Matematika darslarida har bir mavzudagi dars topshiriqlari uchun alohida harakatli ko'rgazmalardan, didaktik o'yinlardan, guruhlararo musobaqa tashkil qilib dars o'tish ko'p balli reyting tizimida juda qulay usul hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Surxandaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi Shoʻrchi tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 27-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi MATEMATIKA fani o‘qituvchisi Tovmamatova Muniraning
matematika fanidan bir soatlik ochiq Dars ishlanmasi
MAVZU: O’nli KASRLAR. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarning og’zaki va yozma hisoblash malakasini oshirish. O’quvchilarga kasrlar va o’nli kasr haqida tushunchalar berish va tushuntirish;
FK1: kasr va ulushdan mustaqil foydalana olish
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. O'quvchilarga misol va masalalarni hayotga moslashtirib, hayotimizdan misollar keltirish orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish, do‘stlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, dars o‘tish jarayonida hanjihatlik, birodarlik, tuyg‘ularini singdirish;
TK2: axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish;
FK2: o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish
Rivojlantiruvchi maqsad:O'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish va matematik bilimlarini rivojlantirish, matematik nutq, xotirani rivojlantirish.
TK4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash.
Dars turi: Yangi tushuncha berish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash.
Metodi: savol – javob, aqliy hujum.
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar.