Kurs ishi ob’ekti: Matbuotlarda va jurnalistika sohasi tegishli bo’lgan har qanday joylardagi ta’lim tarbiya jarayoni.
Kurs ishi maqsadi: Hozirgi kunda matbuotda jurnalistlarning o’rni va xizmatlarini ochib berish va yoritish.
Kurs ishining mazmun-mohiyati: Matbuot va ommaviy axborot vositalarining mohiyati, uning ichki, obyektiv qonunlarini hayotga jumalistika kasbi orqali tatbiq etish. Jumalistika nazariyasining ham nazariy, ham amaliy-ijodiy xususiyatlarini yoritib berish.
Kurs ishining hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. MATBUOT SOHASI
1.1 Matbuot haqida tushuncha
Ommaviy axborot vositalari nazariyasi — ijtimoiy Informatsiyaning paydo bo'lishi va tarqalishi hamda buboradaAsosiy o'rintutuvchi ommaviy axborot vositalari — gazetalar, jumallar, radio, teleko'rsatuvlar, axborot agentlikiarining ishi, faoliyatini o'iganuvchi fandir. Boshqacha qilib aytganda, mazkurkurs matbuot haqida, uning ilmiy-obyektiv qonuniyatlari haqidabahsyuritadi. Matbuot so'zi arabcha «tabaa» (bosmoq) so'zidan olingan bo'lib, «bosmamahsulot degan ma'nonibildiradi. Ya’ni, bosma usulda chiqariladigan, ko'paytiriladigan barcha mahsulot matbuotni tashkil etadi. Anashu matbuotning asosiy qismini1 vaqtli, to 'g rirog'I davriy matbuot tashkil etadi. Bu ma'lum vaqtlarda, davriy tarzda doimiy chiqib turadigan matbuotnashr fanidir. Matbuot atamasi bilan bir qatorda jumalistika atamasiham ishlatiladi. Bu so'z fransuzcha “Joumal” so'zidan olingan, “kundalik” degan ma'noni bildiradi. Jumalistika atamasio 'z navbatida bir necha ma'noda ishlaliladi: 1). Bosma mahsulotlar, ya’ni matbuot nashrlarining yig'indisi; 2). Matbuot nashrlarini chiqarish, ularga materiallar tayyorlash bilan bog'liq kasb; 3). Matbuotning ichki qonuniyatlarini o'rganuvchi fan sifatida qo'llaniladi. Keyinchalik, vaqtli matbuotning tarkibiga bosma usulda Chiqariladigan gazeta va jurnallar bilan bir qatorda uning texnikaga Asoslangan yangi turlari — radio, teleko'rsatuvlar kelib qo'shilgach, bularning umumiy majmuasiga ommaviy axborot vositalari deb nom berildi. Ommaviy axborot vositalarining asosini matbuot tashkil etadi, ularmatbuot qonuniyatlari asosida ish ko'radilar, shu boisdan bularni qisqacha matbuot deb yuritish mumkin. Matbuot insoniyat jamiyatida doimo muhim o'rin tutib kelgan Sivilizatsiyalashgan har qanday jamiyatda har qanday ijtimoiy siyosiy harakat matbuotsiz bo'lib o'tishi mumkin emas. Hozirgi zamon insoniyati hayotini matbuotsiz, gazeta va jurnallarsiz, radio va teleko'rsatuvlarsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Inson nonsiz, noz ne'matlarsiz yashay olmaganidek ma'naviy ozuqa bo’lmish matbuotsiz ham yashay olmaydi. Kishilik jamiyatida, insonlarning hayoti va faoliyatida bunchalik ulkan va zarur o'rin tutib kelayotgan matbuotning o'zi nima? U Qachon va qanday sharoitda paydo bo'lgan? Matbuotning vujudga Kelishidagi ijtimoiy-siyosiy sabablar nimada? Matbuot qanday qonuniyatlar asosida ish ko'radi? Anashu savollarga matbuot Haqidagi fan — ommaviy axborot vositalar nazariyasi javob beradi. Ya’ni, matbuot ham insoniyat jamiyatidagi boshqa ijtimoiy hodisalar qatorida o 'z ichki-ohyektiv qonuniyatlariga egadir va OAV nazariyasi fani ana shu qonuniyatlami o'rganadi. Demak, OAV nazariyasi kursi ijtimoiy informatsiya va matbuotning kelib chiqishi, uning mohiyati, funksiya va prinsiplari haqidagi fandir. Matbuotni ijtimoiy hodisa sifatida o'rganishda turlicha qarashlar, fikrlar mayjuddir. Shupaytgacha bizda jamiyatdagi boshqa ijtimoiy hodisalar qatorida matbuot ham Marks Chalenincha ta'limot asosida, sinfiy-g'oyaviy nuqtayi nazardan o'rganilib kelindi. Mamlakatimizning milliy mustaqillikka erishuvi natijasidagina boshqa ijtimoiy fanlar qatorida matbuot nazariyasi sohasida ham yangicha, xolis, umuminsoniy qarashlar qo'llanila boshlandi. “Bizlarning endigi vazifamiz — ma'naviy hayotimizni , ilm-fanimiz faoliyatini, izlanishlarimizni eski mafkura qoliplaridan xalosetish, tafakkurimizni qullik iskanjasidan forig' qilishdan iborat bo'lmog'i aniq”,— deb ta'kidlagan edi O'zbekiston Prezidenti I.A. Karimov. Shu munosabat bilan matbuotshunoslik fanining asosiy tarkibiy qismi, o'zagi bo'lgan OAV nazariyasi kursi ham endilikda to 'g 'ri, ilmiy xolislikka asoslangan umuminsoniy qarashlar asosida qayta ishlab chiqilmoqda. Natijada mazkur fan ham tobora ijodiy rivojlanib, eski va o 'z umrini yashab bo'lgan.