Talabalarning o‘quv ehtiyojlarini qondirish har bir samarali masofaviy ta’lim
dasturining
asosiy maqsadi hisoblanadi. Ta’lim mazmunidan qat’i nazar, talabaning asosiy roli o‘rganishdir.
Ammo har qanday masofaviy ta’limning muvaffaqiyati, birinchi navbatda,
uning professor-
o‘qituvchilariga bog‘liq.
Moderator
— masofaviy ta’lim negizida tashkil etilayotgan semi- nar, trening, davra
suhbati va forumlarga boshchilik qiluvchi (bosh- qaruvchi) pedagog u muloqot jarayonining
to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi, bildirilayotgan fikrlarni umumlashtiradi, zarur bo‘l- ganda
ularni to‘g‘rilaydi, ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi,
bilish faoliyatlarini faol- lashtiradi.
Tyutor
(lot. “tutorem”) — o‘quv kurslari uchun
interfaol metodlarni tanlovchi, ma’ruza
o‘qituvchisi bilan talaba o‘rtasida ta’limiy aloqani o‘rnatuvchi ustoz, murabbiy.
Dostları ilə paylaş: