7-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu:
CHIGIT, DON, KARTOSHKA VA KO’CHAT EKISH
MASHINALARINING TURLARI, VAZIFASI, TUZILISHI VA
TEXNOLOGIK ISH JARAYONLARI
1.
Ishning maqsadi:
Chigit ekish usullari, ochiq maydonga don ekish, ko‘chat
ekish texnologiyasi va agrotexnik talablar,
chigit ekish mashinasining
tuzilishi, don ekish seyalkasining, ko‘chat
ekish mashinasining tuzilishi,
ishlash jarayoni va ularni ishga tayyorlash bo‘yicha ko‘nikmalar berish.
2. Kerakli jihozlar:
CHigit ekish seyalkasi, DEM-3,6 yoki SZ-3,6 don
ekish
seyalkasi, ko‘chat ekish mashinalari, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv filmlari.
3. Ishni bajarish tartibi:
A) Chigit ekish mashinalari
CHigit ekish mashinalarining asosiy vazifasi urug‘larni belgilangan miqdorda
va chuqurlikka sifatli qilib ekishdan iborat.
Ekinlar urug‘larini ekish ishlari seyalkalar yordamida amalga oshiriladi.
Seyalkalar universal va maxsus turlarga bo‘linadi. Universal seyalkalar turli xil
qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ini (chigit, makka va oq jo‘xori urug‘lari) ekish
uchun qo‘llaniladi. Maxsus seyalkalar esa bir, ba’zan fizik-mexanik xususiyatlari,
ekish me’yori bir-biriga yakin ikki-uch xil ekinlar urug‘ini ekishda ishlatiladi.
Ekish usuliga ko‘ra chigit ekish seyalkalari qatorlab, uyalab, donalab, qo‘sh
qatorlab, plenka ostiga ekuvchi turlarga bo‘linadi.
Tukli va tuksiz chigitlarni 90 va 60
sm qator oralariga uyalab,
punktirlab va uzliksiz ekishda pnevmatik seyalkalardan foydalaniladi. Bu
seyalkalar chigitni belgilangan mikdorda, ekish
sxemasida va chuqurlikda
urug‘larni teng taqsimlab, dalaga bir tekis ekishga mo‘ljallangan.
Agrotexnik talablar