Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi


Tehnologik vaqtni meyorlash usullari



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə14/53
tarix02.06.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#122260
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyas (1)

4 Tehnologik vaqtni meyorlash usullari
Texnologik amallarning bajarilishi unumdorligi, texnologik jarayonning tejamkorlik kriteriyasi bo’lib, texnik jixatdan asoslangan vaqt meyori bilan aniqlanadi (GOST 3.1109-82).
Vaqt meyori - ma’lum ishlab chiqarish sharoitida bitta yoki bir nechta tegishli malakaga ega bo’lgan bajaruvchilar tomonidan ba’zi-bir hajmdagi ishga sarflangan (reglamentlashtirilgan) vaqtga aytiladi.
Ishlab chiqarish meyori deb, ma’lum tashkiliy texnik sharoitda bitta yoki bir nechta tegishli malakali bajaruvchilar tomonidan vaqt birligida bajariluvchi reglamentlashtirilgan hajmdagi ishga aytiladi.
Vaqt meyorini aniqlashning uchta usuli mavjud:
1) sarflangan ishchi vaqtni kuzatish asosida;
2) meyoriy xujjatlar asosida;
3) tiplashtirilgan yirik meyoriy xujjatlar bo’yicha solishtirish va hisoblash asosida.
Birinchi usulda, vaqt meyorini bevosita ishlab chiqarish sharoitida har bir ishchi joyda sarflangan vaqtni kuzatuv asosida o’rganish yo’li bilan aniqlanadi. Bu usul ilg’or tajribalarni va meyorilar ishlab chiqishlarni umumiylashtirish uchun qo’llaniladi.
Ikkinchi usulda, ish (amal) alohida elementlarini bajarilish vaqti uzunligi meyorini qo’llab, amallarning davom etish vaqti hisoblanadi.
Uchinchi usulda, amallarni meyorlash tiplashtirilgan meyoriy xujjatlar bo’yicha taxminiy hisoblashlar asosida olib boriladi.
Birinchi, ikkinchi meyorlash usullarini seriyali ommaviy ishlab chiqarishlarda qo’llaniladi, uchinchi usul esa yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda ishlatiladi.


5. Donabay vaqtning tarkibiy qismi, asosiy tushunchalar
Texnik jixatdan asoslangan vaqt normalarini aniqlashda quyidagi vaqtlarni aniqlash va hisoblashga to’g’ri keladi.
Donabay vaqt (tdb), bu vaqt amallarni bajarilish intervali bo’lib, texnologik amallar siklini, bir vaqtda tayyorlanuvchi yoki ta’mirlanuvchi buyumlar soniga yoki yig’uv amallarining kalendar vaqtining nisbatiga teng. Donabay vaqt (tdb), asosiy vaqt, yordamchi vaqt, operativ vaqt, ishchi joyga tashkiliy xizmat ko’rsatish vaqti, ishchi joyga texnik xizmat ko’rsatish vaqti va ishchining shaxsiy ehtiyoji uchun sarflanuvchi vaqtlarga farqlanadi:
Asosiy vaqt (ta), donabay vaqtning tarkibiy qismi bo’lib, ish predmetini o’zgartirishi va keyingi holatini aniqlash uchun sarflanuvchi vaqtga aytiladi.
Yordamchi vaqt (tyor), donabay vaqtning qismi bo’lib, ish predmetini o’zgartirish va keyingi holatini aniqlashni ta’minlash uchun har-xil amallar bajarishga sarflanuvchi vaqtga aytiladi.
Ishchi joyga tashkiliy xizmat ko’rsatish vaqti (ttasy.), donabay vaqtning qismi bo’lib, texnologik ta’minotni ishchi holatini bajaruvchi (ishchi) tomonidan doimiy ravishda ushlab turish va uni hamda ishchi joyni tozaligiga qarab turish uchun sarflanuvchi vaqtga tushuniladi.
Ishchi joyga texnik xizmat ko’rsatish vaqti (tteh.), donabay vaqtning bir qismi bo’lib, ishchi joydagi dastgohni sozlash, keskich asboblarni charxlab o’tkirlash va uning singanini o’rniga omborxonadan boshqasini keltirib o’rnatishi uchun sarflanuvchi vaqtga aytiladi.
Ishchining shaxsiy ehtiyoji uchun sarflanuvchi vaqt (te.), donabay vaqtning bir qismi bo’lib, ishchini shaxsiy ehtiyoji: charchaganda qo’shimcha dam olishi, sigareta chekishi va h.k. larga sarflanuvchi vaqtga tushuniladi (bunga tushlik vaqti kirmaydi).



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin