Mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti



Yüklə 15,81 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü15,81 Kb.
#204000
1   2   3   4   5
rustam falsafa

Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umuman olganda din – ishonmoqlik tuygʻusidir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq dinsiz, eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida din turli shakllarda namoyon boʻlgan. Dinning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila dinlari, milliy dinlar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon dinlari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. Din avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir din diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda din maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi.

  • Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umuman olganda din – ishonmoqlik tuygʻusidir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq dinsiz, eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din insoniyatning eng teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida din turli shakllarda namoyon boʻlgan. Dinning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm, animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila dinlari, milliy dinlar (iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon dinlari (buddizm, xristianlik, islom) vujudga kelgan. Din avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir din diniy dunyoqarash, diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday jamiyatda din maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi.

Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir din dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saklashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini oʻtaydi. Dinlar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. Din insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi. Madaniyat rivojiga katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi.

  • Uning ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir din dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida saklashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini oʻtaydi. Dinlar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qatiy tartibga amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. Din insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib, xulq-atvor qoidasiga aylantiradi. Madaniyat rivojiga katta taʼsir koʻrsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam beradi.

Yüklə 15,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin