2. Bir universitet negizida o`qitish. Bu stasionar o`qimaydigan (on-
campus), ya`ni masofadan turib, sirtdan yoki masofali va kompyuterli
telekommunikasiyani o`z ichiga olgan yangi axborot texnologiyalari
asosida (off-campus) o`qiqtgan talabalar uchun butun bir ta`lim
tazimidir. Dunyodagi ko`pgina nufuzli oliygoxlardagi ta`limning turli
attestatlarini olish uchun mo`ljallangan dasturlar turli tumandir.
Masalan, Avstraliya Janubiy Uelsning yangi universitetida 3000
talaba stasionar holda o`qisa, 5000 ta talabaga sirtqi va masofali
ta`lim tizimi orqali o`qitiladi.
3. Bir necha o`quv yurtining hamkorligi. Sirqi va masofali o`qitish
dasturini amalga oshirishda qilinadigan hamkorlik ularni, sifatliroq va
kam xarajatli bo`lishini ta`minlaydi.
Bunday tajriba, masalan Keprikon universitetlari aro tele o`qitish
dasturida amalda qo`llangan bo`lib, unda Boliviya, Braziliya, Chili va
Paragvay universitetlari ishtirok etadi. Ana shunday hamkorlikmisoli
bo`lib, "Ta`limda hamkorlik" dasturi xizmat qilishi mumkin. Britaniya
hamdo`st mamlakatlarining yurtboshilari 1987 yili barcha hamkor
davlatlar uchun masofali o`qitish tarmog`ini tashkil etishni kelishib
olishga yig`ilishgan. Dasturning istiqboldagi maqsadi - hamdo`st
mamlakatlarda mavjud kollej va universitetlar negizida ixtiyoriy ta`lim
olish imkoniyatini yaratib berishdan iboratdir.
Ta`lim tizimida qo`llaniladigan masofali o`kitish usulining
rang barang shakl va modellari mavjud. Ushbu usulning
rang-barangligi masofali o`kitish tizimining shakllanishidagi
turli shart-sharoitlari bilan bog`liq. U shartlarga:
geografik sharoitlar (masalan, davlatlar territoriyasining
ko`lami, markazdan uzoqda yoki ajralgan xududlarning
mavjudligi, iqlimi va boshqalar);
davlatning
kompyuterlashtirilganlik
va
axborotlashtirilganligining umumiy darajasi;
davlatda transport va kommunikasiya vositalarining
rivojlanganlik darajasi;
ta`lim sohasida mavjud an`analar;
masofali o`qitish tizimi uchun ilmiy-pedagogik xodimlarni
mavjudligi va shu kabilar kiradi.
|