Matematik bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalashtirish



Yüklə 188,06 Kb.
tarix10.04.2023
ölçüsü188,06 Kb.
#95518
3-Taqdimot

Matematik bilimlarni nazorat qilish va baholashning innovatsion metodlarini loyihalashtirish.

Baholash va uning ahamiyati. Ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv materiallari o’zlashtirilganligini, ko‘nikma va malakalar hosil bo’lganligini tekshirish va baholash ta’lim jarayonining zarur tarkibiy qismi hisoblanadi

Baholash- ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o’quv maqsadlariga erishilganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o’lchash, natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir

  • Bilimlarni tekshirish va baxolashning ta’limiy ahamiyati shundan iboratki, bunda o’quv materialining o’zlashtirilganligi haqida ta’lim beruvchi ham, ta’lim oluvchi ham muayyan ma’lumotga ega buladi. Baholash natijasida, ta’lim beruvchi uchun ta’lim oluvchilarning nimani bilishi va nimani tushunmasligi, qaysi material o’zlashtirilgan u, qaysi biri hali yetarli darajada o’zlashtirilmaganligi yoki umuman o’zlashtirilmaganligi ma’lum buladi. Bu ta’lim oluvchining bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun asos bo‘lib hisoblanadi

Nima uchun baholash kerak?

  • • o’quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlashuchun
  • • keyingi bosqichga o’tishdan oldin avvalgi o’zlashgirish darajasini aniqlash uchun;
  • • natijaga erishganligini tasdiqlash uchun;
  • • o’quvchilarning qizqishlarini aniqlash uchun;
  • • yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun;
  • • o’qituvchi o‘z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun;
  • • yalpi o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun;
  • • ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun;
  • • o’quvchilarni yutuqlarga qiziqtirish uchun;
  • • tashqi qiziquvchilarga, ish beruvchilarga, yuqori tashkilotlarga va ota-onalarga ma’lumot berish uchun.

Nimani baholash kerak?

Qachon baholash kerak?

  • Ta’lim jarayoni boshida (boshlashich baholash);
  • Ta’lim jarayoni davomida (joriy baholash);
  • Ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash).

Baholashning asosiy xususiyatlari:

  • Ta’lim maqsadiga yunalganlik; Muntazam o’tkazib borish;
  • Pedagogik, psixologik va xuquqiy tamoyillarga asoslanganlik;
  • Umumiy qabul qilingan natija, standartlariga asoslanganlik

Umumlashtiruvchi baholashni o’tkazishda quyidagilarga e’tibor berish

  • Ta’lim oluvchi umumlashtiruvchi baholash nima uchun o’tkazilishi haqida ma’lumotga ega bo’lishi lozim. Bu uni baholashga tayyorgarlik ko’rishga olib keladi.
  • Baholashni o’tkazish shartlari unga jiddiy yondashishiga, diqqatni chalg’itadigan yoki tasodifiy o’zilishlardan o’zini chetga olishga hamda ta’lim oluvchini o’z qobiliyatini namoyish qilishiga imkon beradi.
  • Baholash o’tkazish sharoitida o’quvchi o’zini erkin tutishi va noxushlik his qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak.
  • Baholovchi va ta’lim oluvchi baholash nima berishi, u qachon, kim tomonidan va qanday o’tkazilishini bilishlari muhim adamiyatga egadir, har bir quyilgan baho o’quv natijasini tushunish va uni mujassamlashtirish uchun adamiyatlidir.
  • Ta’lim oluvchi oldindan belgilangan natijalar mezoni yordamida baholanishi lozim.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Yüklə 188,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin