Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
- Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini uyushtirish.
Mazkur vazifalarni bajarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi yumushlarni ado etishi zarur.
Qonunning 23-moddasi
Iqtisodiyotni pul-kredit vositasida boshqarish, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosatini amalga oshiruvchi sifatida uning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish va «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq keyingi moliya yili boshlanishiga uzog‘i bilan 30 kun qolganda bu haqda Oliy Majlisga axborot beradi. Markaziy bank pul taklifi hajmini o‘zgartirib, ishlab chiqarishning umumiy hajmiga, bandlik darajasiga va korxonalar faoliyatining o‘sish sur’atlariga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotdagi tanglik davrida pul taklifi hajmining oshirilishi iste’mol va sarmoyaga bo‘lgan talabning o‘sishiga, binobarin, bandlik, ishlab chiqarish hajmi ortishiga yordam beradi. Pul yuqori sur’atlarda qadrsizlanayotgan sharoitda Markaziy bank ularni sekinlashtirish zarurligidan kelib chiqib muomaladagi pul miqdorini cheklash siyosatini o‘tkazadi, natijada iqtisodiyotda unga bo‘lgan talab kamayadi, pul bozorlaridagi foiz stavkalari o‘zgaradi, pulning qadrsizlanishi kamayadi.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar berish bilan bir qatorda, uning uchun ta’qiqlangan faoliyat turlari ham aniq belgilab berilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish, muassasa yoki tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish ta’qiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va tashkilotlar faoliyatida bank hamda yuridik shaxslar sifatida ishtirok qilishga ruxsat etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank o‘z vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko‘rishi lozim.

Markaziy bankning asosiy vazifalari, funksiyalari va operatsiyalari. Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi. Ulardan eng asosiy vazifalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
-monetar siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish; - O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini yaratish; -banklar faoliyatini tartibga solish va banklarni nazorat qilish; - O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zahirasini saqlash va uni boshqarish; - Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini uyushtirish.