Tukli chigitni ekish texnologik jarayoni (32-rasm)
quyidagicha amalga
oshiriladi. Ekish agregati oldinga qarab xarakatlanganda seyalkaning yuruvchi
g‘ildiragi 1 bilan bog‘langan zanjirli uzatma 3 va yulduzchali uzatma 10
orqali
xarakat g‘altaksimon miqdorlagich 6 va to‘dalagich 12 uzatiladi.
31-rasm. CHigit ekish
seyalkasining umumiy
tuzilishi:
1-rama; 2-
bunker; 3-urug‘
o‘tkazgich; 4-ekish
apparati;5- ko‘mgich; 6-
shabbalagich; 7-iz
ko‘rsatich
G‘altaksimon miqdorlagich o‘z navbatida bunkerdagi 4 chigitni talab etilgan
miqdorda urug‘ o‘tkazgichga 8 tashlaydi. So‘ngra urug‘ o‘tkazgich urug‘ni
to‘dalagichga 12 etkazib beradi, to‘dalagich o‘z navbatida urug‘larni 3-4 dona qilib
to‘dalaydi va sirpang‘ichli ekkich 13 ochgan egat tubiga tashlaydi. Botiruvchi
g‘ildirak 14 chigitni egat ostiga qadaydi va ko‘mgich 15
yordamida tuproq bilan
ko‘madi hamda shabbaligich 16 bilan tuproq ustidan shabbalanadi.
Dostları ilə paylaş: