Mashinalarining turlari, vazifasi, tuzilishi va texnologik ish jarayonlari


-rasm. Seyalkaning texnologikish jarayoni



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix19.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#157394
1   2   3   4   5   6   7
7-Amaliy mashg‘ulot 1-bosqich

32-rasm. Seyalkaning texnologikish jarayoni:
1-zanjirliharakat uzatmasi; 
2-val, 3-zanjirli uzatma,4-bunker,5-to‘zitkich, 6-miqdorlagich, 8-urug‘ o‘tkazgich,
9-yurituvchi g‘ildirak,10 - konussimon shesternya,11-teles-kopik val, 12-
to‘dalagich,13-sirpang‘ichli ekkich,14-botiruvchi g‘ildirakcha,15-ko‘mgich, 16-
shabbalagich. 


 
 
Seyalkalarni ishga tayyorlash va sozlash.
SCHX-4, SXU-4, SMX-4 
rusumli seyalkalarning ekish apparatlariga tukli chigitlardan ma’lum miqdorda 
solib, er sharoitiga qarab har bir metrga 30 dan 50 donagacha tushadigan qilib 
sozlash kerak.
Buning uchun seyalka ko‘tarib qo‘yiladi va uning g‘ildiraklari aylantirilib, 
ekish apparatlariga xarakat beriladi hamda 1metrga tushayotgan chigit miqdori 
aniqlanadi. Agar sarf qilinadigan urug‘ miqdori belgilangan miqdordan ortiq 
bo‘lsa, g‘altaksimon miqdorlagichdagi tirqishni toraytirish, kam bo‘lsa 
kengaytirish kerak. 
CHigit uyalab ekilganda uyalar orasidagi masofa uyalovchi apparatni 
xarakatga keltiruvchi valdagi tishli yulduzchalar va to‘dalovchi disk parraklari 
sonini o‘zgartirish orqali sozlanadi.CHigitniko‘mish chuqurligi sirpang‘ich 5 ni 
ko‘tarib-tushurish yo‘li bilan 3-8 sm atrofida sozlanadi(33 a-rasm). Er obi-tobida 
bo‘lsa,chigitni 4-5 sm chuqurlikka ko‘mib ketadigan qilib sozlash maqsadga 
muvofiq. 
a) b)
 
 
33-rasm. Seyalkani sozlash:
1- katta yulduzcha; 2-kichik 
yulduzcha; 3-taranglovchi
qurilma; 4- taranglovchi 
prujina; 6-sirpang‘ich. 
Seyalka ekkichi va tuproq zichlagichning erga bosimi seksiyalardagi 
taranglovchi prujinalar 4 (33 b-rasm) yordamida sozlanadi. Bu bosim dinamometr 
bilan o‘lchanganda 300-350 N kuchga teng bo‘lishi kerak. 
Qator orasi kengligiga qarab iztortgichlar (markyor) uzunligi tanlanadi. Agar 
qator oralari 60 sm bo‘lsa, u vaqtda oxirgi ekkich tumshug‘idan iztortgich
diskigacha bo‘lgan masofa 150 sm, qator oralari 90 sm bo‘lganda esa 225 sm 
bo‘lishi kerak. Bu masofa iztortgich diskini uning o‘qi bo‘ylab siljitish orqali 
rostlanadi. 
CHigitni ko‘mish chuqurligi belgilangan ko‘rsatkichlardan 1sm dan ortiq 
farq qilmasligi va ekish aniqligi 90%dan kam bo‘lmasligi, yondosh qatorlarning 
orasini belgilangan miqdordan o‘zgarishi 
, asosiy qatorlarniki esa 
2 sm 
dan oshmasligi darkor. 


O‘g‘it solgich bilan chigit ekkich orasidagi masofa 8-10 sm dan oshmasligi 
zarur, bunda o‘g‘it solgichlari chigit ekkichlariga nisbatan 3-5 sm chuqurroqda 
yurishi lozim.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin