Matematik analiz


Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar



Yüklə 32,48 Kb.
səhifə3/6
tarix02.02.2023
ölçüsü32,48 Kb.
#82506
1   2   3   4   5   6
Matematik analiz

4.Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar.
Kurs ishi komputerda WORD tizimida Times New Roman shriftida 14 shrift bilan, satrlar orasini 1,5 intervalda qilib 25-30 bet hajmida yozilishi kerak. Sahifada matnning to’rt tomonida bo’sh joy qoldiriladi, chapdan 30 mm, o’ngdan 15mm. Yuqoridan va astdan 25mm bo’lishi kerak.
Qo’lda yozilgan matn qoramtir tusdagi (qora.to’q binafsha, to’q ko’k rangli) siyoh, yoki pastda chiroyli husnixat bilan yozilishi va satrlar orasidagi masofa 8-10 mm bo’lishi (bir betda 25-27 satr joylashishi) kerak.
Kirish qismida (3-4 bet) mavzuning dolzarbligi, uning uzluksiz ta’lim tizimida ahamiyati, kurs ishining maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti va amaliy ahamiyati yoritiladi.
Tahliliy qismda (6-8 bet) tanlangan mavzu bo’yicha vaziyatning, muammoning bugungi kun holati tahlili keltiriladi.
Asosiy qismda (10-12 bet) muammoni maqbul yechimini topishga qaratilgan fikr-mulohazalar chizmalar, sxemalar jadvallar, grafik hamda diagrammalar bilan boyitilgan holda ifoda etiladi.
Xulosa va tavsiyalarda (1-2 bet) kurs ishini tayyorlash, olingan natijalarnni rasmiylashtirish, himoya qilish jarayonida shakllangan fikr-mulohazalri, taklif va tavsiyalar bayon etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida (15-20) kurs ishini tayyorlash(yozish)da keng foydalanilgan turli nashrlar:meyoriy huquqiy hujjatlar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, lug’atlar, ko’rsatmalar, monografiyalar, maqolalar va shuningdek, veb saytlarkeltiriladi. Shu o’rinda ko’p sonli manbalardan foydalanish, bu boshqa mualliflar fikrini to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib olishni anglatmasdan,balki ishlab chiqilgan u yoki bu tinglovchining o’z fikri, qarashlarini bayon etishi kerak. Adabiyotlar ro’yxati (son) miqdor jihatdan emas, balki mazmunan mavzuni to’liq yoritish va qo’yilgan masalalarni atroflicha hal etish uchun yetarli bo’lishi maqsadga muvofiq.
Ilova(lar)da malaka ishiga oid va uning mazmun-mohiyatini yanada mukammalroq yoritishi uchun xizmat qiladigan materiallar o’z aksini toishi zarur.
Adabiyot tanlash, uni o’rganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki hamda oxirgi variantlarini tayorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdosri oxirgi variantlarini tayorlash uchun sarf qiliadiga vaqt miqdori va bajarish muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan muddatga qarab ishni bajarish talabaning pishiq-puxta ish olib borishini ta’minlaydi va unga kurs ishini o’z vaqtida nihoyasiga yetkazib topshirishga imkon beradi.
Kurs ishini bajarishda gasturda ko’rsatilgan adabiyotlar bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qo’shimcha adabiyotlardan ham foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Yüklə 32,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin