MASOFAVIY TA’LIM NIMA?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlash- gan Millatlar Tashkiloti
Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida ko‘pgina
muhim masalalar qatorida
Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyani
qabul qilishga oid O‘zbekiston tashabbusiga
yana bir bor jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratganlarida ham muhim bir ma’no bor. Yoshlar
huquqi deganda, birinchi navbatda, ularning tinch va sog‘lom yashash hamda ta’lim olishga
bo‘lgan to‘laqonli huquqi tushuniladi.
Shu bois, unib-o‘sib kelayotgan
yosh avlodimizning
barkamol bo‘lib voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta’lim olishini ta’minlash biz uchun hamisha
ustuvor vazifa hisoblanadi.
Butun dunyo davlatlari qatori O‘zbekiston ham koronavirus pande- miyasi davrida ta’lim
tizimida jiddiy sinovlarga duch keldi.
Bu kabi qiyin sharoitga qaramasdan, davlatimiz tomonidan o‘z vaq- tida ko‘rilgan chora-
tadbirlar muhim ahamiyat kasb etdi. Jumladan, qisqa muddat ichida
masofaviy ta’lim
shakli joriy
etildi.
Pandemiya davrida karantin joriy etilish boshqa sohalar kabi oliy ta’lim tizimi vakillari —
rahbariyatga ham, professor-o‘qituvchilarga ham, talabalarga ham,
oddiy mehnat xodimiga ham
yangi vazifa va yangi chaqiruvlarni belgiladi. Rivojlanishi kutilayotgan masofaviy ta’lim
kutilmaganda
yaxlit tizim, umumiy jamoa ko‘magida masofaviy ta’lim
tizimi
moodle
platforma
sida yaratildi hamda talabalar e’tiboriga havola etildi.
SOVID-19 pandemiyasi butun dunyo aholisining ta’lim olishi,
himoya- si va farovonligi
yo‘lida favqulodda vaziyatni keltirib chiqardi. Ta’- lim jarayonining
uzilishi mamlakat
iqtisodiyoti va umuman jamiyat uchun murakkab jarayonni yuzaga keltirdi.
Talabalarga masofadan ta’lim berishda ilg‘or texnologiyalardan
kengroq va chuqurroq
foydalanish, masofaviy ta’limning huquqiy asosi- ni ishlab chiqishimizni taqozo etmoqda.
Ta’limning barcha bosqichlarida va shakllarida masofaviy ta’limning
huquqiy asoslarini ishlab
chiqish va talabalarga masofaviy ta’lim berish jarayoni yangicha yondashuvni talab qilmoqda.