Matematika darslarida an’anaviy va noan’anaviy ta’lim xudoyorova Gulnoza



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix06.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#126065
1   2   3
196-199

www.pedagoglar.uz
43-son 1–to’plam aprel 2023
Sahifa: 197 
Bugungi 
ta’lim 
jarayoni 
pedagogning 
shaxsga 
bo‘lgan 
insonparvarlashtirilgan munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun
qayg‘urishi, bolalarga ishonchning yuqoriligi, o‘zaro hamkorlikning vujudga
kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi, ta’lim oluvchilarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan voz kechish, aksincha, ijobiy
rag‘batlantirishning ustunligi tufayli ko‘zlangan maqsadga erishish, bolalar
faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo‘lish, ularni bartaraf etishning 
samarali usullarini qo‘llashda namoyon bo‘lsa, ta’lim jarayonini
demokratlashtirish esa o‘qituvchi va o‘quvchilar huquqlarini tenglashtirish, 
ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarga tanlash huquqining berilishi, o‘z fikri, nuqtai 
nazarini erkin bayon etishni taqozo etadi.
Noan’anaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilar va o‘qituvchilar munosabatining
o‘ziga xos jihati o‘quvchilar mustaqilligi va o‘quv faoliyatini boshqarish emas, 
balki hamkorlikni tashkil etish, ta’lim olishda majburlash emas, balki
o‘quvchilarni ishontirish, biror-bir faoliyatni amalga oshirish buyruq orqali
emas, balki shu faoliyatni samarali tashkil etish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi,
imkoniyatlarini chegaralash emas, balki erkin tanlash huquqini berish
sanaladi. Yangi munosabatlarning asosiy mohiyati, an’anaviy ta’limda ko‘zda
tutilgan natijalarni bermayotgan majburan o‘qitishdan voz kechish va uning 
o‘rniga: 
- o‘zaro ishonchga asoslangan talabchanlik; 
-ta’lim jarayonini samarali tashkil etish orqali o‘quvchilar o‘rtasida qiziqish
uyg‘otish va ongli intizomni vujudga keltirish
- o‘quvchilarni muvafaqqiyatli bilim olishga yo‘llovchi hamkorlikning paydo
bo‘lishi; 
- muntazam faoliyatning tashkil etilishi; 
- tegishli talablarni jamoa orqali qo‘llashni amalga oshirish muhim sanaladi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin