Masofali ta’limda qо‘llaniladigan texnologiya Ochiq va masofaviy ta’limda о‘tgan о‘n yil ichida turli hildagi texnologiyalar ishlatila boshlandi va ularning qо‘llanilish doirasi tobora kengaymoqda.
Ochiq turdagi va masofali ta’lim sohasida eng kо‘p foydalaniladigan о‘n hil texnologiya, ya’ni chop etish, radio, audiokaseta, telefon, televizor, videokaseta, videokonferensiya, kompyuter-vositali muloqot, kompyuterga asoslangan о‘qitish va multimedia kiradi.
Radio. Radio о‘zining ta’lim sohasida samarador ekanligini isbot qilgan vositalardandir. Kо‘pchilik radioeshittirishlar bir tomonga uzatish bilan cheklanadi. Biroq, ikki tomonlama muloqotda bо‘ladigan radioeshittirish misollari ham mavjud:
Misol: Avstraliyada aholisi siyrak joylardagi maktablar о‘quvchilar bilan radio orqali aloqada bо‘ladilar.
Radio dasturlarni ishlab chiqish qimmat tursa ham, dastur ishtirokchilari yetarli darajada katta auditoriyani tashkil etganda bunday dasturlar kishi boshiga arzon tushadi.
Bu texnologiya muvofiq uzatish va qabul qilib olish, elektr energiyasi va efir vaqtini talab qiladi.
Radio chop etilgan materiallar va mos о‘qitish bilan birga tashkil etilganda nihoyatda samaralidir.
Misol: Ispaniyadagi ECCA radiosi yerdamida tashkil etilgan о‘quv dasturi Lotin Amerikasida joylashgan «radio maktablar» uchun radio eshittirishlarga, chop etilgan ishchi daftarlarga va xaftalik yuzma-yuz muloqotga asoslangan.
Audiokassetalar.Audiokassetalar о‘rganuvchilar uchun juda qulay moslama, ular yordamida о‘rganish jarayoni hech qanday tо‘siqsiz о‘tadi. Kassetalar juda qulay. О‘quvchilar xoxlagan paytda xoxlagan joyini eshitishlari mumkin. О‘quvchilar о‘ziga qulay tovush balandligini tanlashi mumkin. Kasseta yozuvlari inson tovushini xissiyotlari bilan tо‘g‘ri tallaffuz qilgan xolda uzatib bera oladigan dizaynda bо‘lishi kerak. Kassetalar bosma yoki boshqa media materiallari bilan birga ishlatilganda samaralidir.
Xulosa Materialni mustaqil o`zlashtirish va mustaqil ish bo`yicha batafsil ko`rsatmalar berilishi lozim.
O`quv qo`llanmada nazorat vazifalari, bilimni tekshirish uchun savol va javoblar, mashqlar bo`lishi kerak.
Umuman olganda o`quv materiallari quydagi tarkibga (o`quv predmetiga ko`ra invariant) asoslangan bo`lishi kerak:
Kirish (dastur va mutaxassislikning tarixi predmeti, faolligi, boshqa predmetlar bilan bog`liqligi va o`rni); Kurs bo`yicha o`quv dastur;
Kursning maqsadi va vazifalari;
Kursni mustaqil o`zlashtirish bo`yicha metodik ko`rsatmalar; Mundarija;
Bo`lim (modul)lar bo`yicha asosiy material tartibga solingan;
Bo`limlar bo`yicha o`rganish uchun javoblari mavjud bo`lgan testlar, savollar va masalalar;
Yakuniy test;
Mustaqil ish uchun amaliy topshiriqlar;
Kichik ilmiy tekshirish ishlari uchun mavzular;
Atamalar lug`ati;
Qisqartirmalar ro`yxati;
ADABIYOTLAR
I.A.Karimov ―Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch‖. T-Ma`naviyat-2008 y.
I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖ T-1999 y.
Azizxodjayeva N. ―Pedagogik texnologiya va mahorat‖., Toshkent., TDPU., 2006 y.
R. A.Mavlonova, M.Arabova, G` Saloxiddinova, M.Shirinov ―Pedagogik texnologiya‖ ma`ruza matn 2009 y.