Masivlarni tashkil etish


II. BOB. ALGORITMLAR HAQIDA TUSHUNCHA. MASSIVLARNI



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix31.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#82063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
II. BOB. ALGORITMLAR HAQIDA TUSHUNCHA. MASSIVLARNI
SARALASH ALGORITMLARI  
2.1 Algoritmning asosiy xossalari.
Algoritmning 5 ta asosiy xossasi bor:
Diskretlilik (Cheklilik). Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli 
qadamlardan iborat qilib bo‘laklash imkoniyati mavjudligida. Ya’ni uni chekli sondagi oddiy 
ko‘rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli 
qadamlardan iborat qilib qo‘llay olmasak, uni algoritm deb bo‘lmaydi.
Tushunarlilik. Biz kundalik hayotimizda berilgan algoritmlar bilan ishlayotgan elektron 
soatlar, mashinalar, dastgohlar, kompyuterlar, turli avtomatik va mexanik qurilmalarni 
kuzatamiz. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar, uning uchun tushinarli mazmunda 
bo‘lishi shart, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Undan tashqari, ijrochi 
har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin.Har bir ijrochining bajarishi mumkin 
bo‘lgan ko‘rsatmalar yoki buyruqlar majmuasi mavjud, u ijrochining ko‘rsatmalar tizimi 
(sistemasi) deyiladi. Demak, ijrochi uchun berilayotgan har bir ko‘rsatma ijrochining 
ko‘rsatmalar tizimiga mansub bo‘lishi lozim.Ko‘rsatmalarni ijrochining ko‘rsatmalar tizimiga 
tegishli bo‘ladigan qilib ifodalay bilishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, quyi sinfning 
a’lochi o‘quvchisi "son kvadratga oshirilsin" degan ko‘rsatmani tushinmasligi natijasida 
bajara olmaydi, lekin "son o‘zini o‘ziga ko‘paytirilsin" shaklidagi ko‘rsatmani bemalol 
bajaradi, chunki u ko‘rsatma mazmunidan ko‘paytirish amalini bajarish kerakligini anglaydi. 
Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan ko‘rsatmalar aniq mazmunda bo‘lishi zarur. Chunki 
ko‘rsatmadagi noaniqliklar mo‘ljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi. Odam uchun 
tushinarli bo‘lgan "3-4 marta silkitilsin", "5-10 daqiqa qizdirilsin", "1-2 qoshiq solinsin", 
"tenglamalardan biri yechilsin" kabi noaniq ko‘rsatmalar robot yoki kompyuterni qiyin 
ahvolga solib qo‘yadi. Bundan tashqari, ko‘rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi 
ham muhim ahamiyatga ega. Demak, ko‘rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda 
ko‘rsatilgan tartibda bajarilishi shart ekan.
Ommaviylik. Har bir algoritm mazmuniga ko‘ra bir turdagi masalalarning barchasi 
uchun ham o‘rinli bo‘lishi kerak. Ya’ni masaladagi boshlang‘ich ma’lumotlar qanday 
bo‘lishidan qat’iy nazar algorim shu xildagi har qanday masalani yechishga yaroqli bo‘lishi 
kerak. Masalan, ikki oddiy kasrning umumiy mahrajini topish algoritmi, kasrlarni turlicha 
o‘zgartirib bersangiz ham ularning umumiy mahrajlarini aniqlab beraveradi. Yoki 
uchburchakning yuzini topish algoritmi, uchburchakning qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, 
uning yuzini hisoblab beraveradi.
Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so‘ng albatta natija berishi 
shart. Bajariladigan amallar ko‘p bo‘lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli 


8
qadamdan so‘ng qo‘yilgan masala yechimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. 
Agar ko‘rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay 
olmaymiz.
Yuqorida ko‘rilgan misollarda odatda biz masalani yechish algoritmini so‘zlar va 
matematik formulalar orqali ifodaladik. Lekin algoritm boshqa ko‘rinishlarda ham berilishi 
mumkin. Biz endi algoritmlarning eng ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishamiz.
Algoritmning so‘zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir 
ko‘rsatma jumlalar, so‘zlar orqali buyruq shaklida beriladi. Algoritmning formulalar bilan 
berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o‘rganishda 
foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi.
Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus geometrik figuralar 
yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko‘rinishi blok-sxema deyiladi.
Algoritmning jadval ko‘rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham 
ko‘p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo‘llanib kelinayotgan to‘rt xonali matematik 
jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham 
algoritmlarning qiymatlari jadvali ko‘rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan 
foydalanish algoritmlari sodda bo‘lgan tufayli ularni o‘zlashtirib olish oson.
Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy sodda geometrik figuralar 
quyidagilardan iborat:
1-jadval.
Nоmi
Bеlgilаnishi
Bаjаrаdigаn vаzifаsi
Jаrаyon
Bir yoki bir nеchtа аmаllаrni bаjаrilishi 
nаtijаsidа mа’lumоtlаrning uzgаrishi
Qаrоr
Birоr 
shаrtgа 
bоglik 
rаvishdа 
аlgоritmning bаjаrilish yunаlishini
tаnlаsh


9
SHаkl
O'zgаrtirish
Dаsturni uzgаrtiruvchi buyruk yoki 
buyruklаr turkumini uzgаrtirish
аmаlini bаjаrish
Аvvаl 
Аniqlаngаn 
jarayon
Оldindаn ishlаb chikilgаn dаstur yoki 
аlgоritmdаn fоydаlаnish
Kiritish 
chiqarish
Ахbоrоtlаrni kаytа ishlаsh mumkin 
bulgаn shаklgа utkаzish yoki оlingаn
nаtijаni tаsvirlаsh
Xujjat
Ахbоrоtlаrni kоgоzgа chikаrish yoki 
kоgоzdаn kiritish
Axborot oqimi 
chizig’i
Blоklаr оrаsidаgi bоglаnishlаrni
Tаsvirlаsh
Bog’lagich
Uzilib kоlgаn ахbоrоt оkimlаrini ulаsh 
bеlgisi
Boshlash 
tugatish
Ахbоrоtni kаytа ishlаshni bоshlаsh, 
vаktinchа yoki butunlаy tuхtаtish
Izoh
Blоklаrgа
tеgishli turli хildаgi
Tushuntirishlаr
Blok-sxemalar bilan ishlashni yaxshilab o‘zlashtirib olish zarur, chunki bu usul 
algoritmlarni ifodalashning qulay vositalaridan biri bo‘lib programma tuzishni osonlashtiradi, 
programmalash qobiliyatini mustahkamlaydi. Algoritmik tillarda blok - sxemaning asosiy 
strukturalariga maxsus operatorlar mos keladi.
Shuni aytish keraki, blok-sxemalardagi yozuvlar odatdagi yozuvlardan katta farq 
qilmaydi.


10
Chiziqli algoritmlar. Har qanday murakkab algoritmni ham uchta asosiy struktura 
yordamida tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, ayri va takrorlash strukturalaridir. Bu 
strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining 
algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi 
turlarga ajratish mumkin:
chiziqli algoritmlar; tarmoqlanuvchi algoritmlar;
takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar; ichma-ich joylashgan 
siklik algoritmlar; rekurrent algoritmlar; takrorlanishlar soni 
oldindan no’malum algoritmlar; ketma-ket yaqinlashuvchi 
algoritmlar.
Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga-chiziqli 
algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi.
Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar 
blok-sxemasining umumiy strukturasini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
Misol:
B oshlash
Kiritiladigan
qiymatlar
Amal
Shart
Amal
Amal
Chiqarish
Chiqarish
Tamom


11
Shu blok sxema orqali har qanday masalani yechish mumkin.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin