Mashinani o‘qitish chiziqli regressiya masalasi. Bir o’zgaruvchili chiziqli regressiya



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə2/4
tarix25.02.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#85543
1   2   3   4
262f8CXw4fM tQ49qM21mp9iNq5Zo5w7 (1)

Pul ayrboshlash bo‘yicha ehtiyoj alohida paydo bo‘lgan. Bunda Evropani yorqin misol qilib ko‘rsatish mumkin. O‘rta asrlarda tangalarning yagona tizimi mavjud bo‘lmagan. Savdo turli mamlakatlar, shaharlar, hatto alohida shaxslarning tangalari orqali olib borilgan. Barcha tangalar turli vazn, shakl va nominalga ega edilar. SHuning uchun tangalar bilan shug‘ullanuvchi va ayirboshlashni olib bora oladigan mutaxassislar o‘z ayirboshlash stollari bilan qizg‘in savdo ketayotgan joylarga joylashishgan. SHu bois, “bank” so‘zi italyancha “banco” - ayirboshlovchining oldidagi stol degan ma’noni anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan. Bunga o‘xshash operatsiyalar bundan ancha avvalgi davrlarda qadimgi Gretsiya, Rim, SHarqda amalga oshirilar edi. Pulni saqlash va ayirboshlash bo‘yicha operatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar yig‘ilgan boyliklar - pullar samarasiz, harakatsiz yotganini tushunishar va agar mavjud mablag‘larning hech bo‘lmaganda bir qismini bo‘lsa ham vaqtinchalik foydalanishga berilsa, sezilarli foyda olish mumkinligini bilishar edi. SHunday qilib, garov asosida pullarni ma’lum muddatga qaytarish va foiz to‘lash shartlari bilan berishayotgan ssuda (kredit) operatsiyalari paydo bo‘lgan. Bunda garov sifatida uylar, kemalar, qimmatbaho buyumlar, chorva mollari, qullar qabul qilingan. Bir bank, aniqrog‘i pulni saqlab beruvchi xizmatlaridan bir-biri bilan o‘zaro hisob-kitoblar bilan bog‘langan bir necha shaxslar foydalanish mumkin bo‘lgani uchun, asta-sekin mijozlarga hisob-kitob xizmatini ko‘rsatish operatsiyalariga ehtiyoj paydo bo‘la boshladi. Dastavval ular quyidagicha amalga oshirilar edi. Har bir omonatchi pulni saqlab beruvchida uning ismi yozilgan jadval shaklidagi o‘z hisob varaqasiga ega bo‘lgan. Bu jadvalda pullarning harakati (kirim yoki chiqim) aks ettirilar edi. Butun operatsiyani pulni saqlab beruvchi-bankir omonatchining og‘zaki yoki yozma buyrug‘i bilan amalga oshirar edi. Bunda mos o‘zgarishlar o‘zaro hisob- kitoblarda ishtirok etuvchi shaxslar jadvallariga kiritilar edi. Bu eng sodda xizmatlar naqd pulsiz hisob-kitoblarning dastlabki shakllarini tashkil qilgan. Barcha yuqoridagi operatsiyalar dastlab alohida mavjud bo‘lgan va keyinchalik ular biz bank deb nomlashga odatlangan bir xil tashkilotlar chegaralarida birlashganlar. G‘arbiy Evropada oddiy ayirboshlash idoralaridan bank uylariga o‘tish jarayoni XVI-XVII asrlarda ro‘y berdi. Ko‘pchilik iqtisodchilar bank mohiyatini ssuda (kredit) operatsiyalarida ko‘rishga moyildirlar. SHuni hisobga olish kerakki, har bir davlatda bank faoliyatining qonuniy tariflarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. SHunday qilib, bank ishining asrlik an’analariga ega Angliyada 1979 yilda banklar to‘g‘risida yangi qonun qabul qilindi. Unda “bank” atamasining ta’rifiga alohida e’tibor berilgan. Britaniyalik qonun chiqaruvchilar bank ta’rifini ancha soddalashtirganlar, ya’ni ular bank deganda Angliya Davlat Banki bank deb tan olgan har qanday kompaniya

  • Markaziy bank yana tijorat banklari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni olib borishga imkoniyat yaratadi.
  • Bank tizimining ikkinchi pog‘onasi - bu xalq xo‘jaligi va aholiga xizmat ko‘rsatishda bosh bo‘g‘in bo‘lgan mustaqil tijorat banklarning tarmog‘idir. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida turli hisob-kitob va kredit operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish hamda boshqa turli bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradilar.
  • Har bir mamlakatda tijorat banklarining soni turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, SHvetsiyada Davlat banki 40ga yaqin tijorat banki faoliyatini nazorat qiladi, xolos, AQSH da 13 mingga yaqin tijorat banklari mavjud, SHveysariyada esa har 10 ming aholiga bittadan moliya muassasasi to‘g‘ri keladi. Rossiyada 1995 yil boshiga kelib, Rossiya Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan 2486 ta tijorat banki qayd qilingan.
  • Bank tizimining rivojlanish tarixiga chuqur urg‘u bermasdan, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tashkil qilingan va takomillashib borayotgan bank tizimi to‘g‘risida to‘xtalsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
  • 1991 yilning 1 sentyabrida Respublikamiz mustaqilligining e’lon qilinishi butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti dastaklarini bizning respublikamizga ham kirib kelishiga zamin yaratdi. SHuning uchun ham respublikamizdagi bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug‘ildi.
  • Mustaqillikka erishilgunga qadar O‘zbekiston bank muassasalari Sobiq Ittifoq bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. SHu bilan birga bu banklar Sobiq Ittifoq bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‘rsata olmasdilar. Bank tizimi 3 turdagi banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR qurilish banki va SSSR Tashqi savdo bankini va Davlat Mehnat omonat-jamg‘arma kassalarini o‘z ichiga olardi. Sobiq Ittifoq bank tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish, xo‘jaliklarga hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz hisoblanardi. Ham emissiya funksiyalarini, ham hisob-kitoblar va kreditlar bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bajarishga monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va nazorat organiga aylantirgan edi.
  • Ma’muriy buyruqbozlik davrida kredit munosabatlari iqtisodiyotni boshqarishda shaklan yuzaki xarakterga ega edi. Kredit resurslari va pul resurslari harakatini ham boshqarish, ham nazorat qilish davlat bankining monopol ta’siri ostida edi. Bular o‘z navbatida Sobiq Ittifoq bank tizimining tor doirada rivojlanishiga olib keldi. Markazlashtirilgan bank boshqaruvi asosida faoliyat ko‘rsatgan respublika banklari tor doirada pul resurslari harakatini boshqarar, lekin uni boshqaruvchiligini nazorat qilish Sobiq Ittifoq Davlat banki qo‘lida edi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin