4. Mehnat jarayonini rejalashtirish nimalarni o’z ichiga oladi? a) Mehnat malakasini o’rgatish, mehnat faoliyati sabablarini shakllantirish
b) Maqsad qo’yish
v) Mehnat faoliyati uchun kerakli ish qurollarini tayyorlab olish
g) Natijani aniqlab olish, ish joyini yig’ib qo’yish
5. Mashg’ulotga tayyorgarlik bo’yicha qaysi guruhdan navbatchilik o’tiladi? a) Tayyorlov guruhidan
b) O’rta guruhdan
v) Kichik guruhdan
g) Katta guruhdan
5-Mavzu: Tarbiyalanuvchilarning shaxs sifati va xarakteri,
xulq-atvor tizimi Reja:
1. Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachilarining kasbiy layoqati va kasbiy tayyorgarligi
2. Tarbiayachining kasbiy sifatlari
3. Tarbiyachilik kasbining axloqiy sifatlari
Tayanch so`z va iboralar: shaxsiy sifatlar,kasbiy sifatlar,kasbiy bilimlar,ijodiy sifatlar,xususiy pedagogik malakalar,kasbiy malakalar, tashkilotchilik malakalari, tashkilotchilik malakalari.
1. Maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachilarining kasbiy layoqati va kasbiy tayyorgarligi Maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyachilarini kasbiy layoqati va kasbiy tayyorgarligining quyidagilar kiradi:
1. Shaxsiy sifatlar.
Bolalarni sevish; ijtimoiy faollik; bolani ichki dunyosini tushunish qobiliyati; bolalar bilan muloqot qilish qobiliyati; kamtarlik xushmuomilalik; mehnatsevarlik; qathiylik; mustahkam xarakter; odillik; mas`uliyatlilik.
2. Kasbiy sifatlar. O`z kasbiga bo`lgan qiziqish; topshirilgan ishga mas`uliyat bilan munosabatda bo`lish hissi; ahloqiy madaniyat (nutq, hulq-atvor); psixologik kuzatuvchanlik; chidamlilik; pedagogik odob; aniq va tushunarli nutq; o`ziga tanqidiy munosabatda bo`lish.
3. Kasbiy bilimlar.
maktabgacha yoshidagi bolalarni yosh va o`ziga hos xususiyatlarini bilish;
tarbiya jarayonining mazmunini, maqsad va vazifalarini bilish;
maktabgacha ta`lim pedagogikasi, bolalar psixologiyasi, maxsus metodikalar va gigiena asoslari haqida bilimga ega bo`lish;
zamonaviy pedagogik metodologiyasi asoslarini o`zlashtirishilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni psixologik va pedagogik xususiyatlarini bilish;
mashg`ulotlarni, o`yinlarni, bolalar faoliyatini, (nutqiy, tasviriy, mehnat)... o`tkazish metodikasini bilish;