Masofaviy ta’lim platformalarida ishlash Masofaviy o‘qitish yangi va ancha progressiv bo‘lgan o‘qitish shaklidir. Bu usulni turli ta’lim muassasalariga, xususan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarga tatbiqi o‘quvchi-talaba va o‘qituvchi (pedagog)larning dunyoning ilg‘or ilmiy maktablarining yuqori sifatli o‘quv uslubiy ishlanmalari, zamonaviy va so‘nggi axborotlaridan, qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatini beradi. Bularning barchasini e’tiborga olgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «Ustoz» fondi qiyofasida jahon institutlari bilan oliy ta’limda masofaviy o‘qitish usuli komponentlarini tatbiq qilish haqida kelishuv tuzildi.
Bu nafaqat O‘zbekiston uchun balki O‘rta Osiyoning barcha hududlari va Qozog‘iston hamda MDH davlatlari uchun masofaviy o‘qitish sohasida jahon banki institutining ilg‘or loyihalaridandir.
Jahon banki loyihasi masofaviy o‘qitish tizimini rivojlantirish uchun boshlang‘ich maydon bo‘ladigan masofaviy o‘qitish tarmoqlari infratuzilmasi baza elementlarini yaratish masofaviy o‘qitish usullarini qo‘llash sohasini kengaytirish va masofaviy o‘qitishni amalga oshiruvchi zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Toshkent shahrida joylashgan universitetlarda Jahon banki loyihasining muvaffaqiyatli qo‘llanilishi uning hayotiyligi va yuqori ko‘rsatkichga erishilganligini tasdiqladi.
Oliy o‘quv yurtlaridan 30 nafardan ortiq yetuk o‘qituvchilar tanlab olinib, ular masofadan o‘qitishlari bo‘yicha qayta tayyorlandi. 2000 yilda Jahon banki tashabbusi bilan Moskva va Bishkekda o‘qitish markazlari tashkil etilib, unga taklif etilgan qatnashchilar yangi o‘quv metodologiyasini masofadan tartibli boshqarish va elektron kurslari metodlari bo‘yicha qayta tayyorlandi. Loyihaning universitet ishtirokchilari uchun iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha masofaviy o‘qitish tartibida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun texnik baza vositalari tashkil etildi. Internetga ulanish yo‘llari izlanmoqda. Bularning barchasi berilgan texnologiya turlarining istiqbollari to‘g‘risida gapirishga imkon beradi.