1.2. O’zbekiston hududida masofali ta’limni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari.
Bugungi axborot jamiyatini bilimlar asosida qurilgan jamiyat deb tavsiflash mumkin. Chunonchi davlatlar, kompaniyalar va alohida shaxsning asosiy faoliyati bilim olish bo’lmoqda. Bilimlarni olish, qayta ishlash va saqlash texnologiyalaridan tashqari, o’qitish ya’ni bilimlarni yetkazish va uzatish texnologiyalari katta ahamiyat kasb etmoqda. O’qitishning an’anaviy shakllari egiluvchan va yengil kirishi mumkin bo’lganligi sababli, u asta – sekin foydalanuvchilarning ko’pgina guruhlari o’rtasida o’z samarasini yo’qotmoqda. Elektron o’qitishdan foydalanish esa, hozirgi vaqtda televizor va mobil telefon kabi zaruriyatga aylanmoqda.
Masofali ta’lim, an’anaviy ta’limga qaraganda, bir qator ilg’or yo’nalishlari mavjudligi bilan ajralib turadi. Masofali ta’limda interfaol uslublardagi kabi ta’lim jarayonining markazida tinglovchi turadi. Tinglovchilar bu jarayonda ham o’qituvchilar bilan qat’iy muloqatda bo’ladilar. Kursning xususiyati, uning takomillashtirilganili va undagi muammoli vaziyatga qarab, har bir tinglovchi va boshqa tinglovchilar, psixolog, texnik mutaxasislar va boshqaruvchilar bilan muloqotda bo’ladi. Asosiysi esa, masofali o’qitishda qatnashgan tinglovchilarning mustaqil ishlash ko’nikmasi keskin oshadi. O’qituvchi masofali kursning barcha guruh a’zolari, shu jumladan, boshqa o’qituvchilar bilan ham muloqotda bo’ladi.
Zamonaviy texnologiya va dasturlardan foydalangan holda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ Iste’dod “ jamg’armasi tomonidan masofali malaka oshirish kurslarida yosh, istiqbolli professor – o’qituvchilarning maqsadli malaka oshirishlarini tashkil etish maqsadida Internet tarmog’ida Jamg’armaning Web – sahifasi yaratilgan.
Web –sahifaga ma’lumotlarni va yaratilgan dizayn rasmlarni kiritish yuqori sifatli dasturlar yordamida foydalanilgan. Web – sahifaning yaratilishida “Asosiy sahifa“, “ Jamg’arma haqida ”, “ O’quv dasturlari “, “ Yangiliklar “, “ Masofali ta’lim “, “Yordam” va shunga o’xshash bo’limlar asosiy o’rin egallagan. Jamg’arma portalidagi masofali o’qitish kurslari Jamg’arma boshqaruvi yig’ilishining 2003 - yil avgust oyidagi qarori, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga asosan, mamlakatimiz ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan yosh istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida kasbiy mahoratlarini oshirish, ularning ma’naviy barkamolligini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan.
2006 – yilda republikamizda ilk bor Jamg’arma bazasida tashkil etilgan o’zbek tilidagi “ Ma’naviyat va ma’rifat “, “ Axborot texnologiyalari va masofali o’qitish” ( shu jumladan, rus va ingliz tillarida ham ) va “ Innovatsion texnologiyalar”, “ Ta’lim muassasalari boshqaruvi” kurslari bo’yicha Jamg’arma portalida elektron ko’rinishdagi kurslar yaratildi. Ushbu kurslar republikamizning ta’lim muassasalari va ilmiy – tatqiqot institutlarida faoliyat ko’rsatayotgan yosh, istiqbolli pedagog va ilmiy xodimlar uchun mo’ljallangan bo’lib, hozirgacha 4114 nafar tinglovchi masofali malaka oshirishda qatnashdi. Shulardan 1334 nafari masofali kurslarni muvaffaqiyatli yakunladi va elektron sertifikatlarga ega bo’ldi.
Respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan pedagogika oliy ta’lim muassasalariga mo’ljallangan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining jamoasi yaratgan portalida masofali o’qitish kurslari ham mavjud. Ushbu kurslar respublika o’rta maxsus, kasb – hunar ta’limi muassasalari o’qituvchilari uchun mo’ljallangan. 2007 – 2008 o’quv yilidan boshlab, ushbu portal ishga tushirildi.
Ikkala holda ham, masofali kurslarda o’qish uchun Internet brauzeri yordamida “Istedod” jamg’armasi va “Pedagog” saytidagi masofali ta’lim bo’limiga kiritiladi. Tinglovchilar ro’yxatdan o’tish amallarini bajarganlaridan so’ng, kurslar ro’yxatini ko’rsatuvchi reyting daftarchasidagi mavzularni o’qishlari va joriy attestatsiya o’tkazishlari mumkin bo’ladi. Birinchi mavzuga mo’ljallangan testlar topshiriladi va nazorat testlari muvaffaqiyatli topshirilgan (masalan, o’zlashtirish darajasi 75 va undan yuqori foiz )da navbatdagi mavzuga o’tishga ruxsat beriladi. Joriy nazorat testlari natijasiga ko’ra o’zlashtirish darajasi 75foizdan kam bo;lgan taqdirda, navbatdagi mavzuni o’qish va undan test topshiriqlarini bajarishga ruxsat berilmaydi.
Kursga mo’ljallangan barcha mavzular muvaffaqiyatli topshirilgach, kompyuter joriy attestatsiyadan olgan jami ballarni umumiy ro’yxatga joylashtiriladi va tinglovchiga kurs bo’yicha yakuniy imtihon topshirishga ruxsat beradi. Yakuniy imtihon natijalariga tinglovchi 75 va undan yuqori ball to’plagan taqdirda elektron sertifikatga ega bo’ladi12.
Hozirgi kunda respublikamizning O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Guliston davlat universiteti, Farg’ona politexnika instituti, Toshkent islom universiteti, Buxoro davlat universiteti, Buxoro oziq ovqat va yengil sanoat institute va boshqa shu kabi oliy ta’lim muassasalarida masofali o’qitish elementlarini kuzatish mumkin.
Nima uchun respublikamizda masofali o’qitish shaklidan foydalanish sust rivojlanmoqda? Bu quyidagi oltita asosiy sabablarga ko’ra sodir bo’lyapti: psixologik ( ta’lim muassasasi rahbariyati va o’qituvchilarning inertligi – eng asosiy muammo ); gnoseologik ( masofaviy o’qitish, o’rgatishni sifat jihatidan yaxshilashi yoki o’qitish ko’rsatkichlarini sanoq sifatidan ko’paytirishini hech kim isbotlamaganligi ); uslubiy ( tuli ta’lim texnologiyalarida masofaviy o’qitishni qo’llash uslubiyatining yo’qligi); ishlab chiqarish ( o’qituvchilarning asosiy qismi o’qitilmagan, e- materialni, dars kontentini, kursni yaratishni bilmasligi ); texnik (texnik baza va internet tezligining pastligi, dasturiy vositalarning mavjud emasligi); huquqiy ( me’yoriy, qonuniy, huquqiy hujjatlar bazasining yo’qligi yoki yetarli emasligi) kabilar.
Ushbu oltita to’siqni qanday bartaraf qilish mumkin?
1. Bugungi o’qituvchi va rahbarlar uchun masofali o’qitishni qo’llash mumkinligini o’zlari hal qilishga, ko’rishga va xulosa chiqarishlariga imkoniyat berish kerak. Ertangi rahbar bir soat davom etadigan e-dars uchun kontenti (materiallari), uni tayyorlash va chop etishga pul to’lovlarini talab etadigan sakkiz va undan ko’proq soat ketishini bilishi, masofali o’qitish materiali, uslubiyoti, didaktikasi an’anaviydan farqlanishini, asosiy maqsad bilimlarni uzatish, o’quvchilarni o’rgatish va tarbiyalash ekanligini anglashi kerak.
2. Ta’lim muassasalarining moddiy – texnik bazasi bugun yoki ertaga albatta, yaxshilanishi, shuningdek, masofaviy o’qitishni tashkil etish uchun internetda dasturiy vositalarni yaratish zarur.
3. Ko’pgina davlatlarda, jumladan, Rossiyada masafaviy o’qitishni an’anaviy shaklda o’qish va ma’lumot olish bilan tenglashtiriladigan qonunlar mavjud. O’zbekistonda hali bunday qonun ishlab chiqilmagan. Masofaviy o’qitishning moliyaviy tomonlarini hal qilish yo;llarini amalga oshirishni boshlash payti keldi.
4. Masofaviy o’qitishni amalga oshirish barchamizning vazifamiz ekanligini tushunishimiz lozim.
5. Bugungi o’qituvchini barcha texnologiyalar bilan ishlashga o’rgatish, ularning turlari bilan tanishtirish kerak.
6. Albatta, muammolar yo’q emas. Ularning bir qismi – ilmiy tomondan ishlab chiqish bo’lsa, ikkinchi qismi – masofaviy o’qitishni dasturiy vositalar bilan ta’minlash, yana bir qismi – yaxshi uslubiy tahlil o’tkazishdir13.
Masofaviy o’qitish o’quvchi shaxsini qo’llab quvvatlash va rivojlantirishga qaratilishi zarur. 10 – 15 yil muqaddam juda katta tezlikda rivojlanib ketgan axborot oqimi, kishilardan butunlay yangi ko’nikmalarni talab etadi va ularda yangicha dunyoqarashni shakllantiradi. Zamonaviy o’quvchi (tinglovchi, talaba ) bir birlik vaqtda qancha axborot olishi bilan qiziqadi va axborot ko’p tomonga intiladi. Aynan shu tufayli, yoshlarning ko’pchiligi masofali o’qitish bilan bog’langan o’quv yurtlariga bajonidil kirishga tayyor.
Yuqorida aytilganlarga xulosa qiladigan bo’lsak, XXI asrda qo’llanila boshlagan masofali o’qitishning strategik maqsadi – fuqorolarning o’zlari turar – joylarida yoki kasbiy faoliyatlari mobaynida ixtiyoriy darajadagi ta’lim olish huquqini ta’minlashdan iborat. Ushbu maqsadda ta’lim ashyolari almashinuvi asosida bilimlarni ko’plab tarqalishiga erishildi.
Toshkent Moliya institutida 2000 – yil 1 – sentabrdan boshlab, iqtisodiy ta’limga masofaviy o’qitish komponentlarini kiritish tajriba loyihasi tatbiq qilishga kirishilgan. Institutning kunduzgi va sirtqi o’quv shakllarining barcha fakultetlarida kompyuter sinflari zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Birinchi bosqich kredit – iqtisod fakulteti internet tarmog’iga ulangan bo’lib, qat’iy reja asosida professor o’qituvchilar va tinglovchilar undan bilim va malakalarini oshirishda o’z faoliyatlarida foydalanib kelmoqdalar. Tinglovchilarning virtual kitob, virtual kutubxona to’g’risida tasavvurlari kengayib bormoqda. Institutda masofali o’qitish uslubiy materiallari ( matnlar. Audio va video darsliklar, elektron darsliklar) ayrim fanlarni o’qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natija bermoqda. Masofadan o’qitishda asosiy e’tiborni o’quv – uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish lozim. O’quv uslubiy materiallarning sifati masofadan o’qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir.
Masofaviy o’qitishni respublikamizda yo’lga qo’yish bo’yicha takliflarimiz quyidagilardan iborat:
1. Respublikamizning nufuzli universitetlarida masofali o’qitishda qatnashadigan pedagoglarni tayyorlash va qayta tayyorlashni boshlash.
2. Nufuzli oliy o’quv yurtlarida masofali o’qitish shaklida bakalavr va magistrlarni tayyorlash bo’yicha maxsus mutaxasisliklar ochish va ularga abiturientlar qabul qilish.
Dostları ilə paylaş: |