml li o‘lchov kolbaga soling, ozroq suv solib eriguncha aralashtiring, so‘ng kolbani o‘lchov chizig‘igacha suv soling, probka bilan berkitib yaxshilab aralashtiring.
Misol. 200 ml 0,5M CuSO45H2O eritmasini tayyorlash.
Yechish. M(CuSO45H2O)250 gmol 0,5M eritma tayyorlash uchun zarur bo‘lgan CuSO45H2O ni massasini hisoblaymiz:
mCmMV0,52500,25; m0,25g
Tortib olinga 0,25 g CuSO45H2O namunasini 200 ml li o‘lchov kolbasiga soling. Moddani ozroq suvda eriting, so‘ng o‘lchov chizig‘igacha suv soling, probkani berkitib, yaxshilab aralashtiring.
Dostları ilə paylaş: |