Matematik modellashtirishga kirish Bobur Juma o’g’li Tovmamatov Termiz davlat universiteti Annotatsiya



Yüklə 76,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix30.09.2023
ölçüsü76,63 Kb.
#150915
  1   2   3   4
3331-Article Text-6638-1-10-20220524



Matematik modellashtirishga kirish 
Bobur Juma o’g’li Tovmamatov 
Termiz davlat universiteti 
 
Annotatsiya:
Ko’pgina hodisalar matematik modellar bilan tavsiflanadi, 
ularning nazariyasi rivojlanishi hali boshlang'ich bosqichida va ularning yechimi 
haqida kam narsa ma'lum. Shunga qaramay, amaliyot talablari bizni bunday 
muammolarni hal qilishga majbur qiladi. 
Kalit so’zlar:
matematik modellashtirish, model, abstrakt, fizik, biologik 
Introduction to mathematical modeling 
Bobur Juma oglu Tovmamatov 
Termez State University 
Abstract:
Many phenomena are described by mathematical models, the 
development of their theory is still in its infancy, and little is known about their 
solution. Nevertheless, the requirements of practice force us to solve such problems. 
Keywords:
mathematical modeling, model, abstract, physical, biological 
Model
 - 
voqeliklarning soddallashgan ko‘rinishi. Matematik-model vaziyat yoki 
jarayonning matematik ifodalarda soddalashgan bayoni. Charls Leyv va Jeyms March 
modelga shunday ta’rif beradi: 
“Model - bu haqiqiy dunyoning soddalashgan manzarasi. U haqiqiy dunyoning 
ba’zi hossalarini o‘zida jamlaydi, ammo model real dunyoning barcha xossalariga 
ega. Model ko‘pgina o‘zaro bog‘liq bo‘lgan dunyo to‘g‘risidagi farazlardan iborat. 
Har qanday manzara kabi model o‘zi aks ettirgan hodisadan sodda ko‘rinishga ega.” 
Modellashtirish - bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning 
modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini 
yasash va o`rganishdir. 
Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy 
tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab ob`ektlarni 
o`rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob`ekt, olisda joylashgan 
ob`ektlar, juda kichik hajmdagi ob`ektlarni o`rganishda modellashtirishning 
ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya, iqtisod 
fanlarida ob`ektning faqat ma`lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
93


foydalaniladi.Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin. 
Bular 
abstrakt, fizik
va 
biologik 
guruhlar. 
Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi 
modellar kiradi.
Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi, vazifasiga 
oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo`lib, 
tajriba ma`lumotlariga ko`ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so`ngra tajriba yo`li bilan 
tekshirib ko’riladi. 
Ilk bor matematik modellashtirish ijtimoiy fanlardan iqtisodiy fanlarga tatbiq 
etilgan. Aynan o‘sha vaqtda psixologiya biologiyaning ba’zi metodlarini o‘zlashtirib 
oldi, o‘z navbatida, biologiya bu metodlarni matematik fizika va kimyadan olgan edi. 
Politologiya bu ikki ilmiy fan izidan borib, 50-60 yillar davomida asta-sekin 
miqdoriy metodika tomoniga o‘tdi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy xulq modelidan 
foydalanish nuqtai nazarida u faqat iqtisodiyotdan ortda qolmoqda.Bu hayratlanarli 
bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo siyosiy jarayonlar, haqiqatan ham, matematik qayta 
ishlovga yon bosuvchi qator husisiyatlarga ega. 
Ko‘pgina siyosiy qarorlarda sezilarli darajada iqtisodiy komponent bo‘ladi. Ham 
iqtisodiy, ham siyosiy jarayonlar noaniqlik, shuningdek, aniq chegaralov va raqobat 
sharoitda ratsional (maqsadga yo‘nalganlik) qaror qabul qilishni muhim tarkibiy 
qismi sifatida o‘z ichiga oladi. Matematik shaklda aks ettirsa bo‘ladigan 
o‘zgaruvchanlar sirasiga saylovlardagi ovoz berish natijalari, harbiy tayyorgarliklar 
(raketalar, tanklar va b. soni), so‘rov chog‘idagi siyosiy fikrlar kiradi. Umuman 
olganda, politalogiyada statistikadan foydalanish matematik fundamentga tayanadi. 
Bu sohada miqdoriy tadqiqotlardan matematik modelga o‘tishning orasi unchalik 
katta emas. Nihoyat, matematik modellashtirish miqdoriy operatsiyalar bilan 
cheklanmaydi, u siyosiy jarayonlarning sifat xarakteristikalariga ham oid bo‘lishi 
mumkin (saylovlarda qaror qabul qilish yoki saylovchilar ovozining taqsimoti va 
boshqalar). 
Matematik modellar politaloglarga siyosiy jarayonlar xususiyatlarini osonlik 
bilan o‘rganishga yordam beradi. Matematik modelning bir necha tenglamalarida 
ko‘pincha axborotning ulkan hajmi jamlangan bo‘lishi mumkin. Ko‘p vaziyatlarda 
siyosiy jarayonlarning kompyuteridagi imitatsiyasini qilishga imkoniyat bor. 
Matematik vositalardan foydalanib, politolog mantiq, statistika, fizika, iqtisodiyot va 
fanning boshqa tarmoqlarida ishlab chiqilgan ko‘pgina metodlardan foydalanishi va 
ularni siyosiy xulqni o‘rganishda qo‘llashi mumkin va nihoyat, matematik modellar 
shakliga ko‘ra, aniq va eksplisit bo‘lib, voqealar o‘rtasidagi taxmin qilingan 
aloqalarga tegishli noaniqlikka yo‘l qo‘ymaydi. 

Yüklə 76,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin