2. Kurs ishi mavzusini tanlash va unga rahbarlik Kurs ishlari mavzusi mutaxasis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va fakultet ilmiy kengashid tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzulari tanlagan fan bo’yicha birinchi darsda e’lon qilinadi. Talabalarga mavzuni tanlash imkoniyati beriladi. Kurs rahbari etib kafedra rofessor o’qituvchilari tayinlanadi.
Kurs ishi rahbari
Topshiriq beradi;
Asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va arxiv materiallarini hamda mavzu bo’yicha boshqa manbalarni tavsiya etadi;
Talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o’tkazadi;
Kurs ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi;
Talaba bajargan kurs ishining sifati muallifligiga javob beradi, mavzularning qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qo’ymaydi. Belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan kurs ishi talaba tomonidan rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, kurs ishi talab darajasida bajarilganligini ishonch bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va kurs ishining boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi so’ngra ishning kamchiliklari ko’rsatilib, kamchilik bartaraf etish taklifi beriladi.
Talaba kurs ishi mavzusini tanlanganda quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yishi kerak. Tahlil qilayotgan mavzusini ktta qiziqish bilan o’rganishi, o’zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda amaliyotda tadbiq qil olish imkoniga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o’z mutaxasisligi yo’nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo’ladi.
Kurs ishi rejasini (1-ilova) o’qituvchidan maslahat olib tuzish maqsadga muvofiq.
3.Kurs ishining tuzilishi va tarkibi. Kurs ishining tarkibi:
Titul varag’(2-ilova);
Kirish;
Asosiy qism (toshiriqqa mos);
Adabiyot sharxi (tahlili) va tanlangan yo’nalish (yoki metod) na asoslash;
Tajriba qismi;
Tajriba natijalari va ularning muhokamasi;
Xotima(xulosa va tavsiyalar)
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati;
Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog’langan bo’lishi, har bir keying savol o’zidan oldingi mantiqan davomi bo’lib, bir butunni tashkil etishi kerak.