Masivlarni tashkil etish


Massivlarni tezkor saralash



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix31.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#82063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2.2 Massivlarni tezkor saralash.
Ichki saralash modeli. Ma’lumotlar EHM xotirasida muayyan tartibda saqlanadigan 
bo‘lsa, axborotga ishlov berish va uni izlash bilan bog‘liq ko‘p masalalar oddiyroq, tezroq va 
samaraliroq hal qilinadi. Bir qator hollarda ma’lumotlarning tartibga solinganligidan foyda 
aniq bo‘lib, maxsus isbotlashlarni talab etmaydi. Agar lug‘at yoki telefon ma’lumotnomasida 
so‘zlar va familiyalar alifbo tartibida joylashtirilmaganda ulardan foydalanish qanchalik qiyin 
bo‘lishini tasavvur etish mumkin. Lekin ma’lumotlarni tartiblash zaruriyati masalasi har safar 
muayyan vazifaga nisbatan hal qilinishi zarur. Bunda tashqi xotira qurilmalari imkoniyatlari, 
operativ xotira hajmi, ma’lumotlarga murojaat qilish tezligi, ularni yangilab turish tezligi va 
ishlov berish xarakteri kabilarni tahlil qilish zarur. Turli ilovalarda tartibga solishning turli 
mezonlaridan foydalaniladi.
Ma’lumotlar ularga murojaat qilish ehtimolining qiymati, qancha tez-tez murojaat etib 
turilishiga ko‘ra tartibga solinishi mumkin. Odatda, tartibga solish kalit bo‘yicha amalga 
oshiriladi.
Axborot tizimlari bilan ishlov beradigan ma’lumotlar birligi bir qator axborot 
maydonlaridan iborat bo‘lgan yozuv hisoblanadi. Kalit bitta yozuv maydoni ichidagi yoki 
Boshlash
Qiymat
kiritish
1 -
amal
2 -
amal
n - amal
Qiymat
chiqarish
Tamom


12
muayyan maydonlar majmuidan iborat bo‘lishi mumkin. Keyingi holda kalit tarkibiy deb 
ataladi. YOzuv faqat bittagina maydondan iborat bo‘lishi mumkin va bu holda u kalitli 
hisoblanadi. Tartibga solish natijasida yozuvlar kalitlarning qiymati ortib borishi yoki 
kamayib borish bo‘yicha joylashadi. Bunday tartibga solish jarayoni tartiblash deb ataladi. 
Masalan, fakultet talabalari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan yozuvlar 
talabalarning reyting daftarchalari nomerlari bo‘yicha tartibga solingan bo‘lishi mumkin.
Ichki tartiblashning ko‘plab usullari mavjud va ularning har biri o‘z afzalli texnikalari 
va texnik kamchiliklariga ega bo‘lib, ma’lumotlar va apparaturaning muayyan 
konfigurasiyalarida boshqalaridan samaraliroq bo‘lishi mumkin ekan. Tartiblash usullarining 
tavsiflarini baholash har bir muayyan holatda bu usullardan birini to‘g‘ri tanlash texnik 
imkonini beradi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin