Matematika darslarida har bir mavzudagi dars topshiriqlari uchun alohida harakatli ko'rgazmalardan, didaktik o'yinlardan, guruhlararo musobaqa tashkil qilib dars o'tish ko'p balli reyting tizimida juda qulay usul hisoblanadi



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə2/2
tarix16.03.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#88115
1   2
Dars ishlanmasi (o\'nli kasrlar)1

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2

siyosiy daqiqa

3 daqiqa

3

Uy ishini tekshirish

5 daqiqa

4

O’tilgan MAVZUNI MUSTAHKAMLASH

10 daqiqa

5

Yangi mavzuni yoritish

12 daqiqa

6

Yangi bilimlarni tekshirish

5 daqiqa

7

Darsni yakunlash va o’quvchilarni baholash

5 daqiqa

8

Uyga vazifa

3 daqiqa

9

Jami

45 daqiqa



DARSNING BORIShI
-Assalomu alaykum!
-Vaalaykum assalom.
-Hamma quvnoq-sog‘lommi?
Darsimizga tayyormi?

O'quvchilar: Bizlar quvnoq-sog‘lommiz,


Darsingizga tayyormiz
«5» bahoni olamiz,
Sumkamizga solamiz.
-Barakalla, bolajonlar! Bugungi darsimizda barchangiz sog‘-salomat, a’lo kayfiyatda qatnashayotganliklaringizdan juda ham hursandman.
Maqsadimiz: O’qib o’rganamiz, ijod qilamiz.
Shu ozod Vatanni obod qilamiz
Shiorimiz: Matematika fanlar ichra shoh,
Uning sirlaridan bo’lamiz ogoh!
Qani, endi aytinglarchi biz hozir qanday dars o‘tamiz?
O'quvchilar: Darsimiz matematika,
Hisob-kitob qilamiz.
Katta, kichik, tenglikni
Puxta bilib olamiz.
Darsimiz davomida har bir javobingizni rag‘bat kartochkalar orqali rag‘batlantirib boraman, rag‘bat olgan o‘quvchi «Sumkasi»ga rag‘batlarni solib boradi. Darsimiz so‘ngida rag‘batlar soniga qarab, g‘olib guruhni aniqlaymiz. Shuning uchun dars davomida barchangiz faol ishtirok etib, rag‘batlarni qo‘lga kiritasiz degan umiddaman.
-Har bir mustaqil davlat o‘zining ramzlariga ega bo‘ladi.
-Rahmat bolajonlar!
II. O’tgan mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimi aniqlash:
-Rahmat, juda ham chirоyli she`rlar aytdinglar.
-Aziz o’quvchilar uy vazifasini tekshirib olish uchun «O’yin ichida o‘yin» o‘tkazamiz . Masalani o’quvchilar doskada bellashuv tarzida bajaradilar. O’qutuvchi nazorat qilib boradi. Avval bajargan o’quvchilar javoblari tekshirilib rag’batlantiriladi.


III. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Maxraji 10, 100, 1000 va hokazo sonlardan iborat bo‘lgan kasrlar o‘nli kasrlar deb ataladi.
Maxraji 10, 100, 1000 va hokazo bo‘lgan sonlarni (maxrajsiz) o‘nli kasr
ko‘rinishida quyidagicha yozishga kelishib olingan:
· oldin sonning butun qismi yoziladi;
· so‘ng kasr qismining surati yoziladi va ular bir-biridan vergul bilan ajratiladi.

Agar o‘nli kasrning o‘ng tomonida turgan nol olib tashlansa yoki kasrning o‘ng tomoniga nollar yozilsa, berilgan kasrga teng kasr hosil bo‘ladi.

Misollar


O‘nli kasrlarni qo‘shish (ayirish) uchun
• oldin ularning verguldan keyingi raqamlari soni nollar qo‘yib tenglashtiriladi;
• so‘ng ular “ustun” qilib, vergul vergulning tagiga tushadigan qilib yoziladi;
• vergulga e’tibor bermasdan qo‘shish (ayirish) bajariladi;
• hosil bo‘lgan songa tepadagi o‘nli kasrlar vergullari tagiga tushadigan qilib vergul qo‘yiladi.
Misollar


. Yangi mavzu bayoni:
SONNING TAQRIBIY QIYMATI VA YAXLITLASH



Masalan,
0,23 ≈ 0,2 (oʻndan birlar xonasigacha yaxlitlash), chunki 0,23 soni 0,3 ga
qaraganda 0,2 ga yaqinroq.
2,337 ≈ 2,34 (yuzdan birlar xonasigacha yaxlitlash), chunki 2,337 soni 2,33 ga
qaraganda 2,34 ga yaqinroq.
8,562384 ≈ 8,562 (mingdan birlar xonasigacha yaxlitlash), chunki 8,562384 soni
8,563 ga qaraganda 8,562 ga yaqinroq.
238 ≈ 240 (oʻnlar xonasigacha yaxlit

  • Sonni biror xonagacha yaxlitlash uchun shu xonadan keyin kelgan xona
    raqamlari verguldan oldin turgan bo‘lsa, 0 bilan almashtiriladi, verguldan keyin
    turgan bo‘lsa, tashlab yuboriladi;


Agar birinchi tashlab yuborilgan yoki 0 bilan almashtirilgan raqam:
a) 5, 6, 7, 8 yoki 9 bo‘lsa, undan oldin kelgan raqamga 1 qo‘shiladi;
b) 0, 1, 2, 3 yoki 4 bo‘lsa, undan oldin kelgan raqam o‘zicha qoldiriladi.
Darslik bilan ishlash



Dam оlish daqiqasi:
Biz yugurdik, yugurdik,
O’rmonga yetib keldik.
Savatchamizni olib,
Qo’ziqorinlar terdik
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mavzuni mustahkamlash uchun va o‘quvchilar qay darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlash test o’tkazamiz.


Mustahkamlash bоsqichida berilgan tоpshiriqda qatnashganliklari uchun barcha o‘quvchilarni «Tasannо» rag‘bati bilan rag‘batlantiriladi.


V. Rag‘batlantirish:
O’quvchilar to‘plagan rag‘batlarini sanab, umumlashtirib g‘оlib guruhni aniqlanadi. G’оliblarni qarsaklar оrqali оlqishlanadi.
VI. Uy ishi:




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin