1.2. INFORMATSIYA VA MATBUOT
Insoniyat jamiyatida informatsiya katta ahamiyatga egadir. Informatsiya so’zi lotincha Informare — tasvirlash, biron narsa haqida tushuncha berish degan ma'noni anglatadi. Ammo informatsiyaning asl mazmuni bu tushunchadan kengroq bo lib, umuman tiriklik, hayot ma'nosi bilan tutashib ketadi. Falsafiy ma'noda aytganda informatsiya — moddaning yashash xususiyatlaridan asosiysi bo'lib, moddalar orasidagi o'zaro munosabat, bir-biri bilan aloqa va bir-biriga ta'sir vositasidir. Ya'ni, bir modda o zining biror xususiyati bilan ikkinchi moddaga o 'z ta'sirini ko'rsatadi, ikkinchi modda tomonidan bu ta'sir qabul qilib olinadi yoki qaytariladi va hokazo. Buni tirik vujuddagi mayda hujayralaming bir-biriga o'zaro ta'sirida ham ko'rishimiz mumkin. Shu boisdan bu xildagi o'zaro informatsiya almashish tabiatda ham, hayvonot dunyosida ham mayjuddir. Xulosa qilib aytganda, informatsiya moddaning yashash tarzi, xususiyatidan kelib chiquvchi hosiladir. lnformatsiya tabiatda yorug'lik, issiqlik va sovuqlik, nurlanish, hid, harakat va boshqa shakllarda mavjud bo'lib, hayvonot olamida esa bularga tovush shakli ham qo'shiladi. Inson faoliyatida informatsiya g'oyat muhim rol o'ynaydi. U insonning dunyoni hilish, tajribaga ega bo'lishdagi asosiyvositasidir. Kibernetika fanining asoschisi, mashhur olim Norbert Viner bu haqda: “ Inson o'zini o'rab olgan olamni o 'z his-tuyg'u organlari orqali qabul qilib oladi. Informatsiya — odamning tashqi dunyoga moslashuvi jarayonida undan olgan ma'noning ifodasidir. Haqiqiy hayot — haqiqiy informatsiya olish bilan bog'liqdir”, ~ degan edi2. Inson oladigan informatsiya tabiatdagi shakl, hajm, rang, nur, issiqlik, sovuqlik, hid va boshqa vositalardan tashqari ko'rish (tasvir) va eshitish (tovush) kabilardan iborat bo'Iadi. Tasvir informatsiyasiga hayolni korishdan tashqari maxsus vositalar — teleko'rsatuvlar, kinofilmlar, ko' rgazmalar, shuningdek, gazeta, jurnal hamda kitob.
Dostları ilə paylaş: |