Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə8/15
tarix06.02.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#83124
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Geometrik figuralarni turli belgilari

IV.Mustahkamlash
-Mana bolajonlar,geometrik shakllar haqida ko‘p narsalarni bilib oldik.Mavzuni qanchalik yaxshi o‘zlashtirganingizni sinab ko‘rmoqchiman.Buning uchun sizlar o‘rganilgan shakllarni qanchalik hayotimizdagi narsalar bilan bog’lay olishingizni tekshirib o‘taman.Magnit doskaga geometrik shakllardagi predmetlarning rasmlari ilingan.Shulardan mos shakllarni tanlab olishingiz kerak.
5-masala.Uycha rasmini yasashda geometrik shakllardan foydalaning.Avval o‘zim yasab ko‘rsatib beraman, keyin o‘quvchilar yasaydilar.
V.Dam olish daqiqasi:Xotira mashqi o‘yinini o‘ynataman.
VI.Uyga vazifa: 6-7- misol va masalalar.O‘quvchilarga uy vazifasini tushuntiraman.Dars davomida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag’batlantiraman.
-Ofarin bolajonlar!Sizlar yo‘l qoidalarini ham ,geometrik shakllarni ham juda yaxshi bilar ekansiz.Sizlarga oq yo‘l tilayman.
-Xayr. E’tiboringiz uchun rahmat.

II.BOB. Bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirish.
М аtematika mashg‘ulotlarida bolalar eng sodda geometrik shakllar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarning) shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.
Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. “Bolajon” tayanch dasturida geometrik shakllar bilan tanishtirishga qo‘yilgan vazifalar mazmuni bilan tanishtirish.

Kichik guruh


Geometrik shakl. Doirani taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.
Kvadrat bilan tanishtirish. Doira, kvadratni farqlash va aytishni sezish, harakat va ko‘rish usullari orqali o‘rgatish. Bolalarga shar va kub haqida tushuncha berish.
Turli topshiriqlar yordamida shar va kub haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Uchburchakni taniy olish va nomini aytishni o‘rgatish. Uni sezish, harakat va ko‘rish yo‘llari bilan tekshirish usullarini o‘rgatish.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin