Mashinasozlik materiallari



Yüklə 156,16 Kb.
səhifə4/9
tarix07.01.2024
ölçüsü156,16 Kb.
#202142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Engineering materials - lecture 1

1.4-rasm. Kovalent boglanishlar.
Molekulyar bo’g’lanish. Bunday bog’lanishli qattiq moddalar kristall panjaralarining tugunlarida molekulalar turadi.
Bu molekulalar bir-biriga molekulalararo kuchlar vositasida tortilib turadi. Molekulalararo kuchlar molekulalarni bir-biriga nisbatan zaif tortib turganligidan molekulyar bog’lanishliqattiq moddalarning suyuqlanish temperaturasi va qattiqligi past bo’ladi.
Metall bog’lanishlar. Bunday bog’lanishli qattiq jismlar (metallar) kristall panjaralarining tugunlarida musbat zaryadli ionlar turadi, ionlarni esa erkin elektronlar, ya’ni elektronlar buliti qurshab olgan bo’ladi.
Elektronlar buliti ayrim ion yoki atomlarning qobiqlari bilan bog'langan bo'lmay, balki kristallning butun xammasiga oiddir. Demak, metall bog’lanishlar musbat zaryadli ionlar bilan erkin elektronlarning o'zaro tortishuvidan iboratdir.
Sanoatning rivojlanishi mashinasozlikning yutuqlari ko‘p jihatdan mustaxkam, turg‘un, yengil (ayniqsa, aviasozlikda) metall va nometall materiallarni yaratish va uni qo‘llash bilan bog‘liq.
Materialga qo‘yilgan talablar uning ishlash sharoitiga bog‘liq: mexanik yuklanishiga, xaroratiga, tashqi muxitning ta’siriga va hokazo. Masalan, traktorning ishqalanuvchi detallari abraziv ishqalanib yeyilishga chidamli bo‘lishi lozim (ayniqsa, O‘rta Osiyo sharoitida); paxta terish mashinasi shpindellari ham abraziv ham ximiyaviy yeyilishga chidamli materialdan yasalishi kerak; samolyot sinchlari (lonjeron, stringer va hokazo) statik mustahkam, katta bikirlikka ega materialdan yasaladi; aviadvigatel materialiga olovbardoshlik-issiqbardoshlik (650-850°C) talablari qo‘yiladi; tovushdan tez uchadigan samalyotlarni ustki qavati («obshivka»si) 350-550°C da ishlaydigan yengil materiallardan yasaladi.
Shuni aytish kerakki, hozirgi zamon mashinalarida kompazitsion materiallar (shular jumlasida “nanomaterial”lar xam) borgan sari keng qo‘llanilyapdi. Bularni hajmi 5-10% dan 70-80% gacha yetyabdi. Kompazitsion materiallar ajoyib maxsus xususiyatlarga ega. Yuqori puxtalik; ishqalanib yeyilishga chidamli; issiqlik va elektr tokini kam o‘tkazishligi; kerak bo‘lsa, o‘ta o‘tgazgich material olsa ham bo‘ladi; ximiyaviy turg‘unlik, yorug‘likni yaxshi o‘tkazuvchanligi.
Umuman olganda, mashina detallari uchun u yoki bu materiallarni qo‘llash konkret ish sharoitiga va albatta, iqtisodiy raqobat bardosh bo‘lgan holda. Mashinalar (mexanizmlar) detallari har-xil sharoitda ishlaydilar: aytaylik, dinamik kuchlanishlarga, har-xil xaroratda (past va yuqori); turli muhitlarda (ishqoriy, kislataviy, neytral, aktiv gaz) va x.k. Mana shular, ishlatilagan materiallarga talablar qo‘yadi. Bular xammasi foydalanish texlogik iqtisodiy talablardan kelib chiqadi.Foydalanish (ishlatish) talablarini materialni konstruksion mustahkamligini ta’minlaydi.
Materialni konstruksion mustahkamligi deb, uning kompleks harakteristikasiga aytiladi: bo‘lar mustaxkamlik, ishonchlilik, uzoq muddatligi («dolgovechnost») mezonlarining yig‘indisidir. Foydalanish sharoitiga qarab materiallarni mustaxkamlik mezoni tanlanadi. Mashinasozlikda (ayniqsa, samolyotsozlikda) ishlatiladigan materiallar uchun materialni massa bo‘yicha samaradorligi muhim ahamiyatga ega. Samaradorrlik solishtirma (nisbiy) harakteristikalar bilan baholanadi.
Solishtirma mustaxkamlik:
(1.1)
bu yerda б-material mustaxkamligi, б-kg/mm2 , p-zichlik g/sm3, g=9,8 erkin tushish tezlanishi.
Solishtirma bikirlik:
=E/pg
bu yerda E-elastiklik moduli.
Texnalogik talablar (materialning texnalogikligi) detallarni va konstruksiyalarni tayyorlashda eng kam mehnat hajmini ta’minlashga qaratilgan, albatta zaruriy xossalarni ta’minlagan holda.
Barcha metallar va qotishmalar qattiq holatda kristallik jism bo‘ladi; bu degani ma’lum xaroratgacha (T erish) u qattiq holatda bo‘lib o‘z forma va o‘lchamlarini saqlaydi. Bu xaroratdan o‘tgach u suyuq xolatga o‘tadi. Kristallik jismlar zarrachalarining (atomlarining) fazoda tartibli joylashganligi bilan ifodalanadilar. Bunga kristallik panjara deyiladi. Kristallik panjara bu tasavvur qilinadigan fazoviy panjara; uning tugunlarida zarrachalar (atomlar, ionlar) joylashgan; bu o‘z navbatida qattiq jismni tashkil qiladi.



1.5-rasm. Kristallik panjara sxemasi.



Metall va qotishmalar kristall jismlar bo‘lib, ularda musbat ionlar kristall panjaralar xosil qiladi. Amorf jismlarda (shisha, yog‘och, chinni) atomlar tartibsiz joylashgan bo‘lib,kristall panjara hosil qilmaydi.


1.6-rasm. Atomlarni o’zaro joylashishi.


Elementar (sodda) yacheyka- eng kam atomlar sonli hajm elementi. Buni ko‘p marta taxlab fazoda bor kristalni ko‘rish mumkin.
Kristallarning asosiy ko‘rsatgichlari (parametrlari) quyidagilardan iborat:

  1. elementar yacheyka qovurg‘alarini odchamlari, a,b,s-panjara davri -eng yaqin atomlar markazlari orasidagi masofa.

  2. o’qlar orasidagi burchaklar (α,β,γ).

  3. koordinatsion son (K). Bu panjaradagi xoxlagan atomdan bir xil eng kam masofada joylashgan atomlar sonini ko‘rsatadi.

  4. panjara bazasi-bitta panjaraning elementar yacheykasiga to‘g‘ri kelgan atomlar soni.

  5. kristallik panjarada atomlarni joylashish zichligi- shartli ravishda qaralganda bikir shar deb qaralganda, atomlarni egallagan xajmi. Bu atomlar egallagan xajmni yacheyka xajmiga nisbatan olinadi.

Xajmi markazlashgan kubli panjara uchun - 0,68, yoqlari markazlashgan kub panjara uchun - 0,74.
.

1.7-rasm. Hajmi markazlashgan kristall panjarasi
Kristallik panjara turlarini fransuz olimi O.Brave o‘rganib, klassifikatsiya qilgan. Kristallik jismlar 14 xil panjaraga ega: kubik, rombik, geksagonal, tetrogonal va boshqalar.




1.8-rasm. Hajmi markazlashgan kub panjara.

Metallar uchun eng ko’p tarqalgani asosan 3 xil bo’ladi:

  1. Hajmi markazlashgan kubli (X.M.K.) (1.10-rasm.a): Atomlar kubning cho‘qqilariga va unung markazida joylashgan. Bu quyidagi metallarga talluqli: V, W, Ti, Fea.;

  2. Yoqlari markazlashgan kubli (YO.M.K.) (1.10-rasm.b): Atomlar kubning cho‘qqilarida va xar-bir 6 yoqlarining markazida joylashgan. Bu metallar: Ag, Au, Fe;

  3. Geksagonal (1.10-rasm.s): buni asosida olti burchak yotadi. Bu o‘z navbbatida 2 xil bo‘ladi: oddiy atomlar yacheyka cho‘qqillarida va asos markazida joylashgan. Zich joylashgan o‘rta yuzada 3ta qo‘shimcha atom mavjud. Geksagonal panjarali metallar: Zn, Mg, Cg, Ti.

Qo‘shni atomlar markazlari orasidagi masofa o‘rtacha 4-5A ga teng (0,40,5nm) 1A0 =10-10
Amorf jismlar fazoda betartib joylashgan: smola, shisha parafin.



1.9-rasm. Geksagonal kristall tuzilishi
Amorf jismlar qizdirilganida yumshaydi, uyushqoq bo‘lib qoladi, keyinchalik suyuq xolatga o‘tadi. Sovutilganda jarayon teskari tarzda o‘tadi. Barcha amorf jismlar izotrop xususiyatga ega. Bu degani atomlarning joylashish yo‘nalishlarining xammasida bir xil xususiyatga ega. Kristall panjarali jismlarning barchasi anizotrop xususiyatli, ya’ni barcha yo‘nalishlarga xususiyatlari xar-xil.
Ba’zi metallar polimarfizm (allotropiya) xodisasiga ega, ya’ni xar-xil sharoitda xar-xil strukturaga ega. Harorat va bosim o‘zgarishibilan bir kristallik strukturadan (panjaradan) ikkinchi struktura (panjaraga) o‘tadi. Bu metallar: Fe, Co,Ti,Mn,Ca...




Yüklə 156,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin