www.pedagoglar.uz 40-son 1–to’plam yanvar 2023
Sahifa: 219
ko‘nikma hamda malakalarning hajmi ham o‘z ifodasini topa olishi lozim. Zero,
ta’lim mazmunining g‘oyaviy jihatdan mukammalligi o‘quvchilar tomonidan
muayan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish darajasi bilan belgilanadi.
Buning samarasi o‘quvchilar tomonidan ma’lum tushunchalarning o‘zlashtirilishi,
ko‘nikma va malakalarning shakllanishini ta’minlovchi shartlarning ishlab
chiqilganligida namoyon bo‘ladi. Aynan darsning shakli, metod va vositalari ta’lim
jarayonining muvaffaqiyatli ta’minlanishiga olib keladi. Ular yordami bilangina
o‘quv predmetining mavzusi borasidagi nazariy bilimlar o‘quvchilarga uzatiladi,
o‘quvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar qabul qilinadi. Dars mashg‘uloti uchun
eng maqbul deb topilgan shakl, metod va vositalarning belgilanishi ta’lim
jarayonining qariyb 90 foizlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Yangi, zamonaviy
pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati aynan mana shu bosqichda ochib
beriladi. O‘quvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga yo‘naltiruvchi
ta’lim shakli, metod va vositalarining to‘g‘ri tanlanishi dars jarayonini samarali,
qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo‘lishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga
turtki beradi. Mana shu holatdagina o‘quvchilar tashabbusni o‘z qo‘llariga oladilar,
o‘qituvchining zimmasida esa ularning faoliyatini ma’lum yo‘nalishga solib
yuborish, umumiy faoliyatni nazorat qila olish, murakkab vaziyatlarda yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatish, maslahatlar berish, hamda ular faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha
ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.
Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda
ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek,
o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va
malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda
ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik
texnologiyalardan majburan foydalanish mumkin emas. Aksincha, tajribali
pedagoglar tomonidan asoslangan yoki ular tomonidan qo‘llanilayotgan ilg‘or
texnologiyalardan maqsadga muvofiq foydalanish bilan birga, ularni ijodiy