I. BOB. Ta’limdagi zamonaviy texnologiyalar va masofaviy ta’lim.
1.1. Masofaviy ta’lim tushunchasi. Masofaviy o’qitish jarayonining o’ziga xos tomonlari va afzalliklari.
Hozirda dunyo shunchalik tez rivojlanmoqdaki, bugungi yangilik ertaga eskirib qolyapti. Shuning uchun, ma'lumotlarni o‘z vaqtida olish maqsadida, odamzot informatsion texnologiyalarni yaratdi. Kompyuter — bu oddiy va qulay tarzda ma'lumotlarga yetishish vositasidir. Ma'lumotlar bilan ishlayotgan shaxs, ma'lumotlarning qayerda joylashishidan qat'iy nazar, xoh u shaharda, xoh jahonning boshqa nuqtasi bo‘lsin, uni olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak2. Hozirda shu va shunga o‘xshash boshqa muammolar komputerlar yordamida bartaraf qilinmoqda. Komputerlar inson hayotining barcha jabhalariga jadallik bilan kirib boryapti va jahonda ularning soni va qo‘llanilish doirasi kengaygandan kengaymoqda. Bu esa kompyuterlarning kundan-kunga yanada rivojlanishini ta'minlayapti.
Bularning hammasi ta'lim tizimiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. Hozirda puxta bilimga ega bo‘lish uchun informatsion texnologiyalarni ham o‘zgartirish zaruriyati tug‘ilmoqda, chunki ta'lim tizimi har doim zamon talablariga mos kelishi kerak. Hozirgi zamon talabi esa yangi o‘quv muhiti, ya'ni yangi informatsion texnologiyalar yordamida ixtiyoriy joyda turib bilim olish, ixtiyoriy o‘quv yurtlari bilan aloqa qilish va jahonning ixtiyoriy nuqtasidagi ma'lumotlarni olishdir. Bunda bizga internet tizimi yordam berishi mumkin3. Mamlakatimiz ta’lim tizimida sezilarli o’zgarishlar ro’y berayotganligi kun sayin yaqqol ko’rinib bormoqda. Turli ta’lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o’qitish keng qo’llanilayotganligi ham quvonchli hol. Ushbu uslubning ko’plab afzallik tomonlari borligi ko’pchilikka ayon. Barcha oliy o’quv yurtlarida masofadan o’qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarini rivojlanishi masofadan o’qitishni tashkil etishda yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o’qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. Ushbu texnologiyalar axborotdan foydalanuvchilarga keng qamrovli yo’l ochib berish bilan birga ularni muhofaza etish muammosini keltirib chiqaradi.
Shu o‘rinda masofaviy ta’lim nima? Uning afzalliklari nimalardan iborat? degan savol tug‘ilishi tabiiy. Masofaviy ta’lim — bu istalgan joydan turib, qaysi vaqt bo’lishidan qat’iy nazar, shaxsiy re’ja asosida o‘qish hamda bilim olish jarayonidir. Masofaviy ta’limning asosiy maqsadi - tinglovchilarning qayerda yashashidan qat’iy nazar, jahondagi ixtiyoriy ta’lim muassasasida o’qish imkoniyatini yaratish, ta’lim muassasalaridagi professor – o’qituvchilarning salohiyatlaridan foydalangan holda, ta’lim sifatini oshirish, o’quvchilarning uzluksiz ta’lim olishlarini ta’minlash va ta’limning turli shakllarini bir – biriga yaqinlashtirishdan iborat4. Hammamizga ma’lumki hozirgi kunda butun dunyoda masofaviy ta’lim bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar soni ko`payib bormoqda. Masofaviy ta’lim va sirtqi ta’lim bir-biriga o‘xshash.
Hozirgi kunda masofadan o‘qitish dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan va qulay ta’lim shakli sifatida rivojlanmoqda. Masalan, Finlandiya-ning Oulu universitetida, Buyuk Britaniyaning London Metropolitan universitetida, Gollandiyaning Fontis universitetida, Janubiy Koreya respublikasida masofaviy o‘qitish texnologiyasi keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda talabalar va boshqa soha mutaxassislarining malakasini oshirish sohasida samarali qo‘llanilib kelinmoqda. O‘z-o‘zidan ma‘lumki, dunyoga yuz tutayotgan O‘zbekiston uchun ham bu ta’lim turi uzoq kelajak emas. Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘quv yurtlarida ham ba‘zi bir islohotlarni amalga oshirish davr talabi.
Masofadan o’qitish yangi pedagogik texnologiyalarning bir turi bo’lib, u ko’pgina afzalliklarga ega. Jumladan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, olinayotgan bilimlarning tezkorligi, talabaning bilim olish jarayonida erkinligi, ta’limning iqtisodiy samaradorligi, o‘quv jarayonida audio-video, animatsiya, grafiklar asosida ta’lim berish natijasida o‘zlashtirishning yuqori bo’lishi, bilimlar xolisona baholanishi, nazariyani amaliyot bilan taqqoslash imkoniyati, dunyoning yetuk professor-o‘qituvchilari ma’ruzalaridan foydalanish kabilardan iborat.
Hozirgi vaqtda respublikamizda yosh avlodni tarbiyalash, o’qitish, bilim berish, zamonaviy axborot texnologiyalarga yaqindan yondashish hamda yangi texnika va texnologiyalar bilan ishlashni o’rgatish maqsadida juda ko’p ijobiy ishlar amalga oshirilib bormoqda5. Ularning asosiysi, masofadan o’qitish texnika va texnologiyasidir. Shu nuqtai nazardan yosh avlodni masofadan o’qitish tizimiga tayyorlash bosqichlarini quyidagi ko’rinishda amalga oshirish mumkin:
Hozirgi axborot texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgan davrda masofaviy o’qitish katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki ta’limning bu turi shu paytgacha mavjud bo’lgan ta’lim turlaridan o’zining ayrim ijodiy tamonlari bilan ajralib turadi. Masofadan o’qitishning kunduzgi va boshqa ta’lim turlaridan farqli jihati shundaki, mazkur ta’lim turiga juda keng aholi ommasiga jalb qilish mumkin. Masofadan o’qitish o’zida kunduzgi va sirtqi ta’lim turlarining ijodiy xususiyatlarini mujassam etadi. Shu jihatlariga ko’ra masofadan o’qitish hozirgi kundagi istiqbolli ta’lim turlaridan biri hisoblanadi.
Masofadan o’qitish asosida ta’lim berish uchun o’qish istagida bo’lgan aholining muayyan qismini ta’lim muassasasi joylashgan yerga yig’ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o’quvchi tomonidan ortiqcha sarf – xarajat qilish zaruriyati bo’lmaydi. Uchinchidan, bu ta’lim turiga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. Hozirgi zamon ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish ta’limning qulay turi sifatida kirib keladi.
Masofaviy ta’lim ma‘lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta’lim bilan bir qatorda ma‘lumot jarayonida ta’limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an‘anaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi.
Masofaviy ta’limning tarkibiy qisimlari quyidagilar:
O‘qituvchi , o‘quvchi va kommunikatsiya.
Masofaviy o‘qitishda o‘qituvchi talabaga o‘quv materialini “Internet” tizimi orqali yuboriladi. Ushbu kurs bo’yicha ta’lim olishni istagan o‘quvchilar web saytga murojaat qilib, nazariy bilimlarni oladilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar va o‘qituvchiga javobni elektron pochta (e-mail) orqali jo‘natadilar. O‘qituvchi o‘quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni tekshirib, javobini yana elektron pochta orqali o‘quvchiga yuboradi. Zarur bo’lsa kerakli ko‘rsatmalar beradi. O‘quv jarayonida o‘quvchi darslikdagi, elektron kutubxona va elektron darsliklardan, videokonferensiyalardan foydalanadi. Masofadan o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish davrida o‘quvchida mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi. Masofadan o‘qitishda o‘quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishini tugatadi va o‘qitishni tugatganligi to‘g‘risida sertifikat oldi.
Masofaviy ta’lim bu o‘qitishning insonparvar shakli bo‘lib, an‘anaviy, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslanadi.Bunda texnik vositalar o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish, o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi. Shunga ko‘ra masofaviy o‘qitish kommunikatsiya va axborotni qayta ishlashning yangi texnik vositalari va sirtqi ta’limning asosiy usullariga tayanishi kerak. Bu o‘z navbatida masofaviy ta’lim tizimini tashkil etish to‘g‘risida gapirishga imkoniyat beradi. Masofaviy ta’lim tizimi apparatli,dasturli va uslubiy vositalarning murakkab kompleksi bo‘lib,o‘z ichiga server va ishchi stansiyalar,shaxsiy kompyuterlar, kommunikatsiya vositalari, umum tizimli va tarmoqli dasturlar ta‘minotiga, lokal va markazlashgan bilim va axborot banklarini boshqaruv tizimlari, o‘rgatuvchi dasturlari va shu dasturlarni yaratish uchun instrumental vositalariga ega bo‘lgan audio va video texnikalarni oladi6.
O’zbekiston sharoitida masofadan o’qitishni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi davrda ta’limning bu turidan keng miqiyosda foydalanish lozim. Mazkur ta’lim turni joriy qilish bilan bog’liq ayrim muammolarning kelib chiqishi tabiiy. Lekin ularni imkoniyat darajasida hal qilishga erishish mumkin. Masalan, dastlabki paytda televideniyadan foydalanish katta samara berishi mumkin. Hozirgi kunda televideniya orqali ayrim fanlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tashkil qilinib kelinyapti. Lekin ko’rsatuvlarning samaradorligi hali yetarli darajada emas. Birinchidan, bu ko’rsatuvlar asosan kunduzi namoyish etiladi. Ikkinchidan, uning metodikasini yanada takomillashtirish kerak.
Masofadan o’qitishni tashkil qilishdagi eng muhim masalalardan biri professor o’qituvchilarni tanlashdir. Mazkur ta’lim turini amalga oshirish uchun o’qituvchilar eng tajribali va tashkilotchi professor – o’qituvchilar orasidan tanlab olinishi lozim. Chunki masofaviy o’qitish boshqa ta’lim turlaridan farqli bo’lib, uning samaradorligini oshirish ko’p jihatdan o’qituvchining bilimdonligi, tashkilotchilik va boshqaruvchilik xususiyatlariga bog’liqdir. Chunki masofaviy o’qitishga jalb qilinuvchi o’qituvchi bir paytning o’zida mohir pedagog, dono maslahatchi va tajribali boshqaruvchi bo’lishi kerak. Masofaviy o’qitishni tashkil qilishning dastlabki davrida respublika aholisining demografik xususiyatlaridan kelib chiqib, tegishli viloyat yoki mintaqa markazlarida masofaviy o’qitish punktlarini yaratish kerak. Mazkur tuzilma joylarida masofaviy o’qitishni tashkil qilish bo’yicha mas’ul etib belgilanishi lozim. Keyingi bosqichlarida bir yoki turli yo’nalishlarga ixtisoslashgan bir necha oliy ta’lim muassasalarida masofaviy o’qitish markazlari tashkil qilinishi mumkin.
Hozirgi zamon ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish ta’limning qulay turi sifatida kirib keladi. Masofaviy ta’lim ma‘lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta’lim bilan bir qatorda ma‘lumot jarayonida ta’limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an‘anaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi. Masofaviy ta’lim vositasida o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan joyda individual jadval asosida maxsus imkoniyatlar, telefon, elektron aloqa va boshqa ta’lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo‘lgan ta’lim jarayoni tashkil etiladi. Masofaviy ta’lim ham sirtqi ta’lim bo’lib, faqat o’qituvchi bilan tinglovchi o’rtasidagi muloqat kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va internet orqali amalga oshiriladi. O’quv jarayonida tinglovchi o’quv materiallarni va topshiriqlarini o’z kompyuteriga oladi, bajarilgan test va nazorat ishlarini o’qituvchiga internet yoki elektron pochta orqali yuboradi. Bundan tashqari, tinglovchi o’z o’qituvchisi va uslubiyatchisiga savollar bilan murojaat qilishi va ularga o’z vaqtida javob olishi mumkin7.
Mamlakatimizda masofali ta’limni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ko’pchilik masofali ta’lim – bu shunchaki bizga ma’lum sirtqi ta’limning yangi shakli deb hisoblaydilar. Ma’lum darajada bu shunday: haqiqatda ham inson uyidan chiqmasdan o’qishi mumkin. Lekin bir sharti bor: buning uchun standart dastur bilan zamonaviy kompyuteri bo’lishi kerak. Ushbu dasturning mazmuni aynan masofali ta’lim va zamonaviy texnika hamda texnologiya bir-biridan ajralmasligidan iborat. Bugungi kunda talaba o’z mamlakatidan chiqmay turib, deyarli, barcha G’arb universitetlari dasturlari bo’yicha ta’lim olishi mumkin. Ta’lim siyosiy va iqtisodiy birlashish jarayonlaridan ilgarilab umumjahon va umumiy foydalaniladigan bo’lib bormoqda.
Masofaviy o`qitish an'anaviy o`qitish shakllaridan quyidagi xaraktеrli xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Moslanuvchanligi. Xohlagan vaqtda, xohlagan joyda va sur'atda shug`ullanish imkoniyati. Fanni egallashga ajratilgan vaqtning chеgaralanmaganligi.
Modulliligi. Mustaqil fanlar kurslaridan- modullardan individual yoki guruh ehtiyojlariga javob bеradigan o`quv rеjalarini shakllantirish.
Parallеllik. Kasbiy faoliyati yoki boshqa o`quv yurtlaridagi o`qishi bilan parallеl holda ta'lim olish.
Qamrab olish. Bir vaqtning o`zida o`quv axborotlarining bir qancha manbalariga (elеktron kutubxonalar, axborot bazalari, bilimlar bazalari va h.k.), o`quvchilarning ko`pchiligi murojaat qilishi. Aloqa to`rlari orqali bir-birlari va o`qituvchilar bilan muloqotda bo`lishi.
Iqtisodiyligi. O`quv xonalari, tеxnika vositalaridan samarali foydalanish, o`quv axborotlari mujassamlashgan va unifikatsiyalashgan holda taqdim qilish va unga multi erishish o`quv jarayonlarini tashkil etish harajatlarini kamaytirish.
Tеxnologiyaliligi. Ta'lim jarayonida axborot va tеlеkommunikatsiya tеxnologiyalarining erishgan yangi yutuqlaridan foydalanish insonni jahon axborotlar olamiga kirib bеrishini ta'minlaydi.
Ijtimoiy tеnglik. O`quvchining qayеrda yashashidan, sog`lig`ining holati, va moddiy ta'minlanganligidan qat'i nazar, ta'lim olish imkoniyatidagi tеnglik. O`qituvchining yangi o`rni. Masofaviy ta'lim o`qituvchining o`rnini kеngaytiradi va yangilaydi, bilim olish jarayonini muvofiqlashtiradi, o`qitiladigan kurslarni doimo takomillashtiradi, ijodiy faolligi va mutaxasisligi bo`yicha yangiliklar va innovatsiyalarga bo`lgan talabi mos ravishda ortib boradi8.
Masofadan o`qitishning sifati ta'lim olishning kunduzgi shakli sifatida, ko`zga ko`ringan o`qituvchi kadrlar tarkibini jalb qilish va o`quv jarayonlarida eng yaxshi o`quv- uslubiy ishlar va fanlar bo`yicha nazorat tеstlaridan foydalanish hisobiga qolishmaydi. Ular o`qituvchi va o`quvchilar munosabatlaridagi barcha pеdogogik aktlar to`plamini o`z ichiga oladi. Masofadan o`qitish ta'lim jarayonida an'anaviy o`qitish vositalari bilan birga innovatsion-kompyutеr tеxnikasi va tеlеkomunikatsiyalarga asoslangan hamda ta'lim tеxnologiyasi sohasida erishilgan oxirgi yutuqlardan foydalaniladi. O`quv dasturlari bo`yicha o`qitish uchun zarur bo`lgan moddiy va tеxnik vositalar majmui o`z ichiga o`quv va o`quv-yordamchi xonalarni; laboratoriya uskunalari,o`qitishning tеxnik vositalari ,o`quv kitoblari,o`quv qullanmalari va boshqa o`quv uslubiy matеriallarni oladi. O`quv ilmiy matеriallarning katta qismi tinglovchilarning uzoqdaligi sababli virtual-axborot-ta'lim muhitini tashkil etadi.
Masofadan o`qitish shakli qo`llanilganda o`qitish vositalari an'anaviylardan tashqari bir qancha qo`shimcha vositalarni o`z ichiga oladi:
elеktron o`quv nashrlari;
o`rgatuvchi kompyutеr tizimlari;
audio-vidеo o`quv matеriallari va bir qancha boshqa vositalar.
O`quv jarayoniga mo`ljallangan elеktron nashrlar,qog’oz nashrlarning barcha xususiyatlariga ega bo`lish bilan birga bir qancha tomonlari va afzalliklari bor. Xususan, kompyuterning xotirasida yoki diskda kompakt holda saqlash, gipеrtеkst imkoniyatlari, ko`paytirish imkoniyati, tеzkor tarzda o`zgarishlar va qo`shimchalar kiritish imkoniyatlari,elеktron pochtadan axborot jo`natish qulayliklari, avtomatlashgan o`qitish tizimi bo`lib, o`z ichiga o`qish dasturi bo`yicha didaktik, uslubiy va axborot-ma'lumotlar matеriallarini hamda dasturiy ta'minotni oladi va ularni mustaqil bilim olishi va nazorat qilishida komplеks foydalanish imkonini bеradi.
Masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishning asosiy prinsiplarini ko‘rib chiqamiz. Ta’limning insonparvarlik prinsipi. Bu prinsip uzluksiz intensiv o‘qitish tizimida hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lib, masofaviy o‘qitish tizimida uning ahamiyati yanada oshadi.Uning mohiyati shundaki,bilim olish jarayoni o‘quvchi uchun maksimal qulay qilib tashkil etiladi. Bunday o‘qitish insonlarning ta’limga ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Masofaning uzoqligi,insonlarning sog‘ligi yoki boshqa sotsial sabablar ham ularning bilim olishga monelik qilmaydigan sharoit yaratadi.
Masofaviy o‘qitish tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishda pedagokik yondoshuvlarning ustuvorlik prinsipi. Masofaviy ta’limda an‘anaviy ta’limdagi kabi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik yondoshuv ustuvorligi ta‘minlanadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, tizimning pedagogik tomoni ustuvor bo‘lganda sistemaning samaradorligi oshadi.
Yangi axborot texnologiyalarini qo’llashning pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muofiqlik prinsipi. Bu prinsip masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etish va loyihalashdagi har bir qadamning samaradorligini pedagogik jihatdan baholashni talab etadi. Shuning uchun birinchi o‘ringa texnikani kiritish emas, balki o‘quv kurslarini tegishli ravishda mazmunan boyitish kerak, uni yangi axborot texnologiyalar orqali o‘quvchiga yetkaziy yo‘llarini yetkazish lozim.
Ta’lim mazmunini tanlash prinsipi. Masofaviy ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlarining normativ talablariga javob berishi kerak. Shuningdek, ta’lim mazmunini tanlash imkoniyatini yaratadigan alternativ dasturlar yaratish lozim.
Ta’limning boshlang‘ich darajasi prinsipi: Ta’lim samaradorligini oshirish uchun ma’lum bir boshlang‘ich bilim va ko‘nikmalar zarur.
Masofaviy o‘qitish tizimi an’anaviy ta’lim tizimiga zid xususiyatga ega bo‘lmasligi kerak. Masofaviy o‘qitishda ham an‘anaviy ta’lim tizmidagi ta’lim mazmuni saqlanadi. Lekin uning farqi ta’lim oluvchilar uchun qulaylikning yaratilishida9.
Masofadan o‘qitish yangi pedagogik texnologiyalarning bir turi bo‘lib, u ko‘pgina afzalliklarga ega. Jumladan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, olinayotgan bilimlarning tezkorligi, talabaning bilim olish jarayonida erkinligi, ta’limning iqtisodiy samaradorligi, o‘quv jarayonida audio-video, animatsiya, grafiklar asosida ta’lim berish natijasida o‘zlashtirishning yuqori bo‘lishi, bilimlar xolisona baholanishi, nazariyani amaliyot bilan taqqoslash imkoniyati, dunyoning yetuk professor-o‘qituvchilari ma’ruzalaridan foydalanish kabilardan iborat.
Masofaviy o’qitish uslubining quyidagi afzalliklari mavjuddir:
а) o’qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko’pgina uslublar asosida o’qituvchi bilim beradi, o’quvchi esa faqat berilgan materialni o’qiydi. Тaklif qilinayotgan masofaviy ta’lim berish asosida o’quvchilarning o’zlari kompyuterlar asosida axborotlar bankidan kerak bo’lgan malumotlarni qidirib topadi va albatta o’zlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlari asosida almashadi. Bu esa o’quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo’lishini ta’minlaydi va o’z o’rnida bunday mehnat ta’lim olishni rag’batlantiradi.
b) mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Masofaviy uslub asosida ta’lim olish – boshlang’ich, o’rta, universitet, sirtqi – kechki va malaka oshirish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Тayyorgarligi har xil darajada inspektorlar o’zlarining shaxsiy dars jadvallri asosida ishlashlari mumkin va o’zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo’lishi mumkin.
d) ish joyidagi katta o’zgarishlar. Masofaviy uslub asosida ta’lim berish turi millionlab insonlarga, ayniqsa ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta’lim olayotganlar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o’qitish kadrlarni tayyorlashda judayam katta rol o’ynamoqda, ya’ni jug’rofiy va moliyaviy qiyinchiliklarsiz o’zining ishlab turgan o’rnida ilm olish mumkindir.
e) o’qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, masofaviy uslub asosida ta’lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, masofaviy uslub asosida ta’lim olish universitet tomonidan qo’yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim olayotgan talabalar yoki o’quvchilarning boshqalardan ustunligi – ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o’qituvchilar bilan ta’minlanishidir. Тa’lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda, o’qituvchi auditoriyada o’qitish shartlaridan holi bo’lishi kerakdir. Masofaviy uslub asosida o’qitishning o’quv qoidalaridan kelib chiqsak, o’quvchilar Internet orqali jahon bo’yicha sayohat qilishlari mumkin10.
Masofaviy o`qitish uslubi asosida tinglovchilarni o`qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo`nalishlaridan bo`lib, o`qituvchi bilan tinglov-chilar ma`lum bir masofada joylashgan holda ta`lim bеrish tizimidir. O`qituvchi va tinglovchining ma`lum bir masofada joylashganligi, o`qituv-chini dars jarayonida kompyutеrlar, sputnik aloqasi, kabеl tеlеvidеniеsi kabi vositalar asosida o`quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyutеr tеxnologiyalarining tеz rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni uzatish kanallarining rivojlanishi tеlеkommunikatsiya sohasiga o`ziga xos tarixiy o`zgarishlar kiritmoqda. Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va juda tеz o`zgarmoqda. Dеyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o`zgarishlar, yangiliklar va kutilmagan voqеalar hodisalar sodir bo`lmoqda. Har bir kunimiz informatsiya oqimi ostida kеchmoqda. Ta`lim tizimida masofadan o`qitish uslubi shakllari qo`llanilmoqda. Masofadan o`qitish uslubi bu sirtqi o`qishning yangi shaklidir. Masofadan o`qitish bu mustaqil masofadan dars o`qishdir. Mustaqil o`qitish insonning mustaqil fikrlash, xolatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini shakllantiradi11.
Masofadan o`qitishning yana bir afzalliklari shundaki, unda o`quvchi o`ziga qulay vaqtda va xattoki ishdan ajralmagan xolda o`qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda kundan-kunga kеng tarqalmoqda. Ko`pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakani oshirish yoki qayta tayyorlash uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tеjamoqdalar. Masofadan o`qitishning yana bir afzallik tomoni unda o`qish muddatini tinglovichlar va o`quvchilar o`zlari bеlgilaydilar, ya`ni ular ixtiyoriy paytda o`qishni boshlaydi, matеriallarni o`qituvchi nazoratida o`zlashtiradi. O`zlashtirish topshiriqlarini, tеstlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. Tinglovchilar va o`quvchilar bеrilgan vazifani qanchalik tеz o`zlashtirsa, shunchalik tеz kursni va o`qishni tugatadi va guvoxnoma oladi. Programmani o`zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o`qishni davom ettirishga imkoniyat bеriladi. Masofadan o`qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan o`qitish uchun tinglovchilar uchun auditoriyalar, yotokxonalar zarur emas. Masofadan o`qitishda moliyaviy xarajatlar asosan o`quv uslubiy matеriallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Kеyinchalik moliyaviy xarajatlar kamayadi. Shuning uchun tinglovchilar sonining oshishi bilan o`qish narxi ham pasayadi. Masofadan o`qitishda asosiy e`tiborni o`quv uslubiy matеriallarni tayyoralshga qaratish darkor. Chunki o`quv uslubiy matеriallarning sifati, masofadan o`qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O`quv uslubiy matеrial qanchalik tushunarli va batafsil bo`lsa, shunchalik u o`quvchiga foydali bo`ladi. Ya`ni matеrial uslubiy jihatdan puxta bo`lmog`i zarur.
Dostları ilə paylaş: |