Matematik modellashtirishga kirish
Bobur Juma o’g’li Tovmamatov
Termiz davlat universiteti
Annotatsiya:
Ko’pgina hodisalar matematik modellar bilan tavsiflanadi,
ularning nazariyasi rivojlanishi hali boshlang'ich bosqichida va ularning yechimi
haqida kam narsa ma'lum. Shunga qaramay, amaliyot talablari bizni bunday
muammolarni hal qilishga majbur qiladi.
Kalit so’zlar:
matematik modellashtirish, model, abstrakt, fizik, biologik
Introduction to mathematical modeling
Bobur Juma oglu Tovmamatov
Termez State University
Abstract:
Many phenomena are described
by mathematical models, the
development of their theory is still in its infancy, and little is known about their
solution. Nevertheless, the requirements of practice force us to solve such problems.
Keywords:
mathematical modeling, model, abstract, physical, biological
Model
-
voqeliklarning soddallashgan ko‘rinishi. Matematik-model vaziyat yoki
jarayonning matematik ifodalarda soddalashgan bayoni. Charls Leyv va Jeyms March
modelga shunday ta’rif beradi:
“Model - bu haqiqiy dunyoning soddalashgan manzarasi. U haqiqiy dunyoning
ba’zi hossalarini o‘zida jamlaydi, ammo model real dunyoning barcha xossalariga
ega. Model ko‘pgina o‘zaro bog‘liq bo‘lgan dunyo to‘g‘risidagi farazlardan iborat.
Har qanday manzara kabi model o‘zi aks ettirgan hodisadan sodda ko‘rinishga ega.”
Modellashtirish - bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar)
ni ularning
modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini
yasash va o`rganishdir.
Modellash uslubidan hozirgi zamon fanida keng foydalanilmoqda. U ilmiy
tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba`zi hollarda esa murakkab ob`ektlarni
o`rganishning yagona vositasiga aylanadi. Mavhum ob`ekt,
olisda joylashgan
ob`ektlar, juda kichik hajmdagi ob`ektlarni o`rganishda modellashtirishning
ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan fizika, astronomiya, biologiya,
iqtisod
fanlarida ob`ektning faqat ma`lum xususiyat va munosabatlarini aniqlashda ham
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
93
foydalaniladi.Modellarni tanlash vositalariga qarab uni uch guruhga ajratish mumkin.
Bular
abstrakt, fizik
va
biologik
guruhlar.
Abstrakt modellar qatoriga matematik, matematik-mantiqiy va shu kabi
modellar kiradi.
Matematik modellar tirik organizmlarning tuzilishi, o`zaro aloqasi,
vazifasiga
oid qonuniyatlarning matematik va mantiqiy-matematik tavsifidan iborat bo`lib,
tajriba ma`lumotlariga ko`ra yoki mantiqiy asosda tuziladi, so`ngra tajriba yo`li bilan
tekshirib ko’riladi.
Ilk bor matematik modellashtirish ijtimoiy fanlardan iqtisodiy fanlarga tatbiq
etilgan. Aynan o‘sha vaqtda psixologiya biologiyaning ba’zi metodlarini o‘zlashtirib
oldi, o‘z navbatida, biologiya bu metodlarni matematik fizika va kimyadan olgan edi.
Politologiya bu ikki ilmiy fan izidan borib, 50-60 yillar davomida asta-sekin
miqdoriy metodika tomoniga o‘tdi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy xulq modelidan
foydalanish nuqtai nazarida u faqat iqtisodiyotdan ortda qolmoqda.Bu
hayratlanarli
bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo siyosiy jarayonlar, haqiqatan ham, matematik qayta
ishlovga yon bosuvchi qator husisiyatlarga ega.
Ko‘pgina siyosiy qarorlarda sezilarli darajada iqtisodiy komponent bo‘ladi. Ham
iqtisodiy, ham siyosiy jarayonlar noaniqlik, shuningdek, aniq chegaralov va raqobat
sharoitda ratsional (maqsadga yo‘nalganlik) qaror qabul qilishni muhim tarkibiy
qismi sifatida o‘z ichiga oladi. Matematik shaklda aks ettirsa bo‘ladigan
o‘zgaruvchanlar sirasiga saylovlardagi
ovoz berish natijalari, harbiy tayyorgarliklar
(raketalar, tanklar va b. soni), so‘rov chog‘idagi siyosiy fikrlar kiradi. Umuman
olganda, politalogiyada statistikadan foydalanish matematik fundamentga tayanadi.
Bu sohada miqdoriy tadqiqotlardan matematik modelga o‘tishning orasi unchalik
katta emas. Nihoyat, matematik modellashtirish miqdoriy operatsiyalar bilan
cheklanmaydi, u siyosiy jarayonlarning sifat xarakteristikalariga ham oid bo‘lishi
mumkin (saylovlarda qaror qabul qilish yoki saylovchilar
ovozining taqsimoti va
boshqalar).
Matematik modellar politaloglarga siyosiy jarayonlar xususiyatlarini osonlik
bilan o‘rganishga yordam beradi. Matematik modelning bir necha tenglamalarida
ko‘pincha axborotning ulkan hajmi jamlangan bo‘lishi mumkin. Ko‘p vaziyatlarda
siyosiy jarayonlarning kompyuteridagi imitatsiyasini qilishga imkoniyat bor.
Matematik vositalardan foydalanib, politolog mantiq, statistika, fizika, iqtisodiyot va
fanning boshqa tarmoqlarida ishlab chiqilgan ko‘pgina metodlardan foydalanishi va
ularni siyosiy xulqni o‘rganishda qo‘llashi
mumkin va nihoyat, matematik modellar
shakliga ko‘ra, aniq va eksplisit bo‘lib, voqealar o‘rtasidagi taxmin qilingan
aloqalarga tegishli noaniqlikka yo‘l qo‘ymaydi.