Masofaviy va modulli ta„lim texnologiyalari


Masofaviy o‘qitish tizimining metodologik asoslari



Yüklə 151 Kb.
səhifə6/12
tarix10.06.2023
ölçüsü151 Kb.
#128160
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
MASOFAVIY TA’LIM TUSHUNCHASI. MASOFAVIY TA’LIMNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI TARIXI. IMKONIYATLARI VA AFZALLIKLARI

Masofaviy o‘qitish tizimining metodologik asoslari.
O‘quv jarayonini tashkil etishda ochiqlik va individual yondoshuv.
Yetakchi oliy o‘quv yurtlari va uzoq masofadagi o‘quv-konsultativ punkt bazasidagi markazdan tashkil topgan masofaviy o‘qitish tizimining markazlashgan strukturasi.
Kontakt va nokontakt o‘quv davrlari almashadigan masofaviy o‘qitish jarayonini tashkil etish.
O‘qituvchi, konsultant va menenjer sifatlariga ega bo‘lgan o‘qituvchi-konsultantni (tyutar) o‘quvchiga bog‘lash.
O‘quvchilarning bir-biri va o‘qituvchi bilan o‘zaro zamonaviy tehnik vositalar, axborot texnolgoiyalari va an‘anaviy pochta yordamida masofadan va yuzma-yuz muloqotini tashkil etish.
Masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishning asosiy tspriniplarini ko‘rib chiqamiz.
Ta’limning insonparvarlik printsipi. Bu printsip uzluksiz intensiv o‘qitish tizimida hal etuvchi ahamiyatga ega bo‘lib,masofaviy o‘qitish tizimida uning ahamiyati yanada oshadi.Uning mohiyati shundaki,bilim olish jarayoni o‘quvchi uchun maksimal qulay qilib tashkil etiladi.Bunday o‘qitish insonlarning ta’limga ehtiyojini qondirishga qaratilgan.Masofaning uzoqligi,insonlarning sog‘ligi yoki boshqa sotsial sabablar ham ularning bilim olishga monelik qilmaydigan sharoit yaratadi.
Masofaviy o‘qitish tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishda pedagokik yondoshuvlarning ustuvorlik printsipi.Masofaviy ta’limda an‘anaviy ta’limdagi kabi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagogik yondoshuv ustuvorligi ta‘minlanadi.Tajriba shuni ko‘rsatadiki,tizimning pedagogik tomoni ustuvor bo‘lganda sistemaning samaradorligi oshadi.
Yangi axborot texnologiyalarini qullashning pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muvofiqlik printsipi.Bu printsip masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etish va loyihalashdagi har bir qadamning samaradorligini pedagogik jihatdan baholashni talab etadi. Shuning uchun birinchi o‘ringa tehnikani kiritish emas, balki o‘quv kurslarini tegishli ravishda mazmunan boyitish kerak, uni yangi axborot tehnalogiyalar orqali o‘quvchiga yetkaziy yo‘llarini yetkazish lozim.
Hozirgi zamon ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish ta’limning qulay turi sifatida kirib keladi.
Masofaviy ta’lim ma‘lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta’lim bilan bir qatorda ma‘lumot jarayonida ta’limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an‘anaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi.
Masofaviy ta’limning tarkibiy qisimlari quydagilar:
O‘qituvchi , o‘quvchi va kommunikatsiya.
Masofaviy ta’lim vositasida o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan joyda individual jadval asosida mahsus imkoniyatlar,telefon,elektron aloqa va boshqa ta’lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo‘lgan ta’lim jarayoni tashkil etiladi.
Masofaviy ta’limda ma‘lum maqsad asosida ta’lim sub‘ekti va ob‘ektining ta’lim vositalari yordamidagi o‘zaro ta‘siri amalga oshadi.
Ma‘lumot jarayoni o‘ziga hos pedagogik tizim elementlarini o‘z ichiga oladi, bular: ta’lim maqsadi,ta’lim mazmuni,ta’lim metodlari va vositalari ta’limning tashkiliy shakllari,nazorat qilish,o‘quv- moddiy,finans-iqtisodiy, normativ-huquqiy asoslar,marketing kabilar.
Masofaviy ta’lim tizimi insonparvarlik printsipiga asoslanadi. Ya‘ni hech kim kambag‘allik,geografik muammolar ijtimoiy himoyalanganlik va boshqa sabablar tufayli bilim olish huquqidan mahrum bo‘lmasligi lozim.
Masofaviy o‘qitishda o‘qituvchi talabaga o‘quv materialini “Internet” tizimi orqali yuboriladi. Ushbu kurs bo‘yicha ta’lim olishni istagan o‘quvchilar veb saytga murojaat qilib, nazariy bilimlarni oladilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar va o‘qituvchiga javobni elektron pochta (e-mail) orqali jo‘natadilar. O‘qituvchi o‘quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni tekshirib, javoni yana elektron pochta orqali o‘quvchiga yuboradi. Zarur bo‘lsa kerakli ko‘rsatmalar beradi..
Virtual ta’lim tizimi ochiq kodli MOODLE platformasida ishlab chiqilgan bo‘lib, masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarishga mo‘ljallangan.
Virtual ta’lim portali 493ta tuzilmadan iborat. Har bir tuzilma bitta fan bo‘yicha o‘quv meyoriy hujjatlar bilan bir qatorda, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlarga uslubiy ko‘rsatmalar, atamalar, adabiyotlar ro‘yxati, test savollari, tarqatma materiallar, baholash mezonlari, ta’lim jarayonini tashkil etish va uni boshqarishga qo‘yilgan talablar va shu kabi axborotlar joylashgan. Hozirgi kunda universitetda o‘qitiladigan fanlarning 40tasidan tuzilmalar yaratilib, ulardan o‘quv jarayonidan foydalanib kelinmoqda.
Ushbu tizim talabalarni masofadan turib o‘qitish mo'ljallangan. Talabalar ushbu tizim orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda turib mavjud elektron resurslardan foydalanishi, o‘qishi, o‘qituvchidan vazifa va takliflar olishi mumkin. O‘qituvchi, doimiy ravshda resurslarni yangilab turishi va o‘quvchilarining tashrifi va bajarilayotgan vazifalarini nazorat qilib turishi mumkin. Vazifalar o‘qituvchi tuzigan testlar yordamida yoki laboratoriya ishlari turi bilan berilib boriladi. Plaformada ishlash sodda bo‘lib jaxon standarlariga javob beradi.
Estudy masofaviy ta’lim tizimi akademik litsey va kollej o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasi talabalariga masofadan turib of-layn rejimida ta’lim berish uchun yaratilgan tizimdir. Hozirda tizim orqali TATU talabalari va TATU qoshidagi akademik litseylar o'quvchilari uchun fizika va matematika fanlari interaktiv kurinishda olib borilmoqda.
Hozirgi zamon ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish ta’limning qulay turi sifatida kirib keladi.
Masofaviy ta’lim ma‘lumot olishning shunday shaklidirki unda kunduzgi va sirtqi ta’lim bilan bir qatorda ma‘lumot jarayonida ta’limning kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan afzal an‘anaviy va innavatsion metod, vosita va shakllaridan keng foydalaniladi.
Masofaviy ta’limning tarkibiy qisimlari quydagilar:
O‘qituvchi , o‘quvchi va kommunikatsiya.
Masofaviy ta’lim vositasida o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan joyda individual jadval asosida mahsus imkoniyatlar,telefon,elektron aloqa va boshqa ta’lim vositalari yordamida bir maqsadga qaratilgan nazorat qilish mumkin bo‘lgan ta’lim jarayoni tashkil etiladi.
Masofaviy ta’limda ma‘lum maqsad asosida ta’lim sub‘ekti va ob‘ektining ta’lim vositalari yordamidagi o‘zaro ta‘siri amalga oshadi.
Ma‘lumot jarayoni o‘ziga hos pedagogik tizim elementlarini o‘z ichiga oladi, bular: ta’lim maqsadi,ta’lim mazmuni,ta’lim metodlari va vositalari ta’limning tashkiliy shakllari,nazorat qilish,o‘quv- moddiy,finans-iqtisodiy, normativ-huquqiy asoslar,marketing kabilar.
Masofaviy ta’lim tizimi insonparvarlik printsipiga asoslanadi. Ya‘ni hech kim kambag‘allik,geografik muammolar ijtimoiy himoyalanganlik va boshqa sabablar tufayli bilim olish huquqidan mahrum bo‘lmasligi lozim.
Masofaviy o‘qitishda o‘qituvchi talabaga o‘quv materialini “Internet” tizimi orqali yuboriladi. Ushbu kurs bo‘yicha ta’lim olishni istagan o‘quvchilar veb saytga murojaat qilib, nazariy bilimlarni oladilar, amaliy topshiriqlarni bajaradilar va o‘qituvchiga javobni elektron pochta (e-mail) orqali jo‘natadilar. O‘qituvchi o‘quvchi tomonidan bajarilgan topshiriqni tekshirib, javoni yana elektron pochta orqali o‘quvchiga yuboradi. Zarur bo‘lsa kerakli ko‘rsatmalar beradi..
O‘quv jarayonida o‘quvchi darslikdagi, elektron kutubhona va elektron darsliklardan, vidiokonferentsiyalardan foydalanadi.
Masofada o‘qitish bu mustaqil o‘qishdir. Mustaqil o‘qish davrida o‘quvchida mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish qobiliyatlari rivojlanadi.
Masofadan o‘qitishda o‘quvchi berilgan dasturni qanchalik tez o‘zlashtirsa, shunchalik tez o‘qishini tugatadi va o‘qitishni tugatganligi to‘g‘risida sertifikat oldi.
Masofadan o‘qitishning uslubiy vositalari quyidagilar:
A) darslik,
B) audio va vidiodarsliklar,
V) veb-saytlar,
G) elektron kutubhonalar,
D) matnlar,
Ye) elektron darsliklar.
Albatta foydalanuvchi ihtiyorida masofadan ta’lim olishda multimediyali kompyuter, modem va telefon orqali mavjud bo‘lishi kerak.
XXI asrda masofaviy ta’lim eng istiqbolli insonparvar ta’lim va ta’limning integral shakli sifatida ta’lim tizimiga kirib kelmoqda.
XXI asr ta’lim jarayoniga global texnologiyaning kirib kelishi bilan ham harakterlanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti talablari o‘z-o‘zidan ta’lim jarayonini dunyo standartlari darajasida takomillashtirishni taqozo etadi.
Hozirgi kunda masofadan o‘qitish dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan va qulay ta’lim shakli sifatida rivojlanmoqda. Masalan, Finlandiya-ning Oulu universitetida, Buyuk Britaniyaning London Metropolitan universitetida, Gollandiyaning Fontis universitetida, Janubiy Koreya respublikasida masofaviy o‘qitish texnologiyasi keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, unda talabalar va boshqa soha mutahassislarining malakasini oshirish sohasida samarali qo‘llanilib kelinmoqda.
O‘z-o‘zidan ma‘lumki, dunyoga yuz tutayotgan O‘zbekiston uchun ham bu ta’lim turi uzoq kelajak emas. Shuning uchun ham O‘zbekiston o‘quv yurtlarida ham ba‘zi bir islohotlarni amalga oshirish davr talabi.

Yüklə 151 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin