Matematik modellashtirishga kirish Bobur Juma o’g’li Tovmamatov Termiz davlat universiteti Annotatsiya



Yüklə 76,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix30.09.2023
ölçüsü76,63 Kb.
#150915
1   2   3   4
3331-Article Text-6638-1-10-20220524

Model yaratishning umimiy jarayonini muhokama qilaylik.
Model yaratishdagi 
ilk qadam-indiktuv qadam bo‘lib, u modellashtirishi kerak bo‘lgan jarayonga oid 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
94


kuzatuvlarni tanlab olishdan iborat. Ushbu boshlang‘ich qadamning tasavvur 
qilishning imkoniy yo‘llaridan biri muammoni shakllantirishdan iborat, ya’ni nimani 
e’tiborga olish kerak, nimaga e’tibor bermasa bo‘ladi, degan masalani hal etish lozim. 
Modellashtirish, gipotezani tekshirishga ko‘ra, odatda o‘zgaruvchanlarning kam 
miqdorini taqozo etadi, chunki gipoteza o‘zgaruvchanning katta miqdoriga oid oddiy 
jarayonlarni (masalan, chiziqli regressiya) tahlil qiladi, modellarda esa 
o‘zgaruvchanlarning kam miqdoriga oid murakkab jarayonlardan foydalaniladi. 
Ikkinchi qadamda,
muammoni aniqlashdan noformal modelni yaratishga o‘tish 
nazarda tutiladi. Formal model saralab olingan kuzatishlarni tushuntira oluvchi, 
ammo ayni paytda yetarli darajada qat’iy ajratilmagan va ularning mantiqiy 
bog‘liqligi darajasini aniq tekshirib bo‘lmaydigan instirumentlar to‘plamidir. Mazkur 
bosqichda modellarni ishlab chiquvchilarning ko‘pchiligi, ayni ma’lumotlarni 
tushuntirishga yaraydigan bir qator noformal farazlarni ko‘rib chiqadi, bu yo‘l bilan 
bir necha potensial modellarni tahlil etishadi va ulardan qaysi biri o‘rganilayotgan 
muammoni to‘la aks ettirishini hal qilishga urinishadi. Agar model asosidagi 
noformal nazariya asossiz bo‘lsa, unda uni hech qanday matematik usullar saqlab 
qola qolmaydi.Modellashtirish bo‘yicha muayyan tajribani qo‘lga kiritgan 
tadqiqotchi odatda noformal modeldan uning kuzatuvlariga nisbatan mos 
keladiganini mavjud formal modellar orasidan izlashga o‘tadi. Formal model 
noformal modeldan shunisi bilan farqlanadiki, unda farazlarning hammasi matematik 
shaklda ifodalangan bo‘ladi. Tajribali chiquvchi ishlov berilgan modellarni “Bu 
vazifani hal qilish uchun tekislikka qator sifatida joylashgan mayda metal tishlar 
kerak bo‘lib, ularning borib-kelish harakatida taxtaning hujayraviy tuzilmasini buzish 
qobiliyatiga ega bolishi kerak” shaklidagi fikrdan “bu yerda arra zarur” degan fikrga 
o‘tishda qo‘llaydi. 
Uchinchi qadam
noformal modeldan matematik modelga o‘tish. Bunday o‘tish 
formal modelning bayoni va ayni g‘oya, jarayonlarni tasvirlashga qodir to‘gri 
keluvchi matematik strukturalarni izlashni o‘z ichiga oladi. O‘tish bosqichi o‘zida 
ikki xavfni taqozo etadi. 
Birinchidan,
noformal modellar ko‘p ma’nolilik tendensiyasiga ega va odatda, 
noformal modeldan matematik modelga o‘tishning bir qancha usullari mavjud, ammo 
bunda muqobil matematik modellar umuman o‘zgacha mazmunga ega bo‘lishi 
mumkin. 
Ikkinchidan,
xavf aniq matematik metodlardan foydalanishda kuzatiladigan 
implisit farazlarni noformal modelga qo‘shishda ko‘rinadi. Bu, statistik metodika va 
differensial hisob bor joyda ahamiyatli bo‘ladi. Ehtimollik, differensial va integral 
hisob nazariyasining muhim formulalari, matematik nuqtai nazardan o‘ta foydali 
bo‘lgan, ammo siyosiy va ijtimoiy hayot sharoitlariga muvofiq kelishi shart 
bo‘lmagan bir necha oddiy farazlarga tayanadi. Ijtimoiy xulqqa kelsak, ularni doimo 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
95


ham teng darajada tatbiq etib bo‘lmaslik mumkin. Hatto, agar ba’zi aniq model 
avvaldan, ijtimoiy vaziyatlarni tasvirlashga chamalangan bo`lsa-da, ularga 
ehtiyotkorlik bilan murojaat qilish kerak. 
Matematik model xususiyatlari tadqiqotchini formal nazariyaning ba’zi 
farazlarini unga yaqinlashtirishga sabab bo‘ladi. Boshqa tomondan, agar noformal 
nazariya fahmlangandek ko‘rinsa, matematik model esa aksincha, anglangandek 
ko‘rinsa, ushbu modelning qandaydir boshqa matematik versiyasini sinab ko‘rish 
darkor. 

Yüklə 76,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin